7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati


Download 207.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2020
Hajmi207.61 Kb.
#136324
Bog'liq
7-MARUZA


   7-mavzu: Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati 

                        Reja: 

1.Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. 

            2.Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 

      3.Hadislardan foydalanish yo‘llari.   

          

        1-masala: Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati 

Dunyo    madaniyatining  beshigi  Sharqda  ijtimoiy  tuzumning  qaysi  bosqichdaligidan  qat`iy 

nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda bo`lib kelgan. 

Islom  o`z  oldiga  ko`ygan  maqsadlaridan  biri  ham,  vujudga  kelgan  kunidan  boshlab  sof  fikrli, 

komil,  yaratuvchi,  beozor  insonni  tarbiyalash  edi.  Hadislar  xalqni  tarbiyalashga,  ahloq-odobga, 

diniy  e`tiqodga  chaqirish  bilan  bir  qatorda  xalqning  hayotini,  uning  o`tmishdagi  iqtisodiy, 

siyosiy  va  madaniy  turmush  darajasini  o`rganishda  muhim  manba  hisoblanadi.  U  xalqning 

ijtimoiy  va  iqtisodiy  munosabatlarini,  ijtimoiy-maishiy  turmush  tarzini,  orzu  va  intilishlarini 

o`zida  ifoda  etadi.  Hadislarda  ifodalangan  xulq-atvor  normalari  yoki  inkor  etiladi,  yoki  keskin 

ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning rivojlanishiga 

ta`sir  etadi,  insonparvarlik,  halollik,  iymon,  e`tiqod,  tinchlik,  do`stlik,  vatanparvarlik, 

mehnatsevarlik  hissiyotining  shakllanishiga  olib  keladi.  Hadislar  tarixiy  xarakterga  ega  bo`lib, 

yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan. 

Hadislar  yaratilgan  davr  tuzumi  manfaatlarini  aks  ettiradi,  shu  davr  kishilarining  talab  va 

ehtiejlarini  nazarda  tutadi.  Hadislar  feodalizm  davrida  yaratilgan  bo`lib,  shu  tuzum  tartiblari, 

qonun-qoidalari,  O`rta  Osiyo  va  Eron  xalqlarining  boy  milliy  an`analarini,  turmush  tarzini 

ifodalagan. 

Hadislarda  xalq  tajribasida  sinalgan  ezgu  ideallar  kuchaytiriladi,  nasihat  va  talab  shakladi 

xalqqa  etkaziladi,  xalq  idealiga  zid  xislatlar  esa  salbiy  jihatdan  bo`rttiriladi,  emon  oqibatlardan 

ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. 

Xalq  idealiga  mos  kelmaydigan  noinsoniy  hislatlar:  ochko`zlik,  ug`rilik,  adolatsizlik,  zino, 

tekinxo`rlik,  yalqovlik,  xienatkorlik,  ota-onaga  hurmatsizlik  va  boshqalar  qoralanadi.  Bu 

qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi 

sifatida  ifodalanadi.  Xalqning  ma`naviy  fazilati  sifatida  qaror  topmagan  illatlar  ijtimoiy  haet 

taraqqieti va milliy qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi. 

  

Hadislardagi  badiiy  ifoda  hamda  tasviriy  vositalar  rang-barang  bo`lib,  ular  har  bir 



hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni ezgulikka, 

olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. hadislar zaminida kishilarning 

e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok etish darajasi etadi. 

Hadislar  mavzu  jihatdan  g`oyatda  boy  va  rang-barangdir.  Halqning  ijtimoiy  maishiy 

turmushi,  jamiyatning  tabiati,  jug`rofiyasi,  ekologiyasi,  nabotot  va  insonning  diniy,  ma`naviy-

ruxiy  olami,  faoliyati  qamrab  olingan.  Unda  tarixiy  voqealar,  ijtimoiy-siesiy  masalalar,  sinfiy 

munosabatlar ham o`z ifodasini topgan. 

Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis kelajak 

haqidagi  bashoratlar,  ma`naviy-ahloqiy  fazilatlar,  tabobat  va  gigiena  tug`risidagi  bilimlar 

mujassam etilgan. 

Hadislar  tuzilishi  jihatdan  nasriy  shaklda  bo`lib,  kishi  xotirasida  uzoq  saqlanishini 

ta`minlaydi.  Muhammad  alayhissalom  hadislarida  musulmon  halqlarining  eng  muhim  milliy 

qadriyatlari  hisoblangan  iymonli  bo`lishga  da`vat  asosiy  o`rinda  turadi.  Islom  dini  hukmronlik 

qilib  kelgan  davrlarda  barcha  eshdagi  kishilarni  tarbiyalash  quroli  bo`lib  kelgan  hadislarning 

paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar. 

Hadis  islom  olamida  payg`ambar  Muxammad  alayhissalomning  hislatlari,  hatti 

harakatlari,  diniy  va  ahloqiy  ko`rsatmalari  haqida  ma`lumot  beruvchi  didaktik  xarakterdagi 

ta`limot hisoblanadi. 



2-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 

 Hadislarni  Muhammad  alayhissalomning  vafotlaridan  bir  necha  o`n  yillardan  so`ng 

yig`ishga  va  ezishga  kirishilgan,  hadislarning  haqqoniyligi  har  tomonlama  tekshiruvdan 

o`tkazilgan  bo`lib,  hadislarni  aytgan  kishilarning  xulq-atvorlari,  ahloqi,  shaxsi,  hatto  avlod 

ajdodlari  har  tomonlama  o`rganilgan.  Chunki,  Muhammad  alayhissalom  aytmagan  fikrlar  ham 

yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. Olmoniyalik islomshunos 

idoyatulloh Xobshning fikricha Hadisning haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: 

Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas. 

Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. 

Uchinchidan,  hadislarda  aytilgan  gaplar  qayriahloqiy  eki  Islom  dinining  aniq-ravshan 

ta`limotiga zid bo`lmasligi kerak. 

Muhammad  alayhissalomning  fikricha,  inson  millati,  irqi,  davlatiga  qaramasdan  o`z 

tabiatiga  ko`ra  sahovatli  bo`lishi,  bir  birlariga  nisbatan  mehribonlik  ko`rsatishlari  zarur.  Mana 

shu  fazilat  uni  boshqa  mavjudotlardan  ajratib  turadi.  Bunday  sahovatli  dune  to`rt  toifadagi 

insonlar guruhidan iboratdir: 

1.  Tangri  tomonidan  ham  boylik,  ham  ilm  ato  etilgan  bo`lib,  bulardan  faqat  o`zi 

bahramand  bo`lmasdan,  balki  qarindosh-urug`lar,  do`stlar,  qo`shnilar  va  boshqalarni  ham 

bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir. 

2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato etilmagan. 

Bu  toifadagilar  boy  kishilarga  g`araz  nazari  bilan  qaramaydilar,  o`zlarida  ham  shunday  boylik 

bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 

3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga muruvvat 

qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 

4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli bo`lish, 

ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). Jamiyatning taraqqieti birinchi 

va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan bog`liqdir. 

Hadislar  orqali  ijtimoiy  masalalar  ham  o`z  ifodasini  topadi.  Quldorlik,  feodalizm 

jamiyatida  qullarning,  g`ulomlarning  haq-huquqlari  nihoyatda  chegaralangan  bo`lib,  ularning 

moddiy  va  maishiy  ahvollari  hech  qanday  qonun  va  qoidalar  bilan  himoya  etilmagan.  Ularni 

inson  sifatida  hurmat  qilish,  jabr-zulm  ko`rsatmaslik,  moddiy  va  maishiy  turmush  darajasini 

yaxshilashga  e`tibor  diniy  va  badiiy  manbalar  orqaligina  quldorlarga,  feodallarga  etkazilgan. 

Ijtimoiy  turmush  tartib  qoidalarga  rioya  qilmaslik,  jamiyatning  ba`zi  bir  a`zolari  tomonidan 

bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish emon natijaga olib kelishi tabiiy. Qur`oni Karim, 

Hadisi  sharif,  xalq  og`zaki  ijodi,  boy  mumtoz  adabietimiz  manbalarida  oddiy,  eziluvchi  xalq 

ommasini  boy,  hukmdor  doira  vakillari  bilan  o`zaro  adolatli  kelishtirish  asosida  jamiyatni 

o`zgartirish,  kishilarni  bir-birlariga  nisbatan  mehr  oqibatli,  insonparvar  bo`lib  yashashlariga 

erishish  mumkin,  degan  g`oya  olg`a  suriladi.  Jamiyat  a`zolarining  turmush  tarzlari  turlicha 

bo`lishi  Olloh  taoloning  hukmiga  bog`liq.  Shuning  uchun  uning  hukmini  o`zgartirishga  hech 

kimning kuchi etmaydi.  Faqat sabr, qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat 

ketidan  farovonlikni  ishonmaydigan,  sabrsizlik  qilgan,  qo`l  ostidagilarga,  ko`ni-qo`shnilarga, 

oila  a`zolariga  emonlik  qilgan  kishi  do`zaxiy  hisoblanadi.  Hadislar  mazmuniga  singdirilgan  bu 

g`oya  kishilarni  ijtimoyi  turmushga  ko`nikishga,  ishonch  bilan  yashashga  undab  keldi. 

Hadislarda  kishilarning  barchasini  teng,  tinch-totuvlik  bilan  yashashlarini  ta`minlash  uchun  bu 

toifadagi  birovga  qaram,  faqir  kishilarni  qaramlikdan  ozod  etish,  jamiyatni  adolat  asosida 

boshqarish  lozim  degan  g`oya  olg`a  suriladi.  Gunoh  sifatida  taqiqlangan  ahloqiy  kategoriyalar 

hadislar  mazmunida  ifodalangan  bo`lib,  ularning  ko`pchiligi  diniy  g`oyalar  va  urf-odatlar  bilan 

bog`liq, lekin ularning bir qismi inson ahloqiy haetiga aloqador. 

   

Insonning  hayotdagi  o`rni  uning  jamiyat  taraqqietiga  ko`shgan  hissasi  hamda  kelajak 



avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi.  Islom dini manbalarida oxirat 

yaqinlashib,  qiemat  bo`lishi  ma`lum  bo`lgan  taqdirda  ham  oliji  boricha  bo`lajaq  jamiyatning 

taqdiri,  turmush  tarzini  o`ylash,  qo`ldan  keladigan  ishni  bajarib  qolish  targ`ib  etiladi. 

«Birortangiz  ekish  uchun  qo`lingizda  bir  ko`chatni  ushlab  turgan  vaqtingizda  qiemat  qoyim 

bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz etsa, albatta ekib quying» 


(479-hadis),  «Sen  bir  ko`chatni  ekaetganingda  dajjol  chiqib  qolibdi,  deb  eshitsang  ham,  uni 

tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham odamlar yashaydi».( 480 hadis) 

Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar bo`lib 

o`taveradi,  tarix  ham  soyqalaveradi,  odamlar  ham  aynaydi,  bo`ziladi  va  oqibatda  kishi  o`z 

qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl etadi, ammo toki 

duneda  e`tiqodlar,  insoflilar,  olijanoblar,  vijdonlilar,  andishalilar  bor  ekan,  haet  barqarordir, 

shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta, 

yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning 

haqiqiy  musulmonligini  bildiruvchi  yuksak  ruhiy  holatdir.  Murod-iymon  demakdir.  Iymon 

so`zda  ham,  ishda  ham  bir  hilda  bo`lishi  talab  etiladi.  Diniy  nuqtai  nazardan  «iymonning  ham 

o`z farz ham amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib», 

ularga  qat`iy  rioya  etgan  insonning  iymoni  but,  rioya  qilmaganlarning  esa  iymoni  yo`q 

hisoblanadi. 

Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. Jismoniy 

poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga oshiriladi. Uning 

o`ziga  xos  qonun-qoidalariga  rioya  etish  islom  ta`limoti  orqali  targ`ib  etiladi.  Tahorat-islomga 

e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy tetiklik, haetga, yashashga mehr 

muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, 

diniy  nuqtai  nazardan  ham  shaxsning  yaxlit  shakllanishini  ta`minlovchi  xususiyat  hisoblanadi. 

Namoz o`qish oldidan tahorat olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab 

uyqudan  turgach  yuvinish  Sharq  xalqlarinineg  qadimiy  qadriyatlaridan  hisoblanadi.  Bunday 

qadriyatlar  asrlar  davomida  ahloq-odob  qoidalari  doirasida  jamiyat  a`zolarining  hulq-atvoriga 

singdirib  kelinadi.  Tana  a`zolarini  pokiza  saqlash,  mash  tortish,  g`usl  qilish,  erkaklar  uchun, 

aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy xususiyatlar doirasida 

beriladi. 

Hadislardagi  gigienik  qoidalar  Muhammad  alayhissalomning  «Subhonolloh,  mo``min 

kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin etiladi. 

Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi shakllangan, fikr 

doirasi  keng,  ob`ektiv  borliq,  uning  taraqqiet  qonunlari  haqida  chuqur  bilimga  ega  bo`lishidan 

iboratdir. 



3-masala: Hadislardan foydalanish yo‘llari

Hadislar  jamiyatning  har  bir  a`zosini  bilimli  bo`lishga  chaqiradi.  Ilmsiz  jamiyatda 

nodonlik, jaholat, razolat hukmron bo`ladi. 

Bu  ilm  ikki  hil  bo`lib,  birinchisi,  musulmonlarga  har  qanday  vaziyatda  o`zini  qanday 

tutishi lozimligi haqida ma`lumot beruvchi huquqiy-diniy yo`l-yo`riqlardan iborat (fiqh). 

Ikkinchi  esa,  asrlar  davomida  vujudga  kelgan  fan,  adabiet,  madaniyat  sohasidagi  ilmlar 

majmuasi  hisoblanadi.  Har  ikkala  yo`nalishdagi  bilimlar  bilan  qurollanish  har  bir  musulmon 

uchun farz hisoblanadi. 

«Ilmga  e`tiborsizlik,  nodonlik,  aroqxo`rlik  va  zinokorlikning  ommaviy  tus  olmog`I 

qiemat alomatlaridandir». 

Diniy  va  duneviy  bilim  olish  inson  haetining  barcha  davrlarida  intensiv  amalga 

oshirilishi, «ilmga ilm olish yo`li» bilan erishilmog`i lozim. Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. 

Har  bir  kishi  eshlikdan  puxta  bilim  olishga  erishishi  zarur.  «eshlikda  olingan  bilim  toshga 

o`yilgan naqsh kabidir» (383 hadis). Ilm olish har bir kishi uchun farzdir, hatto u ibodatdan ham 

afzaldir.  Hadislarda  olg`a  surilgan  ota-onaga  nisbatan  muhabbat,  hurmat  hissi  xalq 

donishmandligi  durdonalarida,  mumtoz  adabietimizning  didaktik  xarakterdagi  namunalaridan 

Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg`u  bilig»,  Qaykovusning  «Qobusnoma»,  Sa`diyning  «Guliston», 

«Bo`ston»,  A.Jomiyning  «Bahoriston»,  A.Navoyining  «Hayratul  abror»,  «Mahbubul  qulub», 

Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning «Odob as-solihin», Olimatul Banotning «Muosharat odobi», 

Rizouddin  Ibn  Faxruddinning  «Oila»  kabi  asarlari,  shuningdek  o`zbek  adib  va  shoiralari  ijodi 

mazmuniga singdirilib yuborilgan. Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-


ukalar,  qarindoshurug`lar,  do`stlar,  o`rtoqlarga  nisbatan  mehr-muruvvat  o`zaro  hurmat, 

oqibatlilikdan iborat. 

Har qanday inson kelajak avlod uchun, jamiyat uchun foydali biron ish qilib qoldirmog`i 

lozim.  Insonning  haetdagi  o`rni  ham,  dunega  kelib-ketishdan  maqsadi  ham  uning  «tarqatgan 

ilmi,  qobil  farzandi,  meros  qoldirgan  Qur`oni,  qurgan  masjidi,  mehmonxonasi,  chiqargan  suvi, 

sog`lik  va  haetlik  paytida  qilgan  sadaqasi»  (159  hadis),  odamlarga  qilgan  yaxshiligi,  jamiyat 

taraqqietiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi. 

Haetda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmush-ning, vijdon sofligining, iymon 

butligining belgisidir. 

Hadislar  qadimiy  urf-odatlar,  an`analar,  marosimlar  va  udumlarni  avloddan-avlodga 

etkazuvchi  vosita  hisoblanadi.  To`y  marosimlarni  o`tkazish  tartiblari  va  boshqalar  haqida 

ma`lumot beradi. 

Bizning  nazarimizda,  hadislarning  qimmati,  inson  ongi  va  faoliyatini  shakllantirishdagi 

o`rni ularning mazmunini xalq og`zaki va ezma manbalar mazmuniga sngdirib borilganiligi bilan 



ham belgilanadi. 

 

 

Download 207.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling