7-mavzu korporativ strategiya reja


Download 112.81 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi112.81 Kb.
#1797904
  1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu korporativ strategiya reja


7-MAVZU
KORPORATIV STRATEGIYA

Reja:

7.1. Korporativ strategiyaning mazmuni va mohiyati.


7.2. Korporativ strategiya turlari.
7.3. Korporativ strategiyani ishlab chiqish tartibi.
7.4. Temir yo‘l transportining korporativ strategiyasi.


Tayanch so‘z va iboralar:
Strategiya, ragobat, investitsiya, biznes iglim, globallashuv, sug’urta siyosati, biznes xulq, strategic rejalashtirish, funktsional strategiya, biznes strategiya.

7.1. Korporativ strategiyaning mazmuni va mohiyati

Korporativ strategiyaning mazmuni va mohiyati. Dunyoda raqobat bo’lgan davrda, hamma mahsulot gomogendir. Sanoqsiz to’liq axborotlarga ega bo’lgan sotuvchi va sotib oluvchilar mavjud, lekin sotib olinadigan tovarlarga hech qanday ta’sir eta olmaydi. Bunday dunyoda foydaga hech qanday talab yo’qligi bilan teng strategiyaga ham hech qanday talab bo’lmaydi.


Ko’pchilik bozorlarda kabi, sof raqobatga hech qanday qiyinchilik yo’q. Ular defitsit va assimetrikdir. Ularda sotuvchi va sotib oluvchilar cheklanganliklaridadir. Mahsulot gomogenligidadir, axborotlarni foydasizligidadir, yoki qandaydir firmaning boshqalariga nisbatan vakolatlarga egaligi va ko’chliligidadir, boshqalar ishlab chiqarmaydigan mahsulot ishlab chiqarishi, yoki olib kelinishi cheklanganligidadir. Mustahkam ishlab chiqilgan strategiya firmani, yaxshi tashkil etilmagan bozorda yuqori foyda oladigan strategiyalarni ishlab chiqqan holda o’zining talablarini qo’ya oladi.Bunday vaziyatda strategiya ikki muhim o’rinni egallaydi.
Birinchi: bu firmaning shu tarmoqdagi firmalar bilan bir pozistiyadaligi. Kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, bozorning xavfli taraflarini hisobga olgan holda, samarali strategiya raqobatdor mavqe’i yaratishi imkonini beradi. Shuning uchun kompaniya raqobatli faoliyat yuritayotgan muhitni taqqoslay olishda strategiyani formulalash juda muhim.
Ikkinchi: firma faoliyati va investitsiyachining ichki koordinatsiyasi. Strategiya bozordagi tanlashning foydaliligining tanlangandan keyingi vaziyatni o’rganadi.Firmaning bozordagi o’rni aniqlangandan keyin har bir punkti bo’yicha o’zaro tarmoqlar kelishishlari lozim. Xuddi shu tartibda invistitsiyalar ham amalga oshirilishi lozim. Ular bir-birlarini o’zaro bog’lab turishlari va jamlashgan holda yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni yuzaga keltirishi lozim.
Ishbilarmon kompaniyalar bu – uzining kuchlarini strategik yo’nalishlarga yo’naltirishidadir. Mijozlar talablarini qoniqtirish uchun korxona umumiy tashkiliy strategiyaga rioya qilishi lozim. Yaxshi strategiya bozorda o’zini ng o’rnini mustahkamlashga yordam beradiki, shu o’rinda bu sotib oluvchilarning talablarini boshqa raqobatchilarga nisbatan muayan ravishda kuchaytiradi.
Kompaniya strategiyasi – segmentlangan bozorda muvozonatni raqobatchilarga nisbatan osonroq toshidir. Bu tashkiliy reja raqobatchilardan ustunligini belgilab beradi.
Strategiya quyidagilarga javob beradi:
-korxona raqobatbardoshligini qay darajada ekanligi;
-korxona o’zining nimalariga nisbatan raqobotchilardan ustunligini belgilaydi;
-korxonaning asosiy ustunligi nimalardan iboratligi1.
Shunday qilib, korporativ strategiyani asosiy roli bu, boshqaruvni birlashgan holda mijozlar talabini raqobatchilarga nisbatan sifatliroq amalga oshirish.
Strategiya tuzilishi – boshqaruvchi va vaqtinchalik boshliq vazifasini bajaruvchilarga o’rta bo’g’in boshqaruvchilar hamda ishchilar o’rtasida strategiyani tatbiq etishdan iboratligidir.
Biznes iqlimning o’zgarishiga quyidagilar kiradi:
-markazlashtirishni yo’qotish;
-biznes iqlimning beqarorligi, globallashuv;
-texnologiyalarning tez o’zgarishi;
-jamoatchilikning hulqqa va poraxo’rlikka qarshi katta e’tibori (masalan, «Korporativ ijtimoiy mas’uliyat haqida ming yillikning jamoatchilik fikri» so’rovi natijalari);
- mehnat kuchi va bozorlarning xilma-xilligi;
- ommaviy axborot vositalarining izlanishlari.
Ayrim joriy masalalar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- o’z maqsadlari bo’yicha ishlatilmayotgan mablag’lar;
- qonunlarning amaliyotga nomuvofiqligi;
- poraxo’rlik vaziyati, juda past tadbirkorlik faoliyati;
- aksiyadorning faolligi – Kuzatuv kengashi, kompaniya rahbariyati hisob berib turishi lozim;
- sifat va unumdorlikka xodimning munosabati. «Shaxsiy fikr va guruh yoki rahbariyat fikriga ergashish».
Ilgari investorlar o’zlarining diqqatini investitsiyalar uchun odatiy bo’lgan tavakkalchiliklarda jamlar edi:
- investitsiyalarning moliyaviy qaytishi;
- siyosiy barqarorlik / samaradorlik;
- boshqariladigan sug’urta siyosati;
- rivojlangan moliyaviy tuzilma.
Hozirgi paytda investorlar ko’proq quyidagilarga e’tibor bermoqda:
- korporativ rahbariyat;
- ijtimoiy mas’uliyat.
Zaif korporativ boshqaruv korporatsiyalarga investitsiyalarning kelishini cheklaydi va oqibatda o’sish hamda rivojlanishni ham cheklaydi. Korporativ rahbariyatning samaradorligiga ko’r-ko’rona ishonish shart emas. Korporativ boshqaruv global kapital uchun kurashishda tobora muhimroq omil bo’libbormoqda. O’z ixtiyori bilan qabul qilingan «Biznes hulq kodeksi» qonuniy vahulqqa muvofiqlikni quvvatlashda rahbariyatni yaxshilash jarayonidagi birinchiqadam bo’lmoqda.
Korporatsiyalarning moliyaviy siyosati korporatsiyaning umumiy strategiyasining bir bo’lagi bo’lib, uning maqsad va vazifalariga to’g’ri kelishilozim. Korporpastiyaning rivojlantirish strategiyasi barcha mablag’larning samaralitaqsimlanishi va foydalanishini ta’minlaydi: moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek yer va texnologiyalarining raqobotlilik muhitida barqarorlik darajasini saqlaydi.
Shuning uchun, birinchi navbatda, boshqaruvning tezkor shaklini (tahlilsizqarorlarni qabul qilish) qo’llangandan ko’ra, tahlil va bashorat orqali boshqarishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir (-rasm

-rasm. Strategik rejalashtirish tizimi.

Download 112.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling