7-Mavzu: Plastmassa va rezina materiallari to’g’risida ma’lumot. Reja


Download 57.5 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi57.5 Kb.
#144227
Bog'liq
7-Mavzu Maruza Matn.


7-Mavzu: Plastmassa va rezina materiallari to’g’risida ma’lumot.

Reja:

  1. Plastmassa turlari va ishlatilish sohasi.

  2. Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi.

  3. Rezina materiallari

Plastmassalar haqida asosiy ma’lumot.

Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqlangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.

Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir.

Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kavakli yoki tolali engil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o‘rama ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, elim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. SHunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. SHu bilan birga agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir.

Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalardan zich molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik molekulalardagi tuzilish o‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi.

Tabiatda uchraydigan sellyuloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, < kaxrabo va boshqalar zich molekulali birikmalarga kiradi. Bundan ikki asr oldin tabiiy kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olingan. Nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab chiqildi. SHuningdek, oqsil (kazein) moddadan galalit plastmassasini olishga erishildi.



Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari echiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. SHu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.

Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qo‘shimcha moddalar ajraladi. SHu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi.

Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar.

CHiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi molekulalarning birikish mustaxkamligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni o‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bo‘ladi.

Plastmassalarning asosiy xossalari

Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi, ya’ni oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta engil, mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3 bo‘lgan po‘latning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga teng, xolos.

Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. YUqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik elimlar olishda qimmatli hisoblanadi.

Plastmassaning Qurilish materiallari sifatidagi kamchiligi ularning issiqqa uncha chidamli emasligi (60–400°S gacha), issiqdan kengayish koeffitsientining kattaligi va yonuvchanligidir. Ko‘p plastmassalar past haroratda egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Bulardan tashqari, plastmassalar oddiy haroratda ham egiladi. Bu xususiyat ulardan konstruksiyalar ishlashga imkon bermaydi. Ko‘pgina termoplastik plastmassalarning mustahkamligi harorat ta’sirida kamayadi.



Plastmassalarning kamchiliklari

Plastmassa yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga etmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi.



Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.

Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling