7-mavzu. Axloq va nafosat falsafasining zamonaviy muammolari


Download 108.5 Kb.
Sana24.07.2020
Hajmi108.5 Kb.
#124705
Bog'liq
7-mavzu. Xoshimova Muqaddasning “Falsafa” fanidan topshiriqlarga javoblari



7-MAVZU. AXLOQ VA NAFOSAT FALSAFASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI.
REJA

  1. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.

  2. Axloqiy madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.

  4. Ommaviy madaniyat va uning salbiy ta’siri.

«Estetika» atamasi yunoncha «estezis» ya’ni hissiyot, sezish, hayajon, qo’zg’olish ma’nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. (Bu tor tushuncha).

Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi.

Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi.

Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan fandir.

Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi.

Estetika faning o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy vg ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir.

Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari o’zgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, san’at, fan, falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar ta’sir qildi. Bundan tashqari san’atning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning o’zgarishi, kishilarning sub’yektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining doimo o’zgarib turishi estetika predmetining o’zgarib turishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Estetika so’zi dastlab fanning nomi sifatida 1775 yilda nemis filosofi A. Baumgartin tomonidan «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» degan asarida ishlatilgan. Bir oz Baumgertenni estetika fa nining asoschisi deb hisoblash noto’g’ri bo’lar edi, chunki estetika nazariyalari antik davrdayoq paydo bo’lgan edi. Keyinroq estetik fikr o’rta asrlarda Renessans davrida kengroq tarqaldi, rivojlandi. XVIII asrga kelib estetika falsafiy xarakterdagi mustaqil fan sifatida ish ko’rdi.

Nemis filosoflari I.Kant, V. Gegelь estetika faniga «Estetik» degan tushunchani kiritdilar. Bu yangi tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon hamma estetik tushunchalar, masalan, «g°zal», «chiroyli», «olijanob», «fojiali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» va boshqalar «estetik» degan umumiy asosga ega b°ldilar. Bularning har biri o’z navbatida estetik kategoriyalar sifatida namoyon b°ldi.

«Estetik» kategoriyayalarning asoslanishi estetikadagi muhim kashfiyotlardan biri bo’ldi. Bu kategoriya fan sohasini ancha kengaytirdi, uni voqelikdagi estetik hodisalar bilan bog’ladilar, uning vazifa va maqsadlarini kionkretlashtirdi. XVIII – XIX asrga kelib Belinskiy, Chernishevskiy estetika fa nini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Estetika fanining predmeti olamni «go’zallik qonunlari asosida» shakllantiruvchi inson mehnatini o’z ichiga oladi.

Lekin inson olamini «go’zallik qonunlari asosida» shakllantirishdan, o’zgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari tufayligina odam tabiatni «go’zallik qonunlari» asosida o’zgartira boradi. Bundan tashqari inson tabiatni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishi uchun faol harakat qilishi ham lozim.

Biz tabaiat ob’yektlarini «go’zallik qonunlari asosida» o’zgartirishda quyidagi uch jarayon protsessini ko’ramiz.

1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni;

2). Mehnat qurollarining inson a’zolari bilan qo’shilib ketish jarayoni (bu jarayon inson tafakkuri ishining ham o’z ichiga oladi);

3). Mehnat qurollarining san’at asoslari yaratish maqsadida tabiatgba ta’sir qilish jarayoni;

San’at asarlari paydo bo’lishi bilan yangi jarayon – san’at asarlarini «iste’mol» qiluvchilarga ta’sir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon san’at asarini yaratgan san’atkorning o’zini ham ichiga oladi. San’at asarlarining insonga ta’sir qilish jarayoni – estetikaning tekshirish ob’yektidir.

San’at asarlarining «iste’molchilar»ga ta’siri jarayonida kishilarda estetik tuyg’u, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga keladi. Bu ideal esa san’at asarini yaratishga undaydi.

Estetik extiyojlar, estetik tuyg’ular, badiiy zidlar, shuningdek san’at asarlari to’satdan paydo bo’lmasdan moddiy ishlab chiqarish rivoji ancha yuqori bosqichga ko’tarilgandan keyingina paydo bo’ladi.

Shunday qilib estetika inson tomonidan ob’yektiv voqelikni badiiy o’zlashtirishning eng umumiy qonunlari to’g’risidagi san’atning voqelikka munosabati uning mohiyati, rivojlanish qonunlari va ijtimoiy o’zgartuvchilik roli to’g’risidagi fandir.

Estetikaning asosiy masalasi – estetik ong voqelikka qanday munosabatda bo’ladi, jamiyatini iqtisodiy bazisi qanday qilib estetik ongning barcha tur va ko’rinishlarini belgilaydi degan masalani hal qilishdan iborat. Estetika o’z taraqqiyotida boshqa fanlarning yutuqlariga ta yayanadi va o’z navbatida ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotning o’ziga yaxshi shakllariga faol ta’sir ko’rsatadi, ularni boyitadi.

£ozirgi davrda estetika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jumladan moddiy ishlab chiqarishga ijtimoiy texnikaviy ijodga va turmushga kirib bormoqda. Bu hol estetika fanining g’oyaviy – tarbiyaviy roli kun sayin oshib borishini taqozo qiladi va uning oldiga muhim nazariy va amaliy masalalarni xal qilish vazifasini qo’yadi.

Go’zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vositasida namoyon bo’ladi. Go’zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o’sgan odam o’rtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetaklaydi, estetik his-tuyg’ularni taraqqiy ettiradi.

Estetik his-tuyg’u insonni qurshab turgan muhitdagi ruhiy tuyg’u paydo qiluvchi go’zallik va xunuklikni, ulug’vorlik va pastkashlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir.

Estetik ehtiyoj – ezgulikka, go’zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi go’zallikni taqozo etadi. Insonning jamiki faoliyat qirralari borliqqa estetik munosabati orqali namoyon b°ladi. Go’zallik san’atda alohida qimmatgba ega. San’at inson munosabatlari go’zalligini – fidoyilik, olijanoblik, ezgulik, yaxshilik, adolat, jasorat, vatanparvar lik kabi tushuncha shaklidagi xolatlarni badiiy ifodalash orqali aks ettiradi.

Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o’ziga xos o’rni egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy bo’lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil etadi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtirish jarayonlarini o’rganishda xolislik, tarixiy yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo’llash ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgban holda u falsafaning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi.

Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o’rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr – mulohazalar ham qup jihatdan san’at bilan bog’liqdir.

Estetika fani mazmunan sotsiologiya bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog’lanadi:

Ijtimoiy voqea va xo disalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy – nazariy asosi b°lib xizmat qiladi.

Sotsiologiya ijtimoiy voqea - hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va k°rinishlari)nьi qamrab olgan holda estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim tomonlari bilan uzviy bog’liqlikda namoyon b°ladi.

Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar, ma’lumotlar estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab oladi. Shunday qilib, estetika sotsiologiyaning barcha bilim darajalari bilan u yoki bu ko’rinishlarda o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bu aloqadorlik xilma – xil y°nalishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, estetika umusotsio logik nazariyaga tayangan holda o’zining g’oyaviy – mafkuraviy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – axloqiy y°nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o’rtasidagi turli – tuman aloqalarni tadqiq etadi.

Estetika fani ruxiyatshunoslik (psixologiya) fani bilan ham chambarchas bog’liq. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his – tuyg’u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o’lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, xis – tuyg’u holatini ifodalaydi.

Ruhiyatshunoslik (psixologiya) fani estetik munosabatlarning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlarini ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuqlari va xulosalarida keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo’lmaydi.

Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu soxaga kibernetika, matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib kelmoqda.

Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Estetikasiz san’atshunoslik bo’lolmaydi, ya’ni u ayrim voqea hodisalar sharhi bilan shug’ullanishiga majbur b°lib qoladi. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, estetika xususiy san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng avvalo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o’zida namoyon qiladi.

Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada?

Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy tanqid bilan estetik nazariya o’rtasida azaldan uzviy bog’liqlik mavjud. Bu bog’liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham k°ramiz.

Adabiy – badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyoti °rtasidagi °zaro bog’liqligi ramzidir.

Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashi shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Estetika fani san’atdan baxramand bo’luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetika fani san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, kishilarda badiiy ijodga nisbatan xurmat uyg’otadi. Eng avvalo aqliy va jismoniy kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi.

Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib boradi va ularni ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida odamlar estetik madaniyatini shakllantiradi. U boshqa fan sohalari kabi bevosita ishlab chiqarishda qatnashadi. Ayni paytda u jamiyat estetik ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi.




O‘QUV TOPSHIRIQ


  1. Etika fanining predmeti va mohiyati.

  2. Axloq va uning vazifalari.

  3. Etikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.

  4. Gedonizm va evdemonizm ta’limotlari.

  5. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari.

  6. Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.

  7. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni qanday?

  8. «Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.

  9. Estetikaning go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik va kulgililik kategoriyalari.

  10. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.

SAVOLLARGA JAVOBLAR



1.Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - "axloq falsafasi", yun. ἤθος (ētos) - "odat") shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U "toʻgʻri"-"notoʻgʻri", "yaxshi"-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.

Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.

E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.



E.ga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning "Me" qonunlar majmuida uchraydi. Undagi "namlul" tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, "Pxatoten oʻgitlari", "Misr mayyitlar kitobi", Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning "Manuqonunlari", "Dhammapada", "Patanjali" kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar E.sida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar E. taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning , ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (qarang gedonizmevdemonizmutilitarizm). Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King , Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal E. (A.Shveyser), yangi tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi.

Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning , yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning , yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.

Oʻzbek milliy E.si boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek E.si uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek E.sida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning "Mahbub ulqulub" asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht "Zarbulmasal" asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning "Qarolar falsafasi", Avloniyshtg "Turkiy Guliston yoxud axloq", Fitratnit "Najot yoʻli", "Oila" asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri E.si soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng , kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, E. fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) E. tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.

2. Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani o‘rganadi.

Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi.

3. Gedonizm yoki hedonizm (grekchaἡδονή — rohat, huzur, lazzatlanish) — huzur-halovatga, lazzatlanishga intilish insonning oliy maqsadi deb hisoblovchi axloqiy taʼlimot. Unga koʻra, huzur-halovatga intilish insonga tabiatan xos, uning butun xatti-harakati, maqsadi shunga qaratilgan. Gedonizm baxt-saodatga erishish axloqning asosi deb taʼlim beruvchi evdemonizmaan farqlanadi. Gedonizm yunon falsafasida keng tarqalgan edi. Kiren maktabi vakillari lazzatlanishni inson xayotining birdan-bir maqsadi sifatida talqin qilib, xulq-atvordagi axloqiy beqarorlik va tubanlikni shaxsiy fazilatlar tarzida targʻib qilgan. Epikur baxtli hayot ruhiy xotirjamlikdan iborat, deb hisoblagan. Beruniy fikricha, haqiqiy lazzatlanish — bu ilm lazzati, chunki qancha koʻp ilmga ega boʻlmaylik, u inson meʼdasiga tegmaydi, oʻzidan bezdirmaydi. Boshqalari esa vaqtincha, nisbiy, beqarordir. Shunday ekan, ilmdan tashqaridagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlar haqiqiy lazzatlanish boʻla olmaydi.

Yevropada Uygʻonish davrida gedonistik taʼlimot rivojlanib bordi. Inson oʻzining tabiiy ehtiyojlarini toʻla-toʻkis qondirish uchun intilishga haqlidir, degan gʻoyalar ilgari surildi. Kant gedonizmga qarshi chiqib, uni sogʻlom aql mahsuli emas, balki aqlga zid hissiy turtkilar hosilasi, deb baholadi. Axloq-odob sohasining vakili G. Uilyame fikricha, ayrim shaxslar lazzatlanish maqsadida odamlarga nisbatan zoʻravonlik ishlatmasligi lozim, aks holda umuminsoniy huquq, axloqiy meʼyor va tamoyillarga zid boʻladi. G. gʻoyasi yangi davr utilitaushzmida oʻz ifodasini topdi.


  1. Etikada inson hatti-harakatining ikki qutbi axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo’ladi. Bu ikki qutb tushuncha kun-tun, oq qora singari bir-birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir.

    Muhabbat bosh mеzoniy tushuncha sifatida dеyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o’z «hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Komilov: «Juda ko’p irfoniy tushuncha istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», dеr ekan, ayni haqiqatni aytadi. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’tgan boblarning ba'zilarida biz bu tushunchaning mohiyati, turlari haqidagi Imom G’azzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini kеltirgan edik.

    Qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki, muhabbat insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo’lishidir, u zo’ravonlik yoki zo’rma-zo’rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisa. U mе'yorlar, an'analar, qonunlarga bo’ysunmaydi, lеkin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas'uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u insonni tashqi va transtsеndеntal olam bilan bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch.

    Komil nash'a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Dеmak, muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik bеlgisidir. Shu bois haqiqiy muhabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy idеal tarzida qabul qilinadi: Farhod va Shirin, Romеo va Julеtta, Otabеk, Kumush va h.k. Shunday qilib, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili dеyish mumkin.

    Ta'kidlash lozimki, muhabbat oliy tuyg’u, shu ma'noda u oliy tushuncha. Lеkin uni tuban, quyi narsa-hodisalarga nisbatan ham qo’llash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari g’arblik mutafakkirlar, ba'zi rus faylasuflari muhabbat tushunchasini o’likka (nеkrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan qo’llaydilar. Ularga nisbatan «o’chlik», «ruju», «hirs» singari tushunchalarni qo’llash ma'qul emasmikan?

    Muhabbat ham, etikadagi ko’pgina tushunchalardеk, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari kеng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo’ladi, ob'еktdan chеtlashishni, undan bеgonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.



    Ayni paytda, nafrat g’azabdan kеskin farq qiladi. U, g’azabga o’xshab, o’z ob'еktini yo’qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Uni muhabbat egasida o’z muhabbati ob'еktiga nisbatan tashqi bir kuchning noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli qo’zg’aladigan va o’sha kuchga qarshi qo’zg’aladigan hissiyot dеyish mumkin. U davomiylik tabiatiga ega, g’azab kabi o’tkinchi hodisa emas. Agar g’azabning asosida inson fе'lining salbiy holati oniy badjahllilik yotsa, nafrat uchun chuqur o’ylab qabul qilingan uzil-kеsil qaror yotadi. Ko’rinishdan nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg’otsada, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.

  2. Nikoh masalalari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida (1998-yil qabul qilinib, oʻsha yili 1-sentabrdan amalga kiritilgan) oʻz ifodasini topgan. Amaldagi oila qonunchiligi Nikohning tuzilishi tartibiga, uni davlatning tegishli organlari tomonidan rasmiylashtirilishiga alohida eʼtibor beradi. Oʻzbekiston Respublikasi OKning 13-moddasiga binoan, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh yuridik kuchga ega emas. Shuningdek, soxta nikoh, yaʼni er-xotin yoki ulardan birining oila qurish maqsadini koʻzlamay tuzgan nikohi ham haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi va nikoh yoshi nikohdan oʻtishning asosiy shartlari hisoblanadi. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi.

  3. Nikoh yoshi Oʻzbekistonda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda nikohlanuvchilarning iltimosiga koʻra, nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin. Loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida, loaqal bittasining ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shart qilib qoʻyilgan. Unga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin.

  4. Estetika (yun. αίσθημα - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼatmadaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. Estetika (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.

  5. Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.

  6. Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yoʻnalishlarning , ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.

Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning psixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni oʻrganadi. Har ikkala fan uchun umumiy boʻlgan sanʼat psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus yoʻnalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning oʻzaro munosabatlarida sanʼatni hamkorlikda oʻrganish masalalari muhim. Sanʼat asari alohida inson shaxsiga eʼtibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uchun oʻziga xos material boʻlib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan sanʼatning oʻzaro aloqalarini, sanʼatning ijtimoiy vazifalarini; sanʼatkorning jamiyatdagi oʻrni, mavqei, kitobxon va tomoshabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida sanʼatlar va sanʼat asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni oʻrganish uchun Estetika va sanʼat sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va sanʼat doimo bir-birini toʻldirib keladi, koʻp hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti boʻlib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi oʻlaroq, sanʼat asarining oʻziga xos koʻrinishi — diniybadiiy asar vujudga keldi. Mas, Shohizinda meʼmoriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning "Muqaddas oila" asari, "Abu Muslim jangnomasi" qissasi va boshqalar Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. Estetikaning pedagogika bilan bogʻliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; ped. ham estetik tarbiya bilan shugʻullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil qismlarga boʻlingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Mas, maktabgacha tarbiya, oʻquvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va h.k. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini ishlab chiqadi — inson tugʻilganidan boshlab, to oʻlimigacha oʻtadigan umr bosqichlari uchun taalluqli boʻlgan tarbiya falsafasi sifatida ish koʻradi. Estetikaning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Maʼlumki, har bir sanʼat asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon boʻladi, yaʼni bilish va baholash natijalari boʻlmish semiotik hamda pragmatik axborotni oʻzida mujassam qilgan sanʼat asari oʻsha axborotni yetkazib berishga ham moʻljallangan; u sanʼat turiga qarab turlicha belgilar — harflar, chiziqlar, notalar va h.k. orqali amalga oshiriladi. Sanʼatning semiotik belgilar bilan bogʻliq ana shu tomonlarini — kommunikativvositachilik jihatlarini semiotika oʻrganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy yondashuv ham mavjud. Shuningdek, Estetika barcha sanʼatshunoslik fanlari hamda tabiat Estetikasi nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika bilan aloqadorlikda ish koʻradi.

Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa" singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh ilgari surilgan estetik gʻoyalar keyinchalik Hindistonda, undan soʻng Yunonistonda Estetika rivojiga taʼsir koʻrsatdi. qadimiy Sharkdagi estetik gʻoyalar dastlab foydalilik (nima foydali boʻlsa — oʻsha goʻzal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu boʻlsa — oʻsha goʻzal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari, ayniqsa, Aristotel goʻzallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi; bu jihatdan uning "Poetika" ("Sheʼriyat sanʼati") asari eʼtiborga molik. Oʻrta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu gʻoyalarni takomiliga yetkazib, yangi bosqichga koʻtardi; Uygʻonish davri va Yangi davr Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos boʻlib xizmat qildi. Estetika Byork, D.Yum, I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol koʻrish mumkin. Mas, Kantning goʻzallik haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil — goʻzallikning begʻaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning obʼyekti ekanligi (Gʻazoliy); goʻzallikni oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, goʻzallik biz uchun oʻzini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan soʻng nemis ratsional Estetikasida Shiller, Shelling , Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun ahamiyati katta boʻldi. Shopengauer, Nitsshe, Diltey singari noratsional yoʻnalishdagi faylasuflarning estetik qarashlarida ham oʻziga xos yangi gʻoyalar ilgari surildi, mas, Shopengauer Estetikaga yangi — "qiziqarlilik" kategoriyasini kiritdi, Nitsshe esa sanʼatni ikki — apolloncha va dionisiycha turga ajratib oʻrganishni taklif etdi. Eng yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung taʼlimotida sanʼat asari va sanʼatkorning oʻzaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida oʻrganilishi olgʻa tashlangan yangi qadam boʻldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda goʻzallik va sanʼatning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va turmush Estetikasiga ham jiddiy eʼtibor berilmoqda; xulqiy goʻzallik muammosi yanada muhim oʻrin egallay boshladi.



Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik (Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila" (1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Estetikaga alohida eʼtibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi. Hozirgi vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, EstetikaUmarov, A.Sher, B. Husanov). Oʻzbekiston milliy un~tida Estetika yoʻnalishi boʻyicha magistratura faoliyat koʻrsatmoqda, shu yoʻnalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy ishlar muntazam olib boriladi.
Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling