7-Mavzu. Paxta g‘aramida tunel ochish. Reja


Download 1.09 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1001794
  1   2   3
Bog'liq
7-Ma\'ruza


7-Mavzu. PAXTA G‘ARAMIDA TUNEL OCHISH.


REJA
1. Pахtа g‘аrаmigа tunnеl оchish hаqidа umumiy mа’lumоtlаr.
2. Pахtа g‘аrаmigа tunnеl оchuvchi ОBТ rusumli mаshinаsini tuzilishi va ishlаshi.
3. ОBТ rusumli mаshinаsini tехnik vа tехnоlоgik ko‘rsаtkichlаri.
4. Pахtа g‘аrаmigа tunnеl оchuvchi TT rusumli mаshinа tuzilishi va ishlаshi.


1.Paxta g‘aramiga tunnel ochish haqida umumiy ma’lumotlar.
Chigitli paxtani tashish jarayoni maxsus transport vositalarida amalga oshiriladi. Chigitli paxtani transport vositalariga yuklash ham maxsus mexanizmlar bilan amalga oshiriladi.
Bu mexanizmlar chigitli paxtani ifloslantirib qо‘ymasligi va chigitni mexanik shikastlantirmasligi kerak. Ma’lumki, chigitli paxta partiyalar bо‘yicha, alohida seleksion navlari va sinflari bo‘yicha qabul qilinadi hamda saqlanadi. Chigitli paxtani saqlash uchun yopiq omborlar, shiyponlar qo‘llaniladi.
Chigitli paxtani tabiiy xususiyatlarini asrash uchun saqlashni tо‘g‘ri tashkil qilish, chigitli paxtani g‘aramlarga g‘aramlash va joylashtirishga binoan amalga oshiriladi.
Chigitli paxtani ochiq maydonga g‘aramlash quyoshli, yomg‘ir va qor bо‘lmagan kunda amalga oshiriladi. Har bir ochiq maydonga g‘aramlanayotgan chigitli paxtaning miqdori kuniga 70-80 tonnadan oshmasligi tavsiya qilinadi. Chigitli paxtani g‘aramlashda zichlash jarayoni asosan g‘aramni chetidan 1,5-2 metr bо‘lgan masofada amalga oshiriladi.
G‘aramning qolgan qismi paxtaning og‘irligi bо‘yicha zichlanadi. G‘aramlash jarayoni tugagandan sо‘ng, balandligi 2-2,5 metr bо‘lgan konussimon shaklda g‘aramni ustki qismi barpo etiladi va brezentli mato bilan berkitiladi. Ustki qismni konussimon shaklda qilinishdan asosiy maqsad, g‘aram ustiga tushadigan yomg‘ir va qor suvlari paxta tarkibiga sizib о‘tmasligi va undan oqib tushib ketishini ta’minlashdan iborat.
G‘aramlash jarayoni tugallangan kundan 10-15 kun о‘tgandan sо‘ng, paxta g‘arami balandligi bо‘yicha 1-1,5 metrga chо‘kadi. Sо‘ngra g‘aramni yon devorlari taramlanadi (tekislanadi), hamda unga tonnel ochiladi.
Agar birinchi va ikkinchi sinfdagi chigitli paxta iflosligi meyordan yuqori bо‘lsa, bu paxtani iflosligi bо‘yicha tо‘g‘ri kelgan sinfga о‘tkaziladi. Agar namligi yuqori bо‘lsa, unda belgilangan tartibda narxi pasaytiriladi. Chigitli paxtaning iflosligi va namligi 22,0% dan yuqori bо‘lsa, paxta qabul qilinmasdan topshiruvchiga qaytarib beriladi yoki bitta sinfga qaytirilgan holda qabul qilinadi.
G‘aramdagi chigitli paxtaning harorati KT-1 belgili termochо‘p yordamida aniqlanadi. G‘aram devorlarining og‘ish burchagi vertikal tekislikka nisbatan 5-8° ni tashkil qilishi kerak. Bu esa, g‘aramni uzoq vaqt saqlanishida uning mustahkamligini ta’minlaydi.
Paxta tozalash korxonasi qoshidagi va undan tashqaridagi paxta tayyorlash maskanlarida chigitli paxta quyidagi tartibda joylashtiriladi:
■chigitli paxta namligi 14% dan yuqori bо‘lsa, quritish-tozalash bо‘limlari atrofida joylashtiriladi;
■chigitli paxta namligi 14 % gacha bо‘lsa, tozalash bо‘limi atrofida joylashtiriladi.
Yopiq omborga joylashtirilgan chigitli paxta zichligi: 1 va 2 navlar uchun 150-190 kg/m3 , past navli paxta uchun esa 130-160 kg/m3 bо‘lishi kerak. Yuqori namlikdagi chigitli paxtani yopiq omborlarga joylashtirish uchun faqat havo sо‘ruvchi kanallar (tonnellar) bо‘lgandagina joylashtirish mumkin.
Chigitli paxtani о‘z-о‘zidan qizishini oldini olish uchun tonnellardan havo sо‘riladi. Havo sо‘rish statsionar holatdagi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda shu narsaga tо‘xtash joizki, g‘aramning zichligi eng oqori bо‘lgan ( 350  kg/m3 ) pastki qismida tonnel ochiladi.
Tonnel, ayniqsa g‘aramni tо‘la hosil qilingandan sо‘ng, u tо‘latukis chо‘kib, zichlangandan keyin amalga oshiriladi. Tonnelni ochish davrida albatta paxtaning tabiiy xususiyatlariga salbiy ta’sir kо‘rsatiladi.
Hozirgi mavjud jarayonlarni tahlilidan shu narsa ma’lumki, tonnel ochish davrida paxta tolasini uzilishi, ayniqsa chigitni mexanik shikastlanishi salkam 1,2-2,0 foizgacha oshishi aniqlangan. Shuni hisobga olgan holda, paxta g‘aramini barpo qilish mexanizmlarining ishlashi jarayonida, bir vaqtning о‘zida, g‘aram tarkibida tonnelni ham ochib ketilsa, shu borada mukammal texnologiya yaratilsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi.
Ushbu yо‘nalishda “PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI” ОАJ olimlari tomonidan talaygina ishlar amalga oshirilgan. BX tipidagi g‘aram bosish uskunasiga, paxta g‘aramining tarkibida tonnel hosil qilish maqsadida, unga qolip о‘rnatilgan. BX uskunasida g‘aram qatlamlarini zichlashda uni shibbalovchi plita og‘irligi 1,0-1,5 tonnadan iborat bо‘lib, u yuqoridan о‘z og‘irligi bilan tushirib yuboriladi. Natijada katta kuch bilan paxta qatlamlari zichlanadi.
Lekin, tonnel qolipning yuzasi bilan plita yuzasi orasidagi paxta qatlami katta kuch ta’sirida nihoyat darajada shikastlanib, natijada uning tabiiy xususiyatiga salbiy ta’sir etiladi. G‘aram tо‘la barpo qilingandan keyin, qolipning gabarit ulchamlari uzatgich yordamida kichiklashtirilib, uni g‘aramning ichidan traktor yordamida chiqarib olinadi.
Ushbu qolipning uzunligi 6,0 metrdan iborat bо‘lgan hamda BX g‘aram bosish uskunasining о‘ziga mahkamlangan holdagi kо‘rinishi ham mavjud bо‘lib, unda ham yuqorida aytib о‘tilgan kamchiliklar bor.
Bundan tashqari, ushbu qolipning harakat uzatuvchi mexanizmlari nihoyat murakkab bо‘lib, ishlash vaqtida buzilib qolish ehtimolligi nihoyat darajada katta va uni amalda qо‘llashda ancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, yuqorida aytib о‘tilgan barcha kamchiliklarni inobatga olgan holda, bu yо‘nalishda yangi mukammal uslubni ishlab chiqish hamda amalda qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa, paxtani yon tomonlama minimodulli zichlash usuli asosida g‘aramlovchi mukammal texnologiyani yaratish va takomillashtirishda tonnel ochish jarayoni joriy qilinsa, maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Chunki, yon tomonlama minimodulli zichlash usulida asosiy kuch gorizontal tekislik bо‘yicha yo‘naltirilgan bо‘lib, tonnelni hosil qilishda ancha qulayliklarga egadir.
Hozirgi kungacha ushbu muammo mavjud g‘aramlash uslubida ham hal etilgan emas. Bundan tashqari, yon tomonlama minimodulli zichlash usulida g‘aramning dastlabki bо‘lagini hosil qilishda tayanch devori о‘rnatiladi.
Zichlash jarayoni shu devor bilan zichlash plitasi orasida amalga oshiriladi. Shu yerda g‘aram qatlamlarini hosil qilishda, qatlamning qaysi bо‘lagida ushbu devorning funksiyasi tugashi va uni qо‘llanilish chegaralari aniq asoslab berilmagandir.






Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling