7-mavzu bo’yicha seminar savollari


Download 17.72 Kb.
Sana02.04.2020
Hajmi17.72 Kb.

7-MAVZU BO’YICHA SEMINAR SAVOLLARI
1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz?

2. Jamiyatga xos belgilarni sanang.



3. Sivilizatsiya nima?

4. Madaniyat nima?



5. “Qadr” va “Qadriyat” tushunchalarining mazmunini qanday izohlaysiz?

6. Qadrsizlanishni qanday tushunasiz?
Javoblar

  1. Insoniyat azal-azaldan jamoa bulib yashaydi. Yer sayyorsa uning abadiy makoni ,umumiy Vatanidir . Odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan .Demak umumbashariy ma’noda jamiyat odamzotning umti hayoti utgan hamma davri joy va hududi bilan bog’iq barcha o’zgarishlar va jarayonlarni ifoda etadi. Jamiyat- tabiatning bir qismi ,yani ijtimoiy borliq bo’lib odamlar uyushmasining maxsus shakli. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat.

  2. Jamiyatga xos belgilardan biri bu Demokratik jamiyat . Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy- siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doisrasida o’zaro kelishuv ,sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.

  3. Ma’lumki ,litin yilidan ‘’civilis’’ so’zi asosida shakillangan , fuqaroviy ijtimoiy , degan ma’nolarni anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixidan dastlab shotland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723-1816) jahin tarixiy jarayonning ma’lum bir boshqichini ifodalash uchun , Fransuz ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat degna ma’noda ishlatganlar.Jahin sivilizatsiyasi deganda Sharq va G”arb sivilizatsiyasi , mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit , bir butun ijtimoiy tizim bo;lgan umuminsiniyat , sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha , umumiy makon bo’lgan Yer yuzidagi hayot tarxining hamma davrlarida mavjud jarayonlar majmuasi o’zida aks ettiradi.

  4. Bu tushuncha (arab. Shahrga oid, farovon maskan, taraqqiyot o’chog’I ) tabiat va o’zaro munosabatlarda aks etidagan inson faoliyatining o’zigaxos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat ), ijtimoiy guruh yoki jamiyatning faoliyati usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks ettiradi. Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalir_ bilim ,odob-axloq,talim-tarbiya,huquq , falsafa, din ,nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor ,asotirlar va shu kabilar kiradi.

  5. Qadriyatlatlar to’g’irisa G’arbda keng tarqalgan ‘’Aksiologiya’’ (aksio qadriyat , logos - fan, talimot) fani rivojlangan mamlakarlarda inson qadri va haq- huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Bu borada Qadr tushunchasiga kata etibor qaratishimiz kerak . U muayyan qadriyatning ya’ni biror-bir narsa , voqea hodisaa yoki biro redialning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir Qadr tushunchasi uzbek tilida serqirra ma’no va mazmunga ega , u tilimizdagi ba’zi ibora va so’zlarda o’ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Anashu sababdan ham o’zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash , avvalo qadrning ma’nosini bilish orqali boradi.

  6. Qadrsizlanish – muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining o’z qadrini yo’qotishi yoki pasaytirish jarayoni insonni uz obru-etiborini yo’qotishi , nazardan qolish manosini anglatuvchi tushunchadir. Qadrsizlanish faqat shaxslar urtasida emas balki boshqa sohalrda ham ro’y berishi mikin Masalan , qimmatli qog’ozlar , pulla ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablag’lar va qimmatli qog’ozlar misolida kurish mukin .

Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling