7-Mavzu: XX asrning 60- yillari ikkinchi yarmi – 80- yillarida Sovetlar mamlakatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi yutuq va kamchiliklar


Download 32.7 Kb.
bet1/5
Sana03.10.2022
Hajmi32.7 Kb.
#829851
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida SnagIt dasturidan foydalanish, Sanoq sistemasi, AKMALXON134, mirzarahmon111, 4-СР 1624525810940, Nasos haqida umumiy malumot, 9, 5, 4-mavzu 1941-1980-yillarda muzey ishi va yodgorliklarini asrash, mo\'g\'ullar imperiyasi, tarbiya mustaqil ish, sharqda qollanilgan oy kalendarlari, qadimgi sharq tarix, Уйғониш даврининг тарих фалсафаси XIV XVI асрлар

7-Mavzu: XX asrning 60- yillari ikkinchi yarmi –
80- yillarida Sovetlar mamlakatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi yutuq va kamchiliklar



Reja:
1. XX asrning 60­–80- yillarda Sovetlar mamlakatida siyosiy jarayonlar. Stagnat­siya va inqiroz jara­yo­nining kuchayishi.
2. XX asrning 60- yillari ikkinchi yarmi – 80- yillarida Sovetlar mamlakatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ziddiyatlar.
3. Sovet-afg’on urushining bosh­la­nishi va SSSR tashqi siyosatidagi xatolar.
4. Turg’unlik yillarida O’zbekiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ziddiyatli jihatlari.


Maqsad: XX asrning 60- yillari ikkinchi yarmi –
80- yillarida sovetlar mamlakatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi yutuq va kamchiliklar, turg’unlik yillarida O’zbekiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ziddiyatli jihatlari ni tarixiy va siyosiy xarakterga ega bo’lgan manbalr hamda esdaliklar yordamida o’rganishdan iborat
.


1. XX asrning 60­–80- yillarda Sovetlar mamlakatida siyosiy jarayonlar. Stagnat­siya va inqiroz jara­yo­nining kuchayishi. 1964- yilga SSSRda hokimiyat L. I. Brejnev qo’liga o’tdi. Uning davrida iqtisodiy islohot o’tkazilishiga urinildi. Biroq bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg’ab olgan bir sharoitda bu tabiiy hol edi. Chunki, qotib qolgan, hayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura har qanday tub islohotni sotsializm asoslariga zarba deb baholardi.
U “kollektiv rahbarlik” namoyondasi rolig’a juda ham mos kelardi. Xrushchevni ag’darishga olib kelgan fitnaning’ asosiy ishtirokchilaridan biri bo’lgan Brejnev 1964- yildan partiyani boshqardi va SSSRning’ yangi kollegial siyosatini amalga oshirishda birinchi darajali rol o’ynadi. Mamlakat ichkarisidagi holatning kafolati bo’lar ekan, iqtisodiy islohotlarni o’tkazish mas’uliyatini A. N. Kosigin bilan, “to’g’ri” g’oyaviy yo’nalishni kuzatish mas’uliyatini M. Suslov bilan bo’lishib olgan Brejnev o’sha davrdag’i sovet tashqi siyosatida sezilarli shaxsiy iz qoldirdi. 1968- yildagi Chexoslovakiyag’a bostirib kirishdan keyin G’arb bilan munosabatlarda murosa yo’llarini izlash davri keladi, bu davr toki o’sha qaltis Afg’onistonga bostirib kirish qarib-qaltirab borayotgan, eskirib qotib qolgan davlatning haqiqiy qiyofasini namoyon qilgunicha davom etdi.
Brejnev hokimiyat tepasida turgan 18 yil davomida sovet hukumati Xrushchevning’ kommunizm qurish “reja”laridan voz kechib, uning o’rnig’a tashqaridan qaraganda o’sha “reja”ga nisbatan kamtaronaroq bo’lgan “rivojlangan sotsializm” konsepsiyasi tilga olina boshladi. Rahbarlarning’ fikrig’a ko’ra, SSSR o’sha davrda aynan ana shu bosqichda turardi. O’zining’ siyosiy qarashlarig’a ko’ra o’ta konservativ bo’lgan Brejnev komandasi o’z faoliyatini mamlakat iqtisodini rivojlantirish masalasiga e’tiborni kuchaytirishdan boshladi va 1965- yildan korxonalarg’a ko’proq mustaqillik berishga yo’naltirilgan bir qator islohotlar o’tkazdi. Bu islohotlar natijasida xalqning’, ayniqsa qishloq aholisining’ hayot darajasi bir qadar yuksaldi, biroq mamlakat iqtisodining’ haqiqatdan ham o’sishiga erishilgan birinchi davridan so’ng 70- yillar o’rtalarida turg’unlik belgilari paydo bo’ldi, siyosiy rahbariyatning o’zg’armasligi asosan o’z lavozim va imtiyozlarini saqlab qolish haqida qayg’urayotgan mansabdorlar qatlamining’ oshib borishig’a olib keldi. Jamiyat hayotidagi barcha sohalarda rahbarlik roliga partiyaning da’vog’arligi eng’ avvalo, ziyolilar ustidan to’liq nazorat o’rnatish g’oyasining faolligida ko’rinadi. Olamshumul davlat obrazi dissidentlik holatlari paydo bo’lishi bilan darz ketdi, dissidentlar soni judayam kam ekanligiga qaramasdan, u go’yoki, hokimiyat va jamiyat o’rtasidagi jarlikning kengayib borayotganligining ramzi edi.
1970- yildan yangi “dohiy”ni ulug’lash bo’yicha targ’ibot kampaniyasi boshlandi. Bu kampaniyaning’ shubhali muvaffaqiyati Brejnevning’ cheksiz shuhratparastligi bilan mustahkamlanardi. U to’rt marta Sovet Ittifoqi Qahramoni va Sotsialistik Mehnat Qahramoni yulduzlari bilan, faqat qo’mondonlar o’z maqomlariga ko’ra front miqyosidagi yirik g’alabalari uchungina taqdirlanadigan “G’alaba” ordeni bilan, marksizm-leninizm klassigi sifatida SSSR FAning Karl Marks nomidagi Oltin medali bilan, ko’plab sovet va chet el ordenlari bilan taqdirlangan edi. Brejnev ko’plab mansab va unvonlar egasi edi; KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari, Oliy Sovet Prezidiumining’ Raisi, Mudofaa Kengashi Raisi, Oliy Bosh qo’mondon, Sovet Ittifoqi Marshali, Lenin nomidag’i xalqaro tinchlik mukofoti laureati. Brejnevning’ ishtirokisiz professional adabiyotchilar tomonidan yozilgan uchta asar: “Kichik yer”, “Tiklanish” va “Qo’riq” uchun u adabiyot sohasida Lenin mukofoti laureati bo’ldi. Brejnevni masxarabozlikka aylanib ketish darajasida cheksiz ulug’lash partiya apparatining, KGB va harbiy qo’mondonlikning amalda to’liq hukmdorlar ekanligini yashira olmasdi. Brejnev davridag’i ichki siyosat iqtisodning harbiylashtirilishi, stalinizmni qayta tiklash uchun qo’rqa-pisa qilingan harakat, mansabdorlarning gullab-yashnashi va oddiy xalq hayotining ayanchli ahvoli, hokimiyat organlarining pastdan yuqorig’acha poraxo’rlashishi bilan belgilangan. 1968- yilda Chexoslovakiyaga sovet tanklarining kiritilishidan 1979- yilda Afg’onistonga bostirib kirishgacha bo’lgan jinoyatkorona tashqi siyosat faqatgina ichki siyosatning mantiqiy oqibati edi, xolos. Brejnevning faoliyati iqtisodda inqirozli, ‘turg’un holatlarga olib keldi, davriy favqulodda holatni vujudga keltirdi – erkin fikrlash yoki dissidentlik uning vorislariga “rivojlangan sotsializm”ning yashashga qodir emasligini va o’zgarishlar qilish zarurligini ko’rsatdi.
Uning davrida Stalinni asta-sekin oqaash uchun harakat boshlandi. Brejnev boshqaruvining keyingi davrlari adabiyotda “turg’unlik” deb nomlandi va sovet hokimiyatining umumiy inqirozi bilan, iqtisoddagi salbiy yo’nalishlar bilan, byurokratik apparatning haddan tashqari rivojlanib ketishi bilan xarakterlanadi. Ana shu davrda Brejnev og’ir kasal edi.
KPSSning kommunizm qurish rejasi barbod bo’lgach, L. I. Brejnev KPSSning XXIV s’yezdida (1971- yil) “rivojlangan sotsializm” nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig’ida rivojlangan sotsializm bosqichini bosib o’tishi lozimligi asoslandi. Hayot, vaqt bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi.
SSSRning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg’unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo’ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.
Mamlakatda “real sotsializm” inqirozi keltirib chiqargan qiyinchiliklar va salbiy holatlarni qalin o’rmonining orqasida turgan sovet oligarxiyasi ko’rishni xohlamas edi. Ko’klarga ko’tarib maqtash, ko’pdan-ko’p davlat mukofotlari bilan taqdirlash, umrining oxirigacha, ya’ni 1982- yil noyabrgacha KPSS MKning Bosh kotibi L. I. Brejnevning shaxsiga sig’inishni qo’llab-quvvatlash “real sotsializm”ning vositasi bo’lib keldi.
L. I. Brejnev haqida esa: “kul’t bor, ammo shaxs yo’q” deb aytishardi1. Ammo nomenklatura unga xos bo’lgan eskilikni yoqlash, ko’ngilchanlik va bemalollik xususiyatlarini hamda xatolarga va suiste’mol qilishlarga beparvoligini qadrlar edi. Undan keyin oligarxiyani boshqargan Y. Andropov “real sotsializm”ning lenincha hayotiyligiga zarracha shubha qilmasdi. U intizomni mustahkamlash, “sovet xalqi”ni ma’muriy-milliy birlashtirish (ruslashtirish orqali) va mamlakatni harbiylashtirish uchun jon kuydirdi. Uning qat’iyligi va jamiyatni o’rganish zaruratini tan olganligi mamlakatda o’zgarishlarni kutish sukunatini jonlantirdi, ammo u 1984- yil fevralda olamdan o’tdi. Uning vorisi K. Chernenko kasal bo’lishiga qaramay, imkoni boricha “Brejnevcha” yo’l tutdi, ammo 1985- yil martgacha ham yashay olmadi.
“Tantanali dafnlar besh yilligi”da (uchta bosh kotib) oligarxiyaning asosiy quroli – KPSS hamma narsaga qodirdek tuyulardi. Uning a’zolari soni 19 million kishini tashkil etdi. Siyosiy byuro siyosatini amalga oshiruvchi yuz minglab partiya qo’mitalari barcha sovet xo’jalik va ijtimoiy tashkilotlarini qamrab olgan edi. Ular 18 millionga yaqin turli boshqaruv tuzilmalari xodimlari faoliyatini boshqarar va keng omma jumladan kasaba uyushmalari, “ijodiy uyushmalar” va boshqa ijtimoiy tashkilotlar, hatto filaterist (marka yig’uvchi) va ovchilarning siyosiy hatti-harakatlarini ham yo’lga solib turishardi. Ommaviy axborot vositalari, kino va teatrlarda senzura hukmronlik qilardi. Radiotelealoqa, ko’paytiruvchi texnika va kompyuterlardan erkin foydalanishga yo’l qo’yilmasdi.
KPSS bor kuchi bilan hammani yorqin kelajak haqidagi xom xayollarga ishontirish, xalq va hokimiyat manfaatlari birligini uqtirib xalq faolligini oshirishga harakat qilardi: “xalq va partiya bir butundir!”. Hatto, KGB 80- yillar boshiga kelib turli huquqshunos liberallar, demokratlar, millatchilar va hokazolarni chegaralash, lager va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylash yoki mamlakatdan haydash choralarini ko’rdi va uning uddasidan chiqdi.
KPSS boshlang’ich tashkilotlari va ularning faol tarkibi “sotsializm afzalliklari”, “sotsialistik demokratiya” va “sovetcha yashash tarzi”ning ustunligi, “kommunizm quruvchisi”ni tarbiyalashni targ’ib qilishni kuchaytirar, mehnat kollektivlarini “jamiyatning asosiy yacheykasi”ga aylantirishga harakat qilardi. Ijtimoiy birlik manfaatlari uchun tenglashtirish tendensiyalarining qo’llab-quvvatlangan tadbirlari o’tkazilardi. Odamlarga, ularning butun hayoti va faoliyatining mazmuni “yorqin kelajak” uchun xizmat deb tushunishlarini uqtirardilar.
“Sovet xalqi odamlarning yangi tarixiy jamoasi” sifatida targ’ib qilindi va uning birligi uchun hukumat keng integratsiya jarayonini, millatlararo va elatlararo nikohlar va ruslashtirish siyosatini qo’llab-quvvatlar, elatlar o’rtasidagi o’ziga xoslikni hamda farqlarni kamsitib, ularning ona tilini o’rganishlarini va o’z tillarida kitoblar chop etishni qisqartirib bordi.

Download 32.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling