7-ma’ruza. Chang tutish va gazlarni tozalash reja


Download 250.71 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi250.71 Kb.
#1396186
  1   2
Bog'liq
chang va gazlarni tutish


7-ma’ruza. CHANG TUTISH VA GAZLARNI TOZALASH


Reja:

  1. Metallurgik jarayonlarda ajraladigan changlarning tasnifi.

  2. Metallurgik pechlar sistemasida gazlarni changlardan ajratish tizimlari.

  3. Chang tutish dastgohlari.

Metallurgik jarayonlarda changlar oson uchuvchan komponentlarni ajratishda hosil bo’ladigan, qayta ishlanayotgan mahsulotlarni mayda zarralari qayla ishlash natijasida hosil bo’ladigan yonish gazlari, texnologik va ventilyatsion gazlar oqimi bilan chiqib ketadi. Gazlarning changlanishi, changning granulometrik va kimyoviy tarkibi qayta ishlanayotgan xomashyoning ko’rinishi, metallurgik qayta ishlashga shixta tayyorlash usuli, qo’llanilayotgan metallurgik qayta ishlash jarayoniga, gaz va shixtaning harakatlanish sharoillari (to’g’ri yoki qarama - qarshi), jarayonda hosil bo’lgan gazlarning hajmi va harakat tezligi bilan aniqlanadi.


Changlar 100 mkm va undan ortiq o’lchamdagi yirik zarrali va mayda 100 mkmdan kam o’lchamlilarga bo’linadi. Oson uchuvchan birikmalarni bug’larini kondensatsiyalash va kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladigan mayda changlarning kichik fraktsiyalari o’lchami 1 mkm dan ko’p bo’lmagan birlamchi zarrachalardan iborat. Gazlarni changlarga to’yinish darajasiga qarab ular kuchli (changlanish 50 g/m3 gacha), o’rta (changlanish 10 g/m3 gacha) va kamchanglangan (changlanish 1 g/m3) hamda texnik toza (changlanish 0,05 g/m3 ga yaqin) larga bo’linadi.
Changni ushlab qolish deb, changlangan gazlarni ularni hosil qiluvchi manbadan uzoqlashtirish. Keyinchalik gaz oqimidan qattiq zarrachalarni ushlab qolishga mo’ljallangan jarayon va qurilmalar, muxandislik va texnologik chora - tadbirlar majmuasiga aytiladi. Chang ushlab qolish faqatgina ushlab qolingan changni tozalash emas, balki gazlarning qimmatli komponentlaridan foydalanish mumkinligini ko’rsatadi.
Tozalanayotgan gaz va ushlab qolinadigan changlar xususiyatlarining xilma - xilligi sababli turli rusumdagi chang ushlash qurilmalari - chang ushlagichlar ishlatiladi. Gaz oqimidan qattiq zarrachalarni cho’ktirish gravitatsiya kuchlari ta’siri ostida yoki g’ovakli yuza va turli qatlamlarda olib borish mumkin. Chang ushlab qolgichlarning ishlash samaradorligini tozalayotgan gazda qolgan chang miqdori yoki ushlab qolingan chang miqdorining dastlabki gaz tarkibidagi miqdori nisbatining foiz orqali ifodalanadigan foydali ish koeffitsienti bilan baholanadi.
Havoni yoki sanoat gazlarini changdan tozalashning uch usuli mavjud: quruq, nam va elektr.
Quruq usulda chang zarrachalar nisbatan sekin harakat qilayotgan gaz oqimida og’irilk kuchi ta’siri ostida, markazdan qochma kuchlar, inertsiya kuchlari va filtrlash bilan ushlab qolinadi.
Nam usul chang zarrachalarini suv yoki boshqa suyuqliklar bilan namlanib, bo’tana xolida cho’kishiga asoslangan. Buning uchun gaz suyuqlik qatlamidan o’tkaziladi. Elektr usulida changlangan gazdan zarrachalarni ajratib olish elektr maydoni ta’sri ostida amalga oshiriladi.
Quruq chang ushlagichlarga cho’ktirish kameralari, g
Download 250.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling