7 O‘zbekiston tarixi. 1-4-§


Download 368 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi368 Kb.
#1352018
  1   2
Bog'liq
1-4-mavzular


7 O‘zbekiston tarixi. 1-4-§.

1. Qadimgi Turon diyorida yuksalish qaysi davlatlar ravnaq topgan davrda boshlangan edi?


A) Eftallar davlati va Turk xoqonligi
B) Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari
C) Xorazm va Qang‘ davlatlari
D) Qang‘ davlati va Kushon podsholigi
2. Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan ...
A) dasht aholisi mahalliy me’morchilik an’analari bilan uyg'unlashib ilk o'rta asr madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynadi
B) Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg'unlashib ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi
C) Turkiy xalqlar madaniyati an’analarining qo'shilishi va ilk o'rta asrlar madaniyati ravnaqiga olib keldi
D) Xitoy va Eron tasviriy uslublari bilan uyg'unlashuvi yuz berib ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishiga ta’sir etdi
3. Аnushеrvоnning hukmrоnlik yillаrini аniqlаng
A) 459-484 yillаr B) 531-579 yillаr
C) 488-531 yillаr D) 618-630 yillar
4. V-VI аsrlаrdа ... xаlqаrо sаvdо tili vаzifаsini bаjаrgаn.
A) turk tili B) xitоy tili
C) bаqtriya tili D) so’g’d tili
5. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj nimaning natijasida ortib bordi?
A) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmand-chilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida
B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida
C) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida
D) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida
6. G’arbiy Turk xoqonligining markazini aniqlang.
A) Oltoy B) Yettisuv
C) Sharqiy Turkiston D) Toxariston
7. Eftaliylar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan to Suriyagacha Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib qoldi?
A) Turk xoqonligi B) Eron
C) Vizantiya D) Xitoy
8. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida tashkil topgan davlatlarning qaysi biri Xitoyga o’z elchilarini yuborgan?
A) Kidariylar B) Xioniylar
C) Eftaliylar D) Afrig’iylar
9. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda qay tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllandi?
A) dehqonlarning yerga ishlov berishi natijasida yirik mol-mulkka ega bo‘lib qolishi natijasida
B) nufuzga ega bo‘lgan mulkdorlar qo‘liga yangi yer maydonlarning ma’lum bir ulushining o‘tishi va vorisiy mulkiga aylanishi natijasida
C) chorvadorlarning ko‘psonli chorvalarini boqqan yerlariga ega bo‘lib qolishi natijasida
D) dehqonlarning shahar va qishloqlarda hashamatli qasr va saroylarga ega bo‘lib qolishi
10. Ilk o‘rta asrlarda kimlar to‘g‘on boshi atrofidan o‘ziga tegishli yer maydonlarini ajratib olib, suv taqsimotini nazoratga olishi natijasida qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan?
A) ixshidlar B) kashovarzlar
C) kadivarlar D) ishboshilar
11. Ilk o’rta asrlarda dehqon so’zi qanday ma’noni anglatar edi?
A) Qishloq hokimi B) Ziroatkor aholi
C) Oddiy hunarmand D) Shahar hokimi
12. Chokarlar — bu …
A) ziroatchi oddiy qo‘shchilar B) qishloq hokimi
C) harbiy posbon D) qaram dehqon
13. Milodiy III asrda zaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib qaysi davlat ajralib chiqadi?
A) Xorazm B) Xiyoniylar davlati
C) Eftaliylar davlati D) Dovon davlati
14. Qo`liga burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor haykali qayerdan topilgan?
A) Tuproqqal`a B) Anqaqal`a
C) Oybo`yirqal`a D) Jonbosqal`a
15. Toxarlar kimlarning avlodlari hisoblanadi?
A) kushonlarning B) parfiyaliklarning
C) saklarning D) massagetlarning
16. Xorazm qaysi davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan?
A) Eftaliylar va Turklar
B) Xioniylar va Vizantiya
C) Vizantiya va Eron
D) Vizantiya va Turklar
17. Kidariylar eftaliylar bilan to’qnashuvdan so’ng qayerga borib o’rnashadilar?
A) Eronga B) Xitoyga
C) Kichik Osiyoga D) Shimoliy Hindistonga
18. Quyidagi qaysi shahar Kidariylar davlatining poytaxti hisoblanadi?
A) Marv B) Balx C) Yangikent D) Naxshab
19. ”Parak” vodiysi hozirgi qaysi vodiyga to’g’ri keladi?
A) Farg’ona B) Sirdaryo C) Jizzax D) Chirchiq
20. Qaysi javobda Turk xoqonligida "qora budun" deb yuritilgan aholi qatlami keltirilgan?
A) ziroatchilar B) hunarmandlar
C) ko'chmanchi chorvadorlar D) o'troq dehqonlar
21. Ipak yo’li savdosida sosoniylar savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachilik ro’lini o’ynardi?
A) Sog’diylar B) Xorazmliklar
C) Eftaliylar D) Baqtriyaliklar
22. Eftaliylar diyorimizga qachon kirib kelishgan?
A) VI asrlarda B) IV asr oxirlarida
C) V asrlar boshlarida D) VII asr boshlarida
23. V asrda O‘zbekiston hududida barpo etilgan kanallar nomini aniqlang.
1) Ulug‘nor; 2) Shahrixonsoy; 3) Zog‘ariq;
4) Yangiariq; 5) Bo‘zsuv; 6) Darg‘om;
7) Tuyatortar.
A) 3, 5, 6 B) 1, 3, 7 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4
24. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati …
A) qishloqlarda eng nufuzli dehqonlar qo‘lida edi
B) xalq hokimiyatiga asoslangan edi
C) barcha huquqlarga ega bo‘lgan yakka hokimlikka asoslangan edi
D) urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi
25. Turk xoqonligida o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni nima deb atalgan?
A) qoon B) yabg‘u C) xoqon D) shod
26. Xaritada ko‘rsatilgan yo‘nalishda bostirib kirgan ko‘chmanchi xalqni aniqlang.

A) xioniylar B) eftallar C) toxarlar D) turklar
27. Turk xoqonligi qachon ikki qismga bo‘linib ketdi?
A) VII asrning o‘rtalarida
B) VI asrning o‘rtalarida
C) VII asrning boshlarida
D) VI asrning 80-yillari oxirlari
28. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti qaysi shaharlar bo‘lgan ?
A) Samarqand yaqinidagi Afrosiyob va Panjikent
B) Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha
C) Buxoro yaqinidagi Poykant va Romitan
D) Naxshab yaqinidagi Kesh va Narshax
29. Eftaliylar davlatining tashqi savdosida qaysi mahsulotlarning bozori chaqqon bo‘lgan?
1) ipak 2) arg‘umoq otlar 3) shirinliklar 4) lok
5) kimxob 6) bo‘yoqlar 7) kunjut
8) rangli shisha 9) qimmatbaho toshlar
10) matolar 11) qurollar
A) 2,3,4,5,6,7,8,9,10 B) 1,4,5,6,7,8,9,10,11
C) 1,2,3,4,6,8,9,10,11 D) 3,4,5,6,7,8,9,10,11
30. Xioniylar davlatining markazi qaysi hududda bo’lgan?
A) Zarafshon vohasi B) Buxoro yaqinida
C) Sirdaryo havzasi D) Shimoliy Hindiston
31. Markaziy Osiyo mintaqasi qaysi davrda jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan?
A) V-X va XIV–XV asrlarda
B) VII-XI va XIV–XV asrlarda
C) IX–XII va XIV–XV asrlarda
D) VI-XII va XV–XVI asrlarda
32. Ilk o‘rta asrda Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulola nomini aniqlang.
A) Afrig‘iylar B) Anushteginiylar
C) Kidariylar D) Sosoniylar
33. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab … tomonidan qabul qilingan.
A) Ma`muniylar B) Oltintoshiylar
C) Siyovushlar D) Anushteginiylar
34. Xorazm tarixini Afrig`iylar sulolasi nechanchi asrlarda boshqargan?
A) IV- X asrlar B) III – XI asrlar
C) IV – IX asrlar D) III- XII asrlar
35. Xorazmshohlar davlatida mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan islohot?
A) poytaxtning Katga ko`chirilishi
B) kumush tangalarning zarb etilishi
C) Turk xoqonligi bilan olib borilgan qizg`in savdo
D) dehqonlar tabaqasining shakllanishi
36. Quyidagi jadvalni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiring.

Turkiy qabila nomi

Kirib kelgan davri

Davlatining poytaxti yoki markazi


Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling