7-mavzu. Bank xizmatlari menejmenti strategiyasi reja


Download 19.6 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2022
Hajmi19.6 Kb.
#762505
  1   2   3
Bog'liq
7-Мавзу (2)
KURS ISHI. JO\'RAYEV OYBEK, 6-Мавзу (4), Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashning o’ziga xos psixologik jihatlari, 5-1 МАВЗУ, bolalar psixologiyasi, Ikromova Husnnora 3D Kurs ishi, Ikromova Husnnora 3D Kurs ishi, 5 sinf test, 6 sinf test, A daraja {matematika} new, 2 курс weeks, № 5 Тестлар тўплами, № 10 Реферат мавзулари, ЭТИКА НАМУНАВИЙ ДАСТУР

7-MAVZU. BANK XIZMATLARI MENEJMENTI
STRATEGIYASI

Reja:


1. “Bank marketingi va menejmenti» fanining maqsadi va vazifalari
2. Bank marketingi tushunchasi va mohiyati.


7.1. “Bank marketingi va menejmenti» fanining
maqsadi va vazifalari.
Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yuritishning yuksak daromadlariga erishilishini ta'minlovchi samarali yusinlari va uslublarini izlash aloxida ahamiyat kasb etmokda. Bu maqsadga erishuvda ishlab chiqarishni boshqarish uslublari hamda vositalarni takomillashtira borishga aloxida rol ajratiladi.
Ma'lumki, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida iqtisodiyotni boshqarish borasida boy tajriba to’plangan. Shu tajriba asosida boshqaruv sohasi rahbarlari va mutaxassislarining yangi avlodini tarbiyalash respublikamizda ham tobora keng yoyilmoqda. Ayni shu masala e'tiborga molik topilganligi bejiz emas, chunki boshqarish darajasi bilan xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud. Boshqaruvning yuksak darajasi bilan yuqori darajadagi mehnat intizomi va mehnat unumdorligi, yuqori daromadlar va shunga muvofiq ravishda tannarxning, resurslar isrofgarchiligining pastligi o’zaro uygunlashib ketadi. Boshqaruv bu eng avvalo ishlabchiqariladigan mahsulot ob'ekti va turishi belgilab olindiki, xodimlar o’rtasida ishlarning xajmi va turlarini taksimlashni, resurslar bilan ta'minlashni, qilinayotgan sarf harajatlarni hisob-kitob va nazorat qilib borishni, moliyalashtirish va mehnatga haq to’lashni, daromadlarni vujudga keltirish va ularni taksimlashni, davlat mahsulot etkazib beruvchilar va iste'molchilar oldidagi majburiyatlarni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, kengaytirilgan ishlab chiqarishni takmillashtiri, rivojlanib boruvchi mehnat taksimoti, ishlarning muayyan qismini bajaruvchi ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi bo’larning hammasi boshqaruvning ahamiyatini oshiribgina qolmay, boshqaruv mehnatining bevosita ishlab chiqarish sohasidan farq qiluvchi faoliyatning aloxida turiga qonuniy ravishda aylanishiga olib boradi.
Xorijiy mamlakatlarda allaqachonlardan beri nixoyatda katta ahamiyat berib kelinayotgan boshqaruv jarayoni shu tarika rivojlanib boradi. Boshqaruv uslublari hamda vositalari tarixi, shuningdek uning iqtisodiy tarkkiyotiga ta'siri sohasidagi tahlil ko’rsatib turibdiki, boshqaruv muvaffakiyatlari rivojlanib borgan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish sur'atlari ham eng yuqori darajada bo’lgan.
Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshida boshqaruv fani va amalyotining dunyoviy markazi bo’lgan Frantsiyada shunday xolat yo’z bergan. Anri Fayol bu sohada etirof etilgan peshkadam sanaladi, u boshqarish bu barcha resurslardan eng ko’p darajada foyda olib, jamoani uning maqsadi sari etaklashni anglatadi», deya ta'kidlaydi. Bunday tasnif bugungi kullab kelinmokda.
Keyinroq 20 yillarga kelib ishlab chiqarishni, mehnatni oshkaruvni tashkil qilish bobida Germaniya oldingi marraga chiqib oldi. Milliy an'ana va madaniy unsuri bulmish nemislarga xos aniqlik va mehnatsevarlik bu masalada koyilmokom darajada kul keldi, zero ayni shu sifatlar ishlab chiqarishning muvaffakiyatli rivojlanishiga ko’p jihatdan yordam beradi. Shuning uchun ham ikkinchi jahon urushi boshlanishi davrida Germaniya iqtisodiyoti bekiyos katta imkoniyatlarga ega bo’lgan, eng yuksak darajada tarakkiy etgan va kudratli iqtisodiyotlardanbiri bo’lganligi bejiz emas.
Ikkinchi jahon urushi tugashidan ko’p utmay Amerika ishlab chiqarishni boshqarish sohasida barcha tomondan tan oligan peshkadam bo’lib oldiki, uning mutaxassislari boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga katta xissa kushdilar. Bu jabxadagi sa'yharakatlar zoya ketmadi: AQSh iqtisodiyoti jadallik bilan bark urib gullash yo’liga kirdi. Xususan, ular tomonidan menejmentning zarurligi to’g’risidagi nazariya ishlab chiqildi: Ishlab chiqarishni maxsus tayyorgarlik kurgan professionallar boshqarmogi lozim, deb hisoblovchi amerikaliklar ikkita boshqaruv akademiyasini tashkil etishdi. Bundan tashkari mamlakatda 10 ta biznes maktabi ishlab turibdi, boshqaruvgaoid 200 dan ko’prok jurnal nashr etilmokda. Boshqaruv xodimlari AQSh da eng yuqori maosh oladigan mutaxassislar jumlasiga kiradi.
Germaniya va AQSh tajribasi bekor kolib ketmaydi: ko’pgina mamlakatlar uni o’z amaliyoti uchun qabul kildilar. Hech kim kutmaganida 80 yillarda boshqaruv sohasida jahonda oldingi marrraga chiqib olgan Yaponiya bu borada eng sobit kadam mamlakatlarda sanaladi.
Boshqaruvning amalda butunlay yangi bo’lgan kontsepsiyasi aynan shu erda ishlab chiqildi, uning mohiyati shundaki, ishlabchiqarishning vujudga kelishidan tortib tovar ishlab chiqarishgacha bo’lgan jaryon o’zluksiz sur'atda amalga oshiriladi. Bu tizim shu qadar samarali chiqdiki, xomashyo manbalariga boy bulmagan Yaponiya o’z iqtisodiy tarakiyotida nihoyatda ilgarilab ketdi.

Download 19.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling