7-laboratoriya ishi tuzlarning erish issiqligini aniqlash


Download 16.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi16.46 Kb.
#1520853
Bog'liq
7-laboratoriya ishi



7-LABORATORIYA ISHI
TUZLARNING ERISH ISSIQLIGINI ANIQLASH
Mashg’ulot rejasi:
1. Tuzlar deb nimaga aytiladi.
2. Tuzlar necha xil bo’ladi ( misollar keltirish ).
3. Temperatura tuzlarning eruvchanligiga qanday ta’sir etadi.
4. Qaysi tuzlar eritmada tezroq ionlarga ajraladi.
Mshg’ulot maqsadi:
Har xil tuzlarning eruvchanligini tajriba yo’li bilan aniqlash, temperature ko’tarilishi 
bilan ularning eruvchanligini aniqlab sababini tushintirish.
Tayanch iboralar:
O’rta ( normal ), nordon, gidrokso, qo’sh va kompleks tuzlar, eruvchanlik, eritma 
muhiti, PH, indikatorlar.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
Termometr, probirkalar, shtativ, spirt lampasi, suv, elektr o’tkazuvchanlik asbobi, 
ammaoniy nitat kristali, o’yuvchi natriyning bir necha bo’lagi, spirt, natriy nitrat kukuni.
Ishning bajarilish tartibi:
1-tajriba. Erish issiqligi.
Ishning bajarilishi: Ikkita probirkadan har birining 1/3 qismiga suv quying va 
temperaturasini o’lchang. Birinchi probirkaga 2-3 g ammaoniy nitat soling, termometr 
bilan ehtiyot bo’lib, aralashtiring va eng past temperaturasini belgilab oling. Ikkinchi 
probirkaga o’yuvchi natriyning bir necha bo’lagini tashlang va chayqatishdan keyin eng 
yuqori temperaturasini belgilab oling. Bu moddalarning ershida qanday issiqlik effekti 
kuzatiladi?
2-tajriba. Erish vaqtida hajmning o’zgarishi.
Ishning bajarilish tartibi: Probirkaning 1/3 qismigacha suv quying va shuncha hajmda 
spirt qo’shing ( ehtiyot bo’ling ! ). Suyuqlikning probirkadagi sathini rezina halqa bilan 
belgilab quying. Probirkani probka bilan berkiting va ichidagilani yaxshilab aralashtiring. 
Eritma soviganidan keyin sathini pasayishini ko’zating. Kuzatilgan hodisaning sababini 
izohlab bering. 
3-tajriba. Tuzlari eruvchanligini temperaturaga bog’liqligi.
Ishning bajarilish tartibi: Probirkaga suv quying, uning ustiga natriy nitrat kukunidan 
ozgina soling va tuz batamom erib ketguncha chayqating, probirkaning tagida ozgina tuz 
erimay qolguncha tuz qushishni va chayqatishni dvom ettiring. Probirkani tuz erib 
ketgumcha qizdiring to’yingan eritma hosil bo’lguncha ( probirka tubida erimay qolgan 
kristallar bo’lishi kerak ) issiq eritmaga tuz qo’shishni davom ettiring. Eritmani 


qaynaguncha qizdiring, so’ngra uy temperaturasiga kelguncha sovuting . Natriy 
nitratning issiq va sovuq suvda eruvchanligi to’g’risida xulosa chiqaring.
Ish bo’yicha hisobot va uni topshirish tartibi.
1. Ishning bajarilgan kuni ______________
2. Ishning nomi __________________
3. Ammaoniy nitatning erish issiqligi _________________
4. O’yuvchi nitratning erish issiqligi __________________
5. Natriy nitratning erish issiqligi ____________________
6. Spirt suvda erish issiqligi ________________________
Nazorat savollari
1. O’rta ( normal ) tuzlar qanday ionlarga ajraladi?
2. Nordan tuzlar eritmada qanday ionlarga ajraladi?
3. Tuzlarning eruvchanlik ko’paytmasi deganda nimani tushunasiz?
4. Elektrolitik dissotsialanish deganda nimani tushunasiz?
5. Gidrokso-tuzlar qanday ionlarga ajraladi?
6. Erishda qanday jarayon sodir bo’ladi?

Download 16.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling