7-laboratoriya ishi uchun qo‘llanma vintsimon prujina tavsifini o‘rganish


Download 93.86 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi93.86 Kb.
#1037069
  1   2
Bog'liq
7-VINTSIMON PRUJINA TAVSIFINI O‘RGANISH


7-laboratoriya ishi uchun qo‘llanma

VINTSIMON PRUJINA TAVSIFINI O‘RGANISH


1. qurilma ishini tavsifi.


Vintsimon prujina tavsifini o‘rganish, sxemasi o‘quv stendida ko‘rsatilgan qurilmasida bajariladi. qurilma quyma asosdan 1, yuqori qismiga o‘rnatilgan chervyakli reduktordan 2 va trubkasimon ustundan 2 iborat. Reduktor chervyakdan 4 va chervyakli g‘ildirakdan 5, g‘ildirak valiga o‘rnatilgan va trubkasimon ustun ichiga joylashtirilgan tik – yuruvchi vintdan 6 iborat. YUruvchi vint gaykasi 7 vtulka 8 bilan biriktirilgan («Ustunni bo‘ylama kesimi» chizmasida B – B kesimga qarang). Vtulkaga kronshteyn 9 o‘rnatilgan, va uni vtulka bo‘yicha dastakni 10 qo‘lda xarakatlantirib kerakli xolatga o‘rnatish mumkin. Kronshteynni xarakatlantirish va o‘rnatish yassi o‘lchov prujinasini tarirovka qilishda va cho‘ziluvchi prujinalardan siqiluvchi prujinalar ishiga o‘tishda va aksincha bajariladi. YAssi o‘lchov prujinasiga ishchi ramka 12 ikki sharnirga 13 o‘rnatilgan. Ramkani yuqori qismiga va kronshteynga cho‘ziluvchi prujinalarni o‘rnatish uchun ikkita ilgak maxkamlangan 14, 15. Ramkani pastki qismiga va kronshteynga siqiluvchi prujinalarni o‘rnatish uchun ikkita pog‘onali tayanchlar 16, 17 o‘rnatilgan.


Ramkani pastki qismida ikki teshik bo‘lib, bu teshiklarga plankaga 19 o‘rnatilgan ikkita yo‘naltiruvchi shtiftlar 18, tirqish bilan kiradi. SHu shtiftlar yordamida ishchi ramka yassi o‘lchov prujinasini egilishiga mos qiymatga vertikal siljishga imkoni bo‘ladi. Ustunni yuqori qismiga indikator 21 bilan kronshteyn 20 o‘rnatilgan va indikator o‘lchov boshchasi yassi o‘lchov prujinasiga tiralib turadi. Ishchi ramkaga o‘lchov lineykasi 22 maxkamlangan, qo‘zg‘aluvchan kronshteynga 9 prujina deformatsiyasini 0.1 mmgacha aniqlikda aniqlashga imkon beradigan nonius o‘rnatilgan.

2. Laboratoriya ishini o‘tkazish metodikasi.


Dastak 23 ni aylantirib, vtulka 3 ni eng yuqorigi xolatga qo‘yiladi. Kronshteyn 9, ham dastak 10 bilan bo‘shatilib vtulkaning eng yuqorigi qismiga qo‘yiladi. Indikator strelkasi siferblatni aylantirish orqali nolga o‘rnatiladi.


Indikator strelkasi yuk qo‘yishdan oldin bir necha marta ramkaning pastki qismiga engil bosib nolda turishini ta’minlash lozim va stabil xolatdagi joylashishdan keyin, siferblatni aylantirib nolga keltiriladi.
Pog‘onali tayanch 17 ni olib, uni o‘rniga 1 kg, 2 kg, 3 kg, 4 kg, 5 kg li yuk qo‘yilib har bir yuk qo‘yilgandagi indikator ko‘rsatkichini olib millimetrli qog‘ozga tarirovka grafigi quriladi.

Rasm 1.1 Prujinani deformatsiya va yuklanish bog‘liqlik tarirovka grafigi.

2.2 Tajriba yo‘li bilan vintsimon prujinani deformatsiyasini aniqlash.


Tekshirilayotgan vintsimon prujina ikkita pog‘onali tayanchlar orasiga o‘rnatilib 16, 17 bu bo‘yicha prujina siqilish xarakteristikasini o‘rganiladi yoki ikki ilgakka 14, 15 o‘rnatilib cho‘ziluvchi prujina xarakteristikasini o‘rganish bajariladi.


Dastakni aylantirib 23 prujinaga yuklanish beriladi va tayanch bilan ishonchli bog‘lanishi amalga oshiriladi (bunda indikator strelkasi 3...5 oraliqda bo‘lishi kerak). Masshtabli lineyka 22 nol xolatida, dastak 23 ni aylantirib siqish (cho‘zish) bilan prujinani tekshirish amalga oshiriladi (indikator strelka oraliq tartiblari 0,1; 0,2; 0,3 va boshq.), indikatorning har bir qabul qilingan oraliq qiymatlarida prujina deformatsiyasi masshtabli lineyka yordamida olinadi. Olingan tajriba natijasi 1.1 jadvalga yoziladi.
Jadval 1.1

Indikator strelkasi ko‘rsatkichi
h (mm)

Prujinaga qo‘yilgan kuch
F (N)



Prujina deformatsiyasi

Tajriba usuli qiymati , mm

Nazariy usul qiymati, mm

CHo‘zilganda





































Siqilganda





































Prujinani (siqish) cho‘zish uchun qo‘yilgan kuch tarirovka grafigi orqali aniqlanadi.


2.3. Vintsimon prujina deformatsiyasini nazariy yo‘l bilan aniqlash.


Prujina siqilishi (cho‘zilishi) ni nazariy qiymati quyidagi formula orqali topiladi:
;
bu erda: R-siqish(cho‘zish) kuchi, N
Do‘r- prujina o‘rtacha diametri, mm
i- prujinaning to‘liq o‘ramlar soni
MPa- po‘lat sim qayishqoqlik moduli
dsim- prujina simi diametri, mm

2.4. Bog‘liqlik grafigini qurish


Bog‘liklik grafigi 2.1. jadvaldan foydalanib quriladi.
Misol tariqasida sim diametri , o‘rtacha diametri va o‘ramlar soni bo‘lgan siqilishga ishlovchi vintsimon prujinaning yuklanish natijasidan o‘lchamini o‘zgarishini amaliy va nazariy qiymatlari grafigi keltirilgan(1.2 - rasm).

1.2 rasm prujinaga qo‘yilgan kuchdan prujinaning cho‘kishi bog‘liqligi grafigi.

Tajriba va nazariy usul bilan olingan qiymatlarni mos tushmasligini vintsimon prujinaning qayishqoqlik modulini o‘rtacha qiymatini olinganligi G8104 MPa orqali tushuntirish mumkin. Bu vintsimon prujinaning tavsifini o‘rganishda tajribadan olingan qiymatlar vintsimon prujinaning haqiqiy qiymati ekanligini ko‘rsatadi.


2.5. Ma’lum o‘rtacha diametr, o‘ramlar soni va sim diametrli vintsimon prujinalarning deformatsiyasiga bog‘liqlik grafigini tuzish.


Laboratoriya ishining bu qismi faqat o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha bajariladi.


2.5.1. Bir xil o‘rtacha diametrli va bir xil o‘ramlar sonli ( , ), lekin turli sim diametrli bir necha vintsimon prujina tanlanadi va bog‘liqlik grafigi tuziladi.
2.5.2. Bir xil o‘rtacha diametrli va bir xil sim diametrli ( , ), lekin turli o‘ramlar sonli bir necha vintsimon prujina tanlanadi va bog‘liqlik grafigi tuziladi.
2.5.3. Bir xil sim diametrli va bir xil o‘ramlar sonli ( , ), lekin turli o‘rtacha diametrli bir necha vintsimon prujina tanlanadi va bog‘liqlik grafigi tuziladi.

Download 93.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling