Talabaning FISh: _Almosova Shahnoza Sobirovna
1-Savol: V misolda keltirilgan keyslar I-IV misollardagi keyslardan nima bilan farq qiladi?
Javob: I-IV misollardagi keyslar Intellektual mulk qiymatining ko’chishi, ya’ni huquqiy muhofazaning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tkazilgan(masalan, I keysdagi aspirinning bozordagi rolini saqlab qolish uchun patent muddati o’tgach uning Tovar belgisi sifatida foydalanilishi, II keysdagi dori vositasining aqlli reklama strategiyasi, III keysdagi NutraSweetning samarali marketing strategiyasi va IV keysdagi Walt Disneyning har bir mult personajni mualliflik huquqi asosida himoyalashi ) holatlaridan farqli ravishda Janubiy Afrikalik Solomon Lindaning muddati o’tib ketgan mualliflik huquqlari hujum strategiyasi yordamida Walt Disneyga sanksiyalar qo’yish orqali tiklanganini kuzatish mumkin.
2-Savol VI misolda keltirilgan keysda ko’rsatilgan qiymat o’tish I-V misollardan muhim farqga ega. Bu qanday farq?
Javob: VI misolda Tovar kelib chiqqan joy nomi asosida huquqiy muhofaza qilinadigan tekila mahsuloti Meksikaning faqatgina 5 ta shtatida bu mahsulot ishlab chiqarilishida xom-ashyo hisoblanuvchi kaktussimon o’simlik o’stiriladigan hududlarda tayyorlangan ichimliklarga, keyinchalik esa idishining maxsus dizaynida bir necha Meksika qahramonlari tasvirlari tushirilgan mahsulotlarga berilgan.
3-Savol: I-V keyslarda keltirilgan misollarda IM huquqi boshqarish strategiyalarini izohlab bering. Keyslarning qaysi birida IMning himoya strategiyasi, qaysi birida hujum strategiyasi qo’llangan?
Javob: I keysdagi aspirinning bozordagi rolini saqlab qolish uchun patent muddati o’tgach uning Tovar belgisi sifatida foydalanilishi – shiddatli innovatsiya holatidagi hujum strategiyasi
II keysdagi dori vositasining aqlli reklama strategiyasi –himoya strategiyasi
III keysdagi NutraSweetning samarali marketing strategiyasi – hujum strategiyasi
IV keysdagi Walt Disneyning har bir mult personajni mualliflik huquqi asosida himoyalashi – himoya strategiyasi
V keysdagi muddati o’tib ketgan mualliflik huquqlari sanksiyalar qo’yish orqali tiklangani - hujum strategiyasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |