7-sinf O'zbekiston tarixi darsiligidan


Download 20.62 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi20.62 Kb.
#1156619
Bog'liq
7-sinf. O\'.T. Kirish va I Bob asosida. 1-Variant


7-sinf O'ZBEKISTON TARIXI darsiligidan
T E S T
Kirish va I Bob asosida
1-Variant

  1. O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan quyidagi davlatlardan qaysi biri 120 yildan oshiqroq faoliyat yuritgan?

    1. Kidariylar davlati b) Xioniylar davlati c) Eftaliylar davlati d) G'arbiy turk xoqonligi



  1. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

Ilk o'rta asrlar ganchkorlik san'atining nodir yodgorligi namunalari … topilmalari orqali tadqiq etilgan.

    1. Afrosiyob b) Poykand c) Panjikent d) Varaxsha



  1. Ayrim manbalarga qaraganda «Xorazmshohlar» unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan?

    1. anushteginiylar b) afrig'iylar c) sosoniylar d) siyovushlar



  1. O'rta Osiyo shishasi qaysi jihatlari bilan Vizantiya shishasidan ustun turgan?

  1. xilma-xilligi; 2. yarqiroqligi; 3. hashamati; 4. tiniqligi; 5. rangdorligi; 6. puxtaligi.

    1. 1, 2 , 4, 5 b) 2, 4, 5 c) 1, 5, 6 d) 1, 2, 5, 6



  1. Qishloq jamoalari yerlarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo'lgan erkin ziroatchilar tabaqasini aniqlang.

    1. dehqonlar b) kashovarzlar c) kadivarlar d) dehqonlar



  1. VII asrning birinchi choragida G'arbiy turk xoqonligining sharqiy chegarasi qaysi hududga borib yetgan?

    1. Oltoyga b) Hind daryosi bo'ylariga c) O'rta Sharqqa d) Urxun havzasiga



  1. Noto'g'ri javobni aniqlang.

    1. Sug'diylar dehqonchilik va bog'dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor bo'lgan;

    2. Shahar ilk o'rta asrlardan boshlab hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylangan;

    3. Eftallar o't (olov) va quyoshga sig'inuvchi otashparast bo'lganlar;

    4. Turk xoqonligida hukmdorning hokimiyati harbiy-ma'muriy udumlarga tayangan urug'-aymoq boshqaruviga asoslangan;



  1. Toxariston nechta tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat bo'lgan?

    1. 25 ta b) 26 ta c) 27 ta d) 29 ta



  1. Atamalarni ularning ta'riflarini bilan moslashtiring.

  1. ko'handiz; 2. rabot; 3. shahriston.

    1. shaharning tashqi mavzesi; B. shaharning hokim qasri joylashgan qismi (ark); C. shaharning ichki qismi.

    1. 1-C, 2-B, 3-A b) 1-A, 2-B, 3-D c) 1-B, 2-A, 3-C d) 1-B, 2-C 3-B




  1. Qaysi davrda G'arbiy turk xoqonligi tomonidan Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchilari kiyuborilgan?

    1. VII asrning birinchi choragida b) VII asrning birinchi yarmida c) VII asrning ikkinchi yarmida d) VII asrning so'nggi choragida



  1. 555-yilda sodir bo'lgan voqeani aniqlang.

    1. Turk askarlari tomonidan Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg'ol qilindi;

    2. Turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarni egallaganlar;

    3. Turk xoqonligi tomonidan Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo'ysundirilgan;

    4. Qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag'oniyonni eftallardan tortib olganlar.



  1. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaro havzalarida nechta voha hokimliklari mavjud edi?

    1. o'ndan ortiq b) o'nga yaqin c) yigirmaga yaqin d) yigirmadan ortiq



  1. Farg'ona hukmdorlari nima deb atalgan?

    1. dehqon b) tudun c) yabg'u d) ixshid



  1. VI-VII asrlarda Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar nima uchun kamdan-kam hollarda qog'ozga bitilgan?

    1. qog'oz juda kamyobligi uchun b) qog'ozdagi bitiklarning tezda sifati buzilganligi uchun c) qog'ozning bahosi nihoyatda balandligi uchun d) qog'oz boshqa mamlakatlardan keltirilganligi uchun



  1. Kidariylar davlati Shimoliy Hindistonda necha yil hukm surgan?

    1. 70 yil b) 73 yil c) 75 yil d) 78 yil



  1. Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga bag'ishlab 2014-yilning 15 – 16 may kunlari Samarqandda o'tkazilgan xalqaro konferensiyada nechta mamlakatdan sharqshunos olimlar, mufuzli xalqaro tashkilot vakillari, ilmiy markazlar mutaxassislari ishtirok etgan?

    1. qirqdan ortiq b) ellikka yaqin c) yetmishdan ortiq d) yuzga yaqin



  1. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxt(lar)ini aniqlang.

    1. Balx b) Poykand va Varaxsha c) Buxoro va Samarqand d) Buxoro va Poykand



  1. 585-586 yillarda Buxoroda yuz bergan qo'zg'olonga boshchilik qilgan Abruyning kelib chiqishini aniqlang.

    1. mulkdor tabaqaga mansub bo'lgan b) xoqon xonadoniga mansub bo'lgan c) chokarlardan chiqqan b) boy savdogarning o'g'li bo'lgan



  1. Qaysi yozuv biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat bo'lgan?

    1. turkiy run xati b) toxar yozuvi c) sug'd yozuvi d) oromiy yozuvi



  1. Xorazmning afrig'iy shohlari kumush tangalar zarb etganlaridan necha yil o'tib eftallarga qarshi bo'lgan urush sosoniylar shohi Pero'zning halokati bilan tugagan?

    1. 179 yil b) 181 yil c) 151 d) 258



  1. Toxarlar Sirdaryo va Amudaryo havzasiga qaysi hududlar orqali kirib kelgan?

    1. Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali b) Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston orqali c) Zarafshon va Qashqadaryo vohalari orqali d) Orol va Kaspiy dengizi orqali



  1. Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg'om kanali nechanchi asrda barpo etilgan?

    1. III asrda b) IV asrda c) V asrda b) VI asrda



  1. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

O'rta asrlarda yashagan arab mualliflari (… va …) qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi bo'lgan.

    1. Narshaxiy va Ishtaxriy b) Narshaxiy va Ibn Xavqal c) Ishtaxriy va Ibn Arabshoh d) Ishtaxriy va Ibn Xavqal



  1. Quyidagi atamalardan qaysi biri ma'muriyat degan ma'noni ham anglatadi?

    1. yasoq b) arkon c) shod d) ark



  1. To'g'ri javobni aniqlang.

    1. Eftallar davlati qulagach, Eron o'z chegarasini shimoli-sharqqa tomon kengaytirib olgan;

    2. G'arbiy turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirida ikkiga bo'linib ketgan;

    3. Toxariston Hinndiston, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o'rnatgan;

    4. Birgina Samarqand shahrida usta-hunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg'u asboblari yasalgan.



  1. Turk xoqonligini tobora zaiflashtira borgan omilni aniqlang.

    1. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilganliklari;

    2. Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi;

    3. Ko'chmanchi qabilalar hujumlari;

    4. Vizantiya , Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat.



  1. Sug'd ixshidlari – voha hukmdorlari ittifoqida Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan qaysi vohalarning o'n bitta yirik mulklari birlashgan edi?

    1. Samarqand, Buxoro va Kesh b) Samarqand, Naxshab va Kesh c) Kesh, Naxshab va Buxoro d) Samarqand, Buxoro, Naxshab va Kesh



  1. Sug'dda o'g'il bolalar necha yoshga to'lgach, yozuv va hisobga o'rgatilgan?

    1. 5 b) 6 c) 7 d) 8



  1. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval kimlarning kumush tangalaridan keng foydalanganlar?

    1. mahalliy hokimlarning b) afrig'iy shohlarning c) sosoniy hukmdorlarning d) turk xoqonlarining



  1. Qo'lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanga qayerdan topilgan?

    1. Ajinatepadan b) Anqaqal'adan c) Tuproqqal'adan d) Bolaliktepadan

1-Variant javoblari:


1-B 2-D 3-D 4-B 5-B 6-A 7-D 8-C 9-C 10-D 11-B 12-A 13-D 14-C 15-C 16-B 17-B 18-B 19-A 20-A 21-A 22-C 23-D 24-B 25-A 26-B 27-A 28-A 29-C 30-B
Download 20.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling