7-MAVZU: MO’G’ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN MANGUBERDI – VATAN HIMOYACHISI
Reja:
Markazlashgan mo’g’ullar davlatining tashkil topishi. O’rta Osiyoning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi
Mo’g’ullarga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi.
Mo’g’ullar istilosidan keyingi siyosiy vaziyat.
Chig’atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Tayanch so’z va iboralar: Mo’g’ullar davlati. Qurultoy, xon, Chingizxon. “Yaso”(yasoq) qonunlari. Mo’g’ullar bosqini, Jaloliddin Manguberdi. Ulus, Chig’atoy ulusi. Soliq va o’lponlar. Madaniy xayot.
-I-
Chingizxon lashkarlari tomonidan yurtimizning zabt etilishi bilan xalqimiz tarixida to’rtinchi bor qaramlik davri (XIII asr 20 yillaridan 1370 yilgacha) boshlanadi. Chingizxon va uning avlodlari nafaqat Turkistonni, balki o’sha, zamondagi dunyoning ma’mur-obodon o’lkalarining aksarini bosib olishga muvaffaq bo’lgandilar. Ular asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O’rta yer dengizdan Hindistongacha bo’lgan ulkan hududni o’z ichiga olgandi.
Mo’g’ullar haqida Xitoyning Tan sulolasi solnomasida ilk bor ma’lumot beriladi (618-908). Mo’g’ul atamasi haligacha ilmiy isbotga ega emas. X-XI asrlarda Amudaryo buylarida yashagan 16 ta urug’larga bo’lingan tatarlarning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urug’idan moxe (mo’g’ul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |