7-sinf 1-2-mavzulardan test


Download 23.49 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi23.49 Kb.
#1417422
  1   2
Bog'liq
7-sinf 1-2 mavzulardan


7-sinf 1-2-mavzulardan test
1. O`zbekiston xalqining mustaqillik bilan bog`liq barcha orzu-intilishlari, maqsad va manfaatlarini ifoda etadigan tushunchani aniqlang?
A) G`oya B) Magkura C) Qadriyat D) Milliy istiqlol g`oyasi
2. Milliy g`oyaning ma’no-mazmuni dastlab qaysi risolada keng yoritib berildi?
A) “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” B) “Milliy istiqlo g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari”
C) “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” D) “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
3. Milliy g`oyaning ma’no-mazmuni birinchi prezidentimizning qaysi asarlarida yanada boyitildi?
A) “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” B) “O`zbekiston buyuk kelajak sari”
C) “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” D) “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
4. ”Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari” fani nimani o`rgatadi?
A) Vatanni sevish, unga munosib farzand bo`lish ilmini, uning ma’naviy jihatlarini
B) Vatanni sevish, unga munosib farzand bo`lish ilmini
C) Vatanni sevish, unga munosib farzand bo`lish ilmin, mehnatsevarlik jihatlarini
D) Vatanni sevish, unga munosib farzand bo`lish ilmini, yurtparvarlik jihatlarini
5. “Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari” fani necha qismdan iborat?
A) 2 qismdan B) 3 qismdan C) 4 qismdan D) 5 qismdan
6. Xalqimiz, yurtimiz, millatimizga mansublikni anglatuvchi so`zni aniqlang?
A) qadriyat B) vatanparvar C) istiqlol D) milliy
7. Ozbekistonning munosib farzandi, haqiqiy fuqarosi bo`laman degan har bir inson, ....... , o`qishda, ishda, hayotda uning asosiy talab va mezonlarini amalga oshirishga intilib yashashi lozim. Niqtalar o`rnidagi so`zni toping?
A) tarixni D) milli qadriyatlarni C) milliy g`oyani C) milliy mafkurani
8. Mustaqillikka erishib, yangi jamiyat qurmoqchi bo`lgan xalq o`zining aniq maqsadlarini belgilab oladi. Bu maqsad nimada aks etadi?
A) tarixida D) milli qadriyatlarida C) milliy g`oyasida C) umuminsoniy qadriyatlarida
9. Milliy istiqlol g`oyasi fanining asosiy vazifasi qanday?
A) Tarixni tiklash B) mafkuraviy immunitetni yaratish
C) insonlarni ongini yangilash D) yoshlarni har taraflama yetuk va barkamol etib tarbiyalash
10. Milli istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari fanining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda qaysi fanlarning zamonaviy tushuntirish va izohlash usullaridan keng foydalanadi?
A) adabiyot, tarix, huquqshunoslik, dinshunoslik B) adabiyot, musiqa, tarix, dinshunoslik, huquqshunoslik
C) pedagogika va psixologiya D) falsafa, pedagogika va psixologiya
11. Milli istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari fanining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda qaysi ilm-fan sohalaridan keng foydalanadi?
A) adabiyot, tarix, huquqshunoslik, dinshunoslik C) adabiyot, musiqa, tarix, dinshunoslik, huquqshunoslik
C) pedagogika va psixologiya D) falsafa, pedagogika va psixologiya
12. Bir tarafga yo`nalish, nimanidir yoqlash, shunga moyil bo`lish degan ma’nolarni anglatuvchi so`zni aniqlang?
A) tamoyil B) tushuncha C) prinsip D) madaniyat
13. Narsa hodisalarning eng muhim belgi va xususiyatlarini anglatadiganso`z yoki ibora nima deyiladi?
A) tamoyil B) tushuncha C) prinsip D) madaniyat
14. Muayyan bir nazariya yoki ta’limotning asosiy qonun-qoidalarni, qarash va nuqtayi nazarni anglatuvchi so`zni aniqlang?
A) tamoyil B) tushuncha C) prinsip D) madaniyat
15. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan imzolangan “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tomoyillari” fani bo`yicha ta’lim dasturlarini yaratilishi va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to`g`risida”gi farmoyishi qachon tasdiqlangan?
A) 2000-yil 18-yanvar B) 2001-yil 18-yanvar C) 2002-yil 18-yanvar D) 2003-yil

16. Dunyodagi har bir xalqning milliy g`oyasi qanday paydo bo`ladi?


A) orzu intilishlari, qalbi, ong-u tafakkurining ifodasi sifatida
B) tarixi, davlatlarining rivojlanishi sifatida
C) ajdodlarning xayoti, madaniyatining ko`pligi natijasida D) barcha javob to`g`ri
17. Milliy g`oyaning shakllanishi uchun eng muhim tarixiy sharoitni toping?
A) tarix B) qadriyat C) mustaqillik D) tafakkur
18. Qanday mamlakatda xalq erkin va ozod, yashash, o`z oldiga buyuk maqsadlar qo`yib, ularni amalga oshirish uchun butun kuch qudrati, aql-zakovatini safarbar etish imkoniyatiga ega bo`ladi?
A) monarxiyada B) islom davlatida C) respuplikada D) mustaqil davlatda
19. Milliy g`oyamizda mujassam bo`lgan ezgu orzu-intilishlar asrlar davomida ma’lum darajada qayerda aks etib kelgan?
A) xalqimizning qalbida, uning amaliy ishlarida B) xalqimizning qalbida, uning intilishlarida
C) xalqimizning qalbida, uning tarixida D) xalqimizning qalbida, uning merosida
20. Milliy g`oyani to`liq ro`yobga chiqarish, xalqimiz, uning fidoyi farzandlari qanchalik harakat qilmasin oxiriga yetmasdan qolishiga nima sabab bo`lgan?
A) ziyoli shaxslarning kamligi tufayli B) yetarli qonunlarning qabul qilinmaganligi tufayli
C) yetarli tarixiy sharoit bo`lmagani tufayli D) xorij mamalakatlari bilan aloqalar bo`lmaganligi tufayli
21. XX asr boshlarida jadidlar qanday qilib Vatanimizni ravnaq toptirish, xalqimiz hayotini obod va farovon qilishga intilgan edilar?
A) ilm-ma’rifat tarqatish B) yangi usuldagi maktablar joriy etish
C) kutubxonalar, teatrlar ochish, gazeta-jurnallar tashkil etish D) A, B, C
22. Jadidlarning harakatlarining oxiriga yetmasligining sababini aniqlang?
A) ziyoli shaxslarning kamligi tufayli B) yetarli qonunlarning qabul qilinmaganligi tufayli
C) yetarli tarixiy sharoit bo`lmagani tufayli D) xorij mamalakatlari bilan aloqalar bo`lmaganligi tufayli
23. Islom Karimov O`zbekiston rahbari sifatida qachon ish boshlaganlar?
A) 1988-yil 23-iyun B) 1989-yil 23-iyun C) 1990-yil 23-iyun D) 1991-yil 23-iyun
24. 1989-yilning qaysi oyida Farg`ona viloyatida janjal-to`polonlar boshlanib, yurtimizda o`ta og`ir vaziyat vujudga keldi?
A) Mart B) Aprel C) May D) Iyun
25. O`zbekiston birinchi prezidentining respublika miqiyosida o`tkazilgan katta majlisdagi birinchi nutqini toping?
A) “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida” B) “O`zbekiston tarixini qaytadan tiklash zarur”
C) “O`zbekiston xalqining milliy g`oyasi va ma’naviyatini qaytadan ishlab chiqish zarurligi”
D) “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o`zi yo`l qo`ymaydi”
26. Bizning davlatchiligimiz necha yillik tarixga ega?
A) ikki ming yillik B) uch ming yillik C) to`rt ming yillik D) besh ming yillik
27. illiy davlatchilikka, uning boy tajriba va an’analariga asoslanib, shu bilan birga, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olib, yurtimizda qanday jamiyat barpo etishga kirishdik?
A) huquqiy demokratik B) fuqarolik jamiyati C) respublika D) A va B
28. ”Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” risolasi qachon chop etildi?
A) 2000-yilda B) 2001-yilda C) 2002-yilda D) 2003-yilda
29. Milliy g`oyamiz qacho yaxlit tizim bo`lib shakllandi?
A) IX-XII asrlarda B) temuriylar davrida C) jadidlar harakati davrida D) mustaqillik davrida
30. Birinchi prezidentimizning „Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari qachon nashr etilgan?
A) 2005-yil B) 2006-yil C) 2007-yil D) 2008-yil

Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling