7-sinf. Ona tili va adabiyotdan blok test uchun I chorak Olinma so’zlar qatorini toping


Download 17.32 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi17.32 Kb.
#1270561
Bog'liq
7-sinf uchun test


7-sinf.Ona tili va adabiyotdan blok test uchun I chorak
1.Olinma so’zlar qatorini toping
A)to’p,tuz B)suv,ko’l C)telegram,telefon D)shamol,daryo
2.Smartfon,planshet va noutbuklar hayotimiz… ajralmas qismi… aylanib ulgurdi.Nuqtalar o’rniga tegishli qo’shimchalar qatorini toping.
A)-ning, -ga B)-ni, -da C)-ning, -da D)-da, -dan
3.Osmon so’zining ma’nodoshlarini toping.
A)yulduz, oy B)fazo, falak C)quyosh, samo D)oftob, kun
4.Tovush tushishi hodisasi kuzatilgan so’zlar qatorini toping.
A)ikkala, susay B)angla,yasha C)issiq, achchiq D)qaynoq, ata
5.Dunyoda go’zal joylar ko’p.Mol-dunyo o’tkinchidir.Ushbu gaplarda dunyo so’zi qanday soz?
A)shakldosh B)ma’nodosh C)paronim D)antonym
6.”Har kim ekkanini o’radi” maqoli qaysi matn mazmuniga mos?
A)”Qahramonlar nega kerak?” B)”Sun’iy intellekt” C)”Yo’lchi yulduz” D)”Chumchuqlarga qiron keltirgan Xitoy”
7.Hozirgi kunda sun’iy intellekt qaysi qurilmalarda bor?
A)telefonda B)kir yuvish mashinasida C)muzlatkichda D)A,B,C javoblar
8.Tovush almashishi kuzatilga so’z qatorini toping.
A)issiq B)achchiq C)angla D)unga
9.S.Zunnunovaning ilk she’riy to’plami qanday nomlangan?
A)”Paxta fronti” B)”Qizingiz yozdi” C)”Salom senga” D)”Gullar vodiysi
10.Adabiyot o’qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida adabiyotga mehr qo’ygan ijodkor?
A)Hamza B)Muqimiy C)A.Avloniy D)Shuhrat
11.”Ona va farzand”,”Jamila”,”Raymonda”asarlarini bog’lab turuvchi fikr qaysi javobda berilgan?
A)bolalar obrazi asosiy o’rinda turadi B)chet eldagi o’zbeklar hayoti tasvirlangan C)janggohlardagi urush manzarasi D)qatag’on davri aks etgan
12.O’z soyasi bilan do’st tutingan daraxt haqida she’r yozgan ijodkor?
A)Shuhrat B)A.Muxtor C)Hamza D)R.Hamzatov
13.R.Hamzatov necha yoshidan o’qituvchi,artist,muxbirbo’lib ishlagan?
A)13 B)14 C)18 D)20
14.Qaysi shoir o’z she’rlaridan birida ikki akaning urushdan qaytmaganligini aytadi?
A)A.Muxtor B)Zulfiya C)Shuhrat D)R.Hamzatov
15.To’qqiz marta takrorlangan “qon yig’ladi” birikmasi qaysi ijodkor ijodida uchraydi?
A)A.Muxtor B)Shuhrat C)Mirmuhsin D)R.Hamzatov
1. C 2. A 3. B 4.A 5. A 6. D 7. D 8. C 9. B 10. D 11. A 12. B 13. C 14. D 15. B

7-sinf blok test ona tili va adabiyot. II chorak


1.Tartib son qatnashgan gap qatorini toping.
A)Dadam bozordan to’rt kg olma olib keldilar B)Ukam bir dona banan yedi C)Saida to’qqiz yoshga to’ldi D)Biz yettinchi sinfda o’qiymiz
2.Biror narsaning aniq o’lchovga ega miqdori…
A)doza B)tavsif C)modda D)preparat
3.”Vitamin C”matni asosida berilgan xulosalarning qay biri noto’g’ri?
A)preparatni shifokor retseptisiz olish mumkin B)preparatni shifokor retseptisiz qabul qilish mumkin
C)C vitamin organizmga faqat ovqat bilan kiradi D)preparatni qabul qilish muddatini shifokor belgilaydi
4.Sodda sifatlar qatorini toping
A)sersuv,qizil B)kamquvvat,tuzli C)shifobaxsh,turli-tuman D)achchiq,katta-katta
5.Qo’shma sifat qatnashgan gap qatorini toping
A)Asalarilar gulag qo’nishdi. B)Otboqar otlarga xashak tashladi C)Odob kishining qimmatbaho libosidir.
D)Sayroqi qushlar bog’da sayrashdi
6.IKki yoki undan ortiq kishining o’rtasidagi suhbat…
A)dialog B)monolog C)matn D)kelishuv
7.So’zlarni bir-biriga bog’lash uchunxizmat qiladigan birliklar nima deyiladi?
A)ko’makchi B)bog’lovchi C)yuklama D)dialog
8.Qaysi kasblarni robotlar hech qachon egallay olmaydi?
A)shifokor B)o’qituvchi C)murabbiy D)A,B,C
9.Biror hududda hayvonlarning o’ta xavfli va yuqumli kasalliklari tarqalishi nima ?
A)epizootiya B)biologik chiqindi C)veterinary osoyishtalik D)ozuqabop qo’shimchalar
10.Shunday kasblar borki,qanchalar muhim va ahamiyatli bo’lmasin,ko’pchilik pisand qilmaydi .Buqaysi kasb bo’lishi mumkin?
A)o’qituvchilik B)shofyorlik C)veterinarlik D)quruvchilik
11.Santyago qaysi asar qahramoni?
A)”Chol va dengiz” B)”Lobo” C)”Oqbo’yin” D)”Alvido,qurol”
12.”Gumbazdagi nur”asaridagi bolaning ismi?
A)Bilol B)Temur C)Muhammad D)Ali
13.”Go’ri Amir” maqbarasi qayerda joylashgan?
A)Buxoroda B)Xorazmda C)Samarqandda D)Shahrisabzda
14.Onasi aytib bergan xalq qo’shiqlari,naql-u hikoyatlar tufayli adabiyotga mehr qo’ygan ijodkor kim?
A)Hamza B)Sirojiddin Sayyid C)Normurod Norqobilov D)A.Muxtor
15.Zamonaviy o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri , shoir,yozuvchi va rassom deb e’tirof etilgan ijodkor kim?
A)Nabi Jaloliddin B)Sirojiddin Sayyid C)Normurod Norqobilov D)A.Muxtor
K A L I T
1.D 2.A 3.D 4.A 5.C 6.A 7.B 8.D 9.A 10.C 11.A 12.B 13.C 14.B 15.A
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling