7-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan test savollari


Download 61.5 Kb.
Sana06.11.2020
Hajmi61.5 Kb.
#141444
Bog'liq
7-синф тест


7-SINF UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST SAVOLLARI


  1. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?

  1. Gumon ma’nosini ifodalaydi

  2. Shaxs, narsa, belgini jamlab keladi

  3. Narsalarning so’rog’ini ifodalaydi

  4. Narsalarni ko’rsatib keladi




  1. -man, -san, -dir qo’shimchalari hamda bo’lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so’zlariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?

  1. Ismlarni kesimga xoslovchi shakllari

  2. Shaxs-son qo’shimchalari

  3. To’liqsiz fe’llar

  4. Turlovchi qo’shimchalar




  1. Men-ku bu haqda o’ylab ko’rdim. Sin-chi?

Ushbu gapda yuklamalarning qaysi turlari ishlatilgan?

  1. Kuchaytiruv-ta’kid, so’roq yuklamalari

  2. So’roq, ta’jjub yuklamalari

  3. Ayiruv-chegaralov yuklamalari

  4. So’roq yuklamalari




  1. Qo’shma olmoshlar to’liq berilgan qatorni toping.

  1. Kimdir, nimadir, qaysidir

  2. Har qanday, mana shu, hech bir

  3. Har nima, qayerdadir, o’z

  4. Biz, hamma, barcha




  1. Olmoshning qaysi turida kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchasining bo’lishi shart?

  1. Kishilik olmoshi

  2. O’zlik olmoshi

  3. Ko’rsatish olmoshi

  4. So’roq olmoshi




  1. Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llanilgan?

  1. Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat berdi.

  2. Gullarning ko’pi pushti rang. Ana shu rang menga juda yoqadi.

  3. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi.

  4. Olovuddin toshni o’n marta ko’tardi. Men ham shunday ko’tarishni orzu qilaman.




  1. -alla yoki -dir kabi qo’shimchalarni qo’shish yo’li bilan qaysi olmoshhosil bo’ladi?

  1. Belgilash olmoshlari

  2. Gumon olmoshlari

  3. Bo’lishsizlik olmoshlari

  4. Kishilik olmoshlari




  1. Qaysi gapda tupdan ajratilgan shaxni ifodalagan olmosh qo’llanilgan?

  1. Rostini aytsam o’zim ham unchalik yomon bola emasman (X.To’xtaboyev)

  2. Kim ko’p o’qisa uko’p biladi.

  3. Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman.

  4. Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir.




  1. Ismlarning ko’plik, kichiklashtirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalarga ega bo’lgam shakli qanday shakl hisoblanadi?

  1. Lug’aviy shakli

  2. Egalik shakli

  3. Kelishik shakli

  4. Bog’lamalar




  1. Tushum kelishigi shaklini olgan so’z doimo qaysi fe’lga bog’lanadi?

  1. O’timli fe’lga

  2. O’timsiz fe’lga

  3. Bo’lishli fe’lga

  4. Bo’lishsiz fe’lga




  1. Qaysi qatordagi qo’shimchalar yangi so’z hosil qilmaydi?

  1. –ga, -da, -dan

  2. –chi, -dosh, -kor

  3. –la, -illa, -a

  4. –zor, -iston, -loq




  1. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so’zlar qanday so’zlar hisoblanadi?

  1. Ko’makchilar

  2. Bog’lovchilar

  3. Yuklamalar

  4. Undov so’zlar




  1. Qaysi javobda kelishik qo’shimchalari qismni ifodalaydi?

  1. Tushum kelishigi

  2. Junalish kelishigi

  3. O’rin-payt kelishigi

  4. Chiqish kelishigi




  1. Qaysi qatorda Asqad Muxtor romanlari berilgan?

  1. “To’g’ilish”, “Chinor”

  2. “Bir davr mening taqdirimda”, “Kumush tola”

  3. “Amu”, “Quyosh belanchagi”

  4. “Opa singillar”, “Karvon qo’ng’irog’i”




  1. Qay tarzda yaratilganligi va kishilik xotirasida qaysi shaklda saqlanib qolganligiga ko’ra badiiy adabiyot qanday turlarga ajratiladi?

  1. Og’zaki va yozma adabiyot

  2. Lirik, epik, dramatik tur

  3. Badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot

  4. Mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiyot




  1. Saida Zunnunovaning “Buvilar duoga qo’llarin ochib” she’rida “Boshi toshdan bo’lsin jigarlaringizning, ammo tosh o’lmasin ko’ksidagi yurak” satrlaridan kelib chiqadigan ma’noni ayting.

  1. Boshi toshday qattiq bo’lsin-u, ammo yuragi toshday bo’lmasin, odamlarni tushunadigan, ularni avaylaydigan bo’lsin.

  2. Yurakdagi tosh kassalik keltiradi.

  3. Boshi toshdan bo’lgan odam gapga tushunmaydi.

  4. Bunday odamga gap ta’sir qilmaydi.




  1. Shuhratning qaysi asarida sho’ro tuzimining eng adolatsiz, eng chirkin bosqichi bo’lmish qatag’on davri mahorat bilan aks ettirilgan?

  1. Mashrab

  2. Oltin zanglamas

  3. Farzand

  4. Orzu va qasos




  1. “Memor” asari qahramonlari yo’l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishadi?

  1. Seldan

  2. Zilziladan

  3. Girdobdan

  4. Chaqmoqdan




  1. “Mehr va suhayil” hikoyasida Jobir dengizda kemalar ko’ringanidan qanday habar topadi?

  1. Didbonlar orqali

  2. O’zi kuzatib yuboradi

  3. O’rgatilgan qushlar habar berdi

  4. Kemadagi josuslar orqali




  1. Alisher Navoiyning :Mehr va suhayil” asarida Jobir qo’lida asira bo’lib turgan mehr suhayil ishqida nolayu zor bo’lib bog’ni aylanib yuradi. Bu bog’da xilma-xil daraxtlar ko’p, ammo bir guldan bulak gul yo’q edi. Bugunning nomi qaysi javobda ko’rsatilgan?

  1. Atirgul

  2. Binafsha

  3. Nilufar

  4. Lola




  1. Quyidagi qaysi asarda nomi “quyosh”, “jabr yetkazuchi” ma’nolarini bildiruvchi personajlar ishtirok etadi?

  1. Alisher Navoiy “Mehr va suhayil”

  2. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”

  3. “Kun tug’mish” dostoni

  4. “Gulhaniy zarbo’lmasal”




  1. Ravshanbekka xosiyatli uzukni kim beradi?

  2. “Oq kema” asarida qaysi o’simlik ertalab quyoshni hammadan ortiq yayrab qarshi oladi deb tasvirlanadi

  3. Egalik qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar sirasiga kiradi?

  4. O’rin-payt kelishigidagi so’z qanday gap bo’lagi vazifasida keladi?

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling