72I-20 guruh talabasi Egamnazarov Ozodbekning Industrial iqtisodiyot fanidan “Ko’mir sanoatini o’rganish” mavzusidagi mustaqil ishi


Download 136.47 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi136.47 Kb.
#1058263
Bog'liq
ozodbek M.ish

72I-20 guruh talabasi Egamnazarov Ozodbekning Industrial iqtisodiyot fanidan “Ko’mir sanoatini o’rganish” mavzusidagi mustaqil ishi

  • Koʻmir sanoati — yoqilgʻi sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri. Ko’mir sanoati koʻmirni qazib olish (ayrim holdarda boyitish, briketlash) va isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Ko’mir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi. Ko’mir konlari chuqurda joylashgan boʻlsa, u yopiq (shaxta) usulida qazib olinadi. Hozirgi paytda koʻmirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qoʻllanilmoqsa. Koʻp holdarda koʻmir yer tagida toʻgʻridantoʻgʻri gazga aylantirish yoʻli bilan isteʼmolchilarga bevosita quvurlar orqali uzatiladi"
  • Jahondagi 60 mamlakatda koʻmir qazib chiqariladi (qarang [[Kumir konlari). Koʻmirning 90% qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, uning faqat 10% eksport qilinadi. Koʻp miqdorda koʻmir eksport qiladigan davlatlar qatoriga AQSH, Avstraliya, JAR, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa kiradi. Dunyoda jami qazib olinayotgan 5 mlrd. t koʻmirning 1 mlrd. t dan ortigʻi qoʻngʻir koʻmirdir. Qoʻngʻir koʻmirning yirik konlari Rossiya, Qozogʻiston, Polsha, AQSH (gʻarbiy qismida), Xitoy va boshqa mamlakatlarda joylashgan. Ulkan qoʻngʻir koʻmir konlar: Kansk — Achinsk, Moskva ostonasi, Chelyabinsk (Rossiya), Ekibas-tuz (Qozogʻiston), Yuqori Sileziya (Polsha), Leypsig (Germaniya) va boshqa Bu konlarning har birida 100 mlrd. dan to bir necha trln. tonnagacha koʻmir zahiralari mavjud.
  • Shargʻun va Boysun Koʻmir konlarida yiliga 80 va 10 ming t toshkoʻmir qazib olinmokda. Bu koʻmir metallurgiyada koks urniga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari koʻp yillar mobaynida foydalanishni taʼminlaydi. Angren va Boysun Koʻmir konlarida olingan koʻmirdan aktiv koʻmir ishlab chiqarish muljallangan.
  • Koʻmirni qazib olishda bir qancha muammolar mavjud. Ulardan eng muhimi — atrof muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish. Koʻmirni, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda puch togʻ jinslaridan juda koʻp miqdorda toʻkmalar, sunʼiy tepaliklar hosil boʻladi. Toʻkmalar tarkibidagi koʻmir qoldiqlari oʻz-oʻzidan yonish holdari boʻlib turadi, tuproq tarkibi oʻzgaradi. Yangi fan tarmogʻi — konchilik ekologiyasi hozirgi vaqtda landshaft rekultivatsiyasi muammolarini urganmokda.
  • Agar yer yuzasida koʻl, daryo yoki aholi yashaydigan joy boʻlsa, oʻsha maydonda foydali qazilma olinmasdan qoldiriladi. Amalda suv havzasini quritish yoki aholi yashaydigan joyni koʻchirish holdari ham uchraydi. Mac, Ohangaron daryosi loyihalashtirilgan karyer maydonini kesib utganligi tufayli daryo suvi konning jan. tomonidan oʻz. 5,5 km li tonnel orqali oʻtkazildi. Angren razreziga toʻgʻri kelgan eski qishloq xonadonlari ham koʻchiriladi.
  • Oʻzbekistonda foydalanishga topshirilmagan, lekin hisobga olingan va sanoat ahamiyatga ega Koʻmir konlari mavjud. Mas, Oltinsoy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha boʻlib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Shargʻundan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0—10,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. t miqdorida baholangan. Fargʻona viloyatida qalinligi 2–6 m boʻlgan 2 katlamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi — 84 mln. t.
  • Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ko’mir sanoati nafaqat davlat balki dunyo bo’yicha ham katta ahamiyatga ega. Chunki ko’pgina sanoat tarmoqlarini energiya bilan ta’minlaydi va inson ehtiyojlari uchun ham juda kerakli mahsulot hisoblanadi.O’zbekistonda ko’mirni qazib olishda albatta tabiatga zarar keltirmaydigan, ekologiyani o’ylagan holda qazib olish shart. Qazib olish jarayonida albatta inson omili ham ishtirok etadi. Ishchilarni havfsizligi o’ylagan holda ish olib borish kerak. Chet eldan ko’p ko’mir qazib oladigan va mahsulot sifatiga zarar keltirmaydigan texnika-texnologiyalarni olib kelishimiz shart. Undan keyin o’zimizda qayta ishlab, o’zimizni ehtiyojimizga qoniqarli qismini olib qolib qolgan qismini boshqa davlatlarga eksport qilishimiz kerak

Download 136.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling