7 mavzu: ta’lim sifatini baholashning xalqaro tizimi


Download 24.98 Kb.
bet1/3
Sana10.09.2022
Hajmi24.98 Kb.
#804020
  1   2   3
Bog'liq
7 - Мавзу Баҳолаш халқаро тизими
mantiqiy savollar javoblari bilan 10, noverbal muloqot sirlarining psixologik xususiyatlari, 1 labaratoriya ishi, jism va jismlarsiz bajariladigan mashqlarni orgatish metodikasi, 2-презинтация, 2-презинтация, Мустақил таълим. Илмий тад-т, 125, 125, 9, 9, IES, 2063, 1200854

7 - MAVZU: TA’LIM SIFATINI BAHOLASHNING XALQARO TIZIMI


REJA:

  1. Ta'lim sifatini baholash tizimlari

  2. Webometrics reytingi

  3. Yalpisifat menejmenti (Total Quality Management (TQM)

Xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030-yilgacha belgilangan yangi ta'lim konsepsiyasida «Ta'lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish» dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda».
Oliy ta'lim muassasalarida tizimli ravishda ta'lim sifati va unga ta'sir etgan omillarni baholash yurtboshimiz ta'kidlaganidek: «Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili bo‘lishi zarur. Ular yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta'lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtirishi lozim»ligi borasidaga o‘ta muhim vazifalar bilan belgilangan.
Oliy ta'lim muassasalari tomonidan ta'lim-tarbiya sifatining holati, uning monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda xolis baholansa, ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etgan omillar o‘z vaqtida korreksiyalanib, istiqbolga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilsa ta'lim sifatining kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligi ta'minlanadi.
Ta'lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib, ta'lim sifatining zaruriy darajasini ta'minlash, ta'lim sifati menejmenti va kvalimetriyasining samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta'lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyada qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948-yildan, AQSh da 1969-yildan, Fransiyada esa, 1979-yildan buyon mavjud. Ta'lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978-yildan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni yig‘ish imkonini beradi. Boshqa mamlakatlarda bunday tizimlar nisbatan keyinroq paydo bo‘ldi.
Aksariyat MDH mamlakatlarida ta'lim sifatini baholovchi milliy tizimlarni ishlab chiqish 1990 yildan boshlangan.
Bunday milliy baholovchi tizimlarning maqsadi ushbu tizim doirasidagi ta'lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:
- ta'lim sohasidagi o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
- ta'lim oluvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash;
- ta'lim oluvchilarning o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash;
- o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash;
- o‘zlashtirish dinamikasini yuritish.
Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. AQSh ta'limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National Assessment of Educational Progress) ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu baholash dasturlari:
- o‘quv dasturlari bajarilishini ta'minlash;
- o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta'minlash;
- ota-onalarni ma'lumot bilan ta'minlash;
- o‘quv muassasasidagi o‘zlashtirish darajalari haqida umumlashgan ma'lumotlarni olish;
- milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi.
Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat:
- o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash;
- o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish;
- o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish;
Buyuk Britaniyada oliy ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta'lim sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta'lim muassasasi tomonidan sifatli ta'limni ta'minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, ta'lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta'lim sifatini ta'minlash Agentligi - Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan. Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi.
Agentlik tomonidan ta'lim sifatini nazorat qilishda oliy ta'limning akademik standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta'lim muassasalari tomonidan yuqori akademik sifatni ta'minlash, oliy ta'lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib borish, oliy ta'limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini ta'minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash jarayonida talabalar va kadrlar buyurtmachilarining ishtirokiga alohida ahamiyat beriladi.
Germaniyada ta'lim sifatini, xususan, oliy ta'lim sifatini baholashning o‘ziga xos tizimi mavjud. Hozirgi kunda Germaniyada sifatni baholash bo‘yicha bir necha agentliklar faoliyat yuritib, ulardan ba'zilari tor doirada texnika, tibbiyot, biznes sohalarigagina yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan agentliklar boshqa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim dasturlarini baholash, akkreditatsiyadan o‘tkazishga ixtiscoslashtirilgan. Mazkur davlatda akkreditatsiyalash jarayoni oliy ta'lim muassasining talabiga binoan amalga oshiriladi va yakuniy xulosa tegishli davlat organlari tomonidan shakllantiriladi. Germaniyada ta'lim sifatini baholash tizimining o‘ziga xosligi unda ta'lim sifatini mustaqil baholash tizimining mavjudligida bo‘lib, ta'lim sifatini baholashda ish beruvchilarni ekspert salohiyatidan to‘laqonli foydalanilishiga e'tibor qaratilgan.
Yaponiyada ham ta'lim sifatini baholash va akkreditatsiyalash jarayonlari boshqa rivojlangan davlatlar kabi o‘zini-o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish, tashqi ekspertiza va qaror qabul qilishdan iborat bo‘lib, ta'lim muassasasining faoliyatini umumiy baholash va alohida ta'lim dasturlarini baholash bo‘yicha komissiyalar asosida amalga oshiriladi. Umumiy baholash ta'lim muassasasidagi ta'lim sifatini boshqarishning zamonaviy metodlari va ichki menejment samaradorligi tahlili asosida shakllantiriladi.
O‘qitish sifatini baholash tizimi yuzasidan xalqaro tajribalar tahlil qilinganda o‘quvchilar bilimini baholash ta'lim maqsadlari va tizimiga ko‘ra asosan 3 balldan 100 ballgacha bo‘lgan shkalada baholanishi kuzatiladi. Buyuk Britaniya va Gretsiya kabi ayrim mamlakatlarda baholash raqamlar o‘rniga lotin harflarida amalga oshiriladi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya, Ispaniya, Daniya, Bolgariyada sonlar ortib borishi bilan o‘zlashtirish «yomon» dan «a'lo» darajagacha ko‘tariladigan baholar bilan bir qatorda sonlar kamayib borish tartibda Germaniyada «juda yomon» dan «a'lo» darajaga ortadigan baholash tizimi mavjud. Baholashning so‘z bilan tavsiflanadigan tizimlarida «topshirmadi», «topshirdi», «a'lo darajada topshirdi», «nihoyatda a'lo darajada topshirdi» kabi yoki Kanada va Ispaniya kabi baholashni foizlarda ko‘rsatiladigan ta'lim tizimlarini ham mavjud.
Ularda nazorat turlari, imtihonlar, sinfdan-sinfga ko‘chirish va yakuniy attestatsiyalar turlicha. Buyuk Britaniya maktab ta'limi tizimida o‘quvchilar bilimini baholash dunyo mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Oksford, Kembridj, London va Manchester yetakchi universitetlarining umumta'lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish maqsadida imtihonlar tashkil eta boshlaydi. XX asrning o‘rtalariga kelib o‘qitish sifatini baholashning mazkur turi keng amaliyotga joriy etilgan bo‘lsa, 1950 yildan boshlab o‘qitish sifatini milliy baholash tizimi joriy etildi.
Alohida qo‘mitalar tomonidan ishlab chiqilgan imtihon materiallari va dasturlari bir – biridan farqlansada, imtihonlarni malakat bo‘yicha yagona va teng sharoitlarda o‘tishini ta'minlash maqsadida erishilgan o‘quv darajasini baholash va dasturlar bo‘yicha ta'lim vazirligida tuzilgan Kengash SCAA (School Curriculum and Assessment Authority) tomonidan tasdiqlanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1840 yildan boshlab ta'lim islohotlarini amalga oshirishda o‘qitish sifatini baholashning nazorat turlari (Massachusetts Historical Society Documents), ayniqsa test keng qo‘llanilib kelinmoqda. Mamlakatda yarim asrdan buyon pedagogik testdan o‘tkazish xizmati mavjud. Uning vazifasiga test o‘tkazish amaliyotini umumlashtirish va kengaytirish, o‘quvchilar haqida diagnostik ma'lumotlar yig‘ish va bu ma'lumotlarni analiz qilish, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish va sinab ko‘rish kiradi. Bu xizmat testdan o‘tkazish qoidalarini belgilaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi. U Prinstondagi universitetida joylashgan bo‘lib, mamlakat bo‘yicha 5000 dan ortiq test o‘tkazish punktlari mavjud. AQSh da o‘quvchilarning ta'lim sohasida erishgan darajalari har bir shtat darajasida ishlab chiqilgan dastur asosida amalga oshiriladi. Har bir shtat o‘zining erishishi lozim bo‘lgan o‘quv darajalari standartini va bu darajani baholash tizimini ishlab chiqadi. Mamlakat miqyosida o‘qitish sifati monitoringi tizimi NAEP (National Assessment of Educational Progress)mavjud. Mazkur dasturning asosiy maqsadi ta'lim natijalari haqida axborotlar olish, vaqt o‘tishi bilan ularda borayotgan o‘zgarishlar, ta'limning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, olingan axborotlar asosida maktab ta'lim tizimida amalga oshiriladigan o‘zgarishlarni rejalashtirishdan iborat. 1992 yilda tuzilgan ta'lim standartlari va testdan o‘tkazish Milliy Qo‘mitasi (National Council on Education Standards and Testing - NCEST) o‘zining hujjatlarida milliy standartlarni kiritish munosabati bilan ta'lim tizimi va individual natijalar monitoringini olib borish uchun baholash tizimidan foydalanish sohalarini va maqsadlarini quyidagilar orqali belgilab berdi:
- o‘quvchilarga, ularning ota-onalariga va o‘qituvchilarga ta'limda erishiladigan darajaga qo‘yiladigan talablarni tushuntirish;
- o‘qitishni takomillashtirish va yuqori natijalarga erishish;
- o‘quvchilarga, ularning ota-onalariga va o‘qituvchilarga ta'lim standartlariga erishish haqida axborot berish;
- o‘quvchilardan, maktablardan, okruglardan, shtatlardan va butun mamlakat bo‘yicha o‘qitish natijalari haqida hisobotlar olishni ta'minlash;
- ta'lim sohasi bo‘yicha boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan qarorlar qabul qilishga yordamlashish.
Fransiyada esa bugungi kunda 20 ballik tizimda baholanib, 14-16 baldan yuqoris a'lo ko‘rsatkich, 10-14 ball yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
AQShda baholash 100% lik tizimni harflar bilan ifodalash orqali amalga oshiriladi, o‘quvchilar berilgan test savollarini bajarishiga qarab, A (A+), B, C, D, E (F) harflar bilan baholanadi. A - 90%–100%, B - 80%–89%, C - 70%–79%, D - 65%–69%, E(F) - 64% va past.
Fransiyada 20 ballik, Angliya va Polshada 6 ballik, Ukrainada 12 ballik, Moldaviya, Belorussiya va Litvada 10 ballik, Yaponiyada 100 ballik tizimda baholash yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ballarning eng quyi qismi past baho va yuqori qismi yaxshi hisoblanadi.
Germaniyada qo‘llanilayotgan 6 ballik tizimda esa aksincha, 6 ball juda yomon, “5”-qoniqarsiz, “4”-qoniqarli, “3”-yetarli, “2”-yaxshi, “1” - a'lo baho sifatida qabul qilingan.
Pedagogika tarixida o‘qitish sifatini baholashda uchta asosiy yondashuv vujudga keldi:
1) ko‘p mamlakatlarda alohida berilgan kichik javoblar, qo‘shimchalar, ijodiy ishlar uchun o‘quvchilarning navbatdagi balni qo‘lga kiritishlari uchun yo‘naltirish, ya'ni ballga 3 tagacha qo‘shish belgisini qo‘yib borish yo‘lga qo‘yildi. Natijada, 5 ballik tizimga qo‘shimcha ravishda jamg‘arib borish mexanizmi kiritildi;
2) qator mamlakatlarda 5 ballik tizimni ko‘p ballik tizimga aylantirish amalga oshirildi, ya'ni 10 - 1000 ballar har bir topshiriqning murakkabligi, turlichaligi, kreativligi bo‘yicha tegishli proporsional shkalalar asosida qo‘yib boriladi. Bu jarayon reyting modeli tizimini yuzaga keltirdi;
3) o‘quvchi bilimini baholash bo‘yicha juda ko‘plab usullari, baholashning individual shakllari o‘ylab topildi va joriy qilindi.
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida sifatni oshirish davlat, firmalar va kompaniyalar rahbarlarining katta xatti-harakatlari natijasida mahsulotlar, xizmatlar, ish va jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo‘naltirilgan milliy g‘oya sifatida shakllandi.
Shuningdek, hozirgi kunda jahonda oliy ta'lim muassasalarining reytingini aniqlash tizimi ommalashib bormoqda. Bu o‘z navbatida, yangi global reytinglarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan, 2007-yil noyabr oyida Xalqaro ixtisoslashtiruvchi ekspertlar guruhi uchinchi yig‘ilishida, nufuzli xalqaro "Shanxay" (ARWU-500) va "Times" (QS-THES-200) bilan birgalikda Webometrics taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling