8- mavzu: Boshqaruv va yetakchilik


Download 164.27 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2020
Hajmi164.27 Kb.
#106128
  1   2   3
Bog'liq
2 5287290971157954580


8- Mavzu: Boshqaruv va yetakchilik

Menejment funktsiyalari va turlari

Etakchilik

Etik menejment


Menejment funktsiyalari va turlari
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lygʻaviy maʻnosi toʻgʻpisida ikki ogʻiz soʻz.

Fynktsiya” - bu lotincha soʻz boʻlib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan maʻnolarni bildiradi.

Vazifa” - bu amalga oshipilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan masala, erishilishi lozim boʻlgan, koʻzda tytilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumysh, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.

“Funktsiya” tyshynchasi “vazifa” tyshynchasiga nisbatan torroq maʻnoga ega. Zero, funktsiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida ham boʻlishi mumkin.

Boshqarish fynktsiyasi deganda, u yoki bu obʻektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qapatilgan bir typdagi ishlar majmui tyshyniladi.

Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻpi tashkil qilishning myhim shartidir.

Boshqaruv fuiktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:

loyihalash;

konstruktorlik;

rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.

Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, yaʻni:

mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;

mehnat normalari, materiallar sarfini belgilash;

asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.

Ishla6 chiqarish jarayonini boshlash va uni yzlyksiz davom ettirish uchun:

ishlab chiqarish vositalari, texnika;

xom ashyo;

energiya;

transport kabi moddiy taʻminot vositalari zarur.

Shundan keyin:

kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish;

mehnatni tashkil qilish;

ishlab chiqarishga xizmat krsatish kabi bir qatop tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.

Koʻrinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻlayapti. Zero:

Fynktsiyalar faoliyat turlarini, subʻektning boshqarish obʻektiga aniq taʻsir qilish yoʻnalishini aks ettipadi.

Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining oʻzi ham boʻlishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning koʻlamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun myhim asos boʻlib hisoblanadi.



Boshqarish fynktsiyalari - koʻp qirrali tyshyncha. Shu sababli ularni myhim belgilar boʻyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tygʻiladi (6-chizma).



1-chizma. Boshqaruv fynktsiyalarining tasnifi.
Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida taʻkidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi.

Farb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:

rejalashtirish;

tashkil qilish;

tartibga solish va muvofiqlashtirish;

nazorat;

ragʻbatlantirish (motivlashtirish).

Bu funktsiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi (2-chizma).




2-chizma. Boshqarish fynktsiyalarini amalga oshipishdagi ketma-ketlik.

Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni ragʻbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida oʻz aksini topadi.

Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mytaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, , shuningdek,, boshqaruvning hamma tomonlarini qampagan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham boʻyiga (vertikal), ham eniga (gorizontal) qampab oladi.

Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy Farb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam boʻlmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:

asosiy ishlab chuqarushnu boshqarush;

qoʻshimcha ishlab chuqarushni boshqarish;

ishlab chiqarushga xuzmat qiluvchu ishlab chuqarishnu boshqarish;

marketingni boshqarish;

moliyaviy boshqarish;

sifatni boshqarish;

mehnatni boshqarish;

xodimlarni boshqarish;

innovatsiyani boshqarish va hokazo.

Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi.

Boshqarishning yuqorida sanab oʻtilgan asosiy funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim oʻrin tytishi zarur boʻlganligi tufayli ularni mufassal koʻpib chiqamiz (1-jadval).

1-jadval

Boshqarishning asosiy funktsiyalari




Asosiy funktsiyalar

Funktsiyalarniig mazmuni va oʻrni

1.

Rejalash-tirish

Boshqarishning asosiy va dastlabki funktsiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.

Bu rejada:

boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi;

vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi;

xalq xoʻjaligi boʻgʻinlarining oʻzaro aloqalari oʻrnatiladi.

Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shyndaki, bunda hap bir boshqaruv xodimi oʻzining shaxsiy ishini rejalashtiradi, oʻz ish joyidagi faoliyati koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini nazorat qilishni uyushtiradi.



2.

Tashkil qilish

Bu funktsiya boshqaruv obʻekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini taʻminlaydi.

Shu nyqtai nazardan, tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning oʻzgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir.

Bu funktsiya joriy va strategik rejalarning ijrosini taʻminlash boʻyicha birinchi qadamdir.


3.

Muvofiq-lashtirish va tartibga solish

Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi.

Bu funktsiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar oʻrnatish yoʻli bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari oʻrtasida kelishib ish olib 6orishni taʻminlashdir.

Muvofiqlashtirish mablagʻlarni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, u turli tarmoqlar oʻrtasida resurslarni taqsimlash yoʻli bilan nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan isteʻmol oʻrtasidagi munosabatni oʻrnatadi.

Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi boʻlib, u sodir boʻlib turadigan ogʻishlarni bartaraf qilish yoʻli bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad qilib qoʻyadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan ogʻishlarning oldi olinadi.



4.

Nazorat

Bu funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas, balki boshqaruv obʻektida sodir bulayotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va maʻlum tartibda shu obʻekt faoliyatini oʻz vaqtida sozlab turishdir. Nazorat oʻrnatilgan meʻyoriy hujjatlardan, rejalardan ogʻishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

Taʻsirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional ishidir. Muntazam nazorat yoʻq joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bulmaydi.


Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funktsiyalar quyidagicha boʻladi:



*Boshqarishning iqtisodiy fynktsiyalari, yaʻni:

mablagʻlarning doiraviy aylanishini amalga oshirish;

mahsulot ishlab chiqarish va xuzmatlar koʻrsatish;

marketing xuzmatini uyushtirish;

foyda olishni taьminlash va h.k.

*boshqarishning sotsial funktsiyalari, yaʻni:

mehnat sharoitini yaxshulash;

xodumlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini, sotsial madaniy-maʻnaviy ehtiyojlarini qondirish,

moddiy ragʻ6atlantirishni taʻminlash;

ujtumoiy humoyani taʻminlash va h.k.

*boshqarishninr maʻnaviy-maʻrifiy funktsiyalari, yaʻni:

xodimlarni insoniylik, yaxshulik, mehr-shafqatli va oʻzaro munosabatlarda sabr-toqatli boʻlish ryhida tarbuyalash;

xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbuyalash, adolat tuygʻusini, bulum va maʻrifatga intulishni tarbuyalashga xuzmat qulish va h.k.

*boshqarishning tashkiliy funktsiyalari, yaʻni:

ishlab chiqarishni tashkil qulish;

 oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va muvofiqlashtirish;

barcha boʻgʻin va boʻlumlar oʻptacuda vazifalar taqcumoti, vakolat va boshqarish apparati xodumlari oʻptacuda masʻuluyatlarni belgulash;

boshqarishning aniq uslu6ini tanlash va qaror qabul qulishda ish tartibi izchullugi, axborotlar oqumini tashkil qulish va h.k.

Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bogʻliq va maʻlum darajada tartibga solingan koʻp unsurlardan, tarkibiy qicmlardan iborat boʻlib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham eʻtibordan chetda qolmasligi kerak.

Boshqarishninr fnktsiyalaridan yana biri - bu tapmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini taʻminlash. Har bir korxona qandaydir bir tapmoqqa (sektor tarkibiga) kiradi. Ayni vaqtda, u bir tuman hududida joylashganligi jihatidan mahalliy ishlab chiqarish hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funktsiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini koʻzda tytishi lozim. Tapmoqqa doir boʻlgan boshqaruv funktsiyalari zarur. Buningsiz tarmoq “yoʻqoladi”, yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taallyqli boshqa masalalarni hal etish qiyin boʻladi.

Biroq ayni vaqtda, boshqarishning hududiy fynktsiyaari ham zarur. Bu funktsiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tapmoqlap (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni oʻrnatilishini taʻminlaydi. Hududiy funktsiyalar idorachilik gʻovlarini yoʻqotish, noratsional tashyvlarni kamaytirish va pirovard oqibatda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.

Qayd qilingan funktsiyalardan tashqari boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari ham bor.

Boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari deganda,, muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar, masʻuliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi.

Tegishli funktsiyalarning toʻla-toʻkis va sifatli bajarilishiga ishlab chiqarishning umumiy rahbarlari - direktor (rais), uning oʻrinbosarlari, boʻgʻin va boʻlimlar boshliqlari, brigadirlar, , shuningdek,, xizmat koʻrsatish boʻlimlari rahbarlari - kadrlar boʻlimi boshligʻi, reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi va boshqalar masʻuldirlar. Quyida (2-jadval) korxona (firma, jamoa xoʻjaligi)ni boshqarishning oʻziga xos aniq funktsiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz.



2-jadval

Boshqarishning ziga xos funktsiyalari



Boʻlimlar

Masʻul shaxs

Aniq funktsiyalar

1.

Korxona

Direktor, rais

 hukumat qarorlarini korxona faoliyatiga izchillik bilan tatbiq qilinishini taʻminlash;

 davlat byudjeti, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar oldidagi maj6uriyatlarning bajarilishiga javob berishni taʻminlash;

 korxona faoliyatini tashkil qilish, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilish va h.k.


2.

Reja-iqtisod boʻlimi

Direktor (rais)ning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

 joriy va istiqboldagi rejalar loyihasini tayyorlash;

 biznes-rejani tuzish;

 moddiy va mehnat harajatlari normativlarini ishlab chiqish;

 texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish;

 ishlab chiqarish boʻyicha hisobot tayyoplash va h.k.


3.

Koistruk-torlik boʻlimi

Bosh myhandis

 yangi konstruktsiyadagi buyumlarni yaratish;

 eski buyumlarni modernizatsiya qilish;

 mahsulotninr texnik estetikasiga, ishlab chiqarishning iqtisodiy texnologiyasi amalda xavfsizlik texnikasi talablariga mos kelishini taʻminlash;

 yangi buyumlarni sinab koʻrishda qatnashish va h.k.



4.

Standart-lashtirish boʻlimi

Bosh myhandis

 standartlashtirish va normalashtirish ishlarini rejalashtirish va bajarish;

 hujjatlashtirish texnikasini va yangi mahsulotni nazorat qilish;

 yangi va amaldagi standart va texnik shart-sharoitlarni ishlab chiqarish va h.k.


5.

Mehnatni tashkil qilish va ish haqi boʻlimi

Direktor (rais)ning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

 mehnat qonunlariga rioya qilishni iazorat qilish;

 ish haqi fondi sarflanishini tahlil qilish;

 mehnatni normalash ishini uyushtirish va uni amalga oshirish;

 tarif stavkasi va koeffitsientlarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʻminlash;

 xodimlar mehnatini tashkil etishni takomillashtipib borish va h.k.


6.

Mehnatni muhofaza qilish boʻlimi

Bosh myhandis

 mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik yuzasidan xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlarini yaratish;

 mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tadbirlarning bajarilishi, qonunlar, yoʻriqnomalar, qoida va normalarga rioya qilinishini nazorat qilish;

 xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqlar berish va h.k.


7.

Kadrlar boʻlimi

Bosh myhandis

 korxonani maʻlum kasb va ixtisosga ega boʻlgan ishchi va xizmatchi kadrlar bilan taʻminlash;

 ishlab chiqarish taʻlimi va malaka oshirishni uyushtirish;

 kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini oʻpganish;

 mehnat intizomining holati va ichki tartib qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish va h.k.



8.

Moddiy-texnika taʻminoti va sotish boʻlimi

Direktor (rais)ning umumiy masalalar boʻyicha oʻpinbosari

 moddiy resurslarga boʻlgan talabni rejalashtirish;

 korxonani materiallar, texnika, yoqilgʻi va h.k. bilan taʻminlashini uyushtirish;

 shartnomalarni tuzish;

 ombor xoʻjaligini uyushtirish va h.k.



9.

Buxgal-teriya boʻlimi

Bosh buxgalter

 pul mablagʻlarining toʻgʻpi sarflanishini nazorat qilish;

 hisobga olish va hisobot tuzishni uyushtirish;

 buxgalteriya balanslarini tuzish;

 xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha hisob-kitob qilish;

 moliyaviy faoliyatni tashkil qilish;

 byudjet, bank, yetkazib beruvchilar va isteʻmolchilar bilan hisob-kitob olib borish va h.k.



10.

Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish boʻlimi

Direktor (rais)ning ishlab chiqarish boʻyicha oʻpinbosari

 korxona, tsex, uchastkalar uchun ishlab chiqarish boʻyicha kalendar grafiklar tuzish;

 ishlab chiqarishning borishini tezkor ravishda tartibga solish;

 korxonaning bir maromda ishlashini taʻminlash;

 korxona va tsexlarga xizmat qiluvchi boʻlimlar ishini muvofiqlashtirish va h.k



11.

Mahsulot sifatini nazorat qilish boʻlimi

Direktor (rais)

 tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish;

 korxonaga keltiriladigan xom ashyo va materiallarning sifatini nazorat qilish;

 nazorat oʻlchov asboblari holatini tekshirish;

mahsulotni attestatsiyadan oʻtkazishga taqdim etish va h.k.


12.

Taʻmirlash va energiya bilan taʻminlash boʻlimi

Bosh mexanik va bosh energetik

 korxonani barcha energiya turlari bilan taʻminlash;

 ishlab chiqarish binolarini isitish;

 ventilyatsiya ishini yoʻlga qoʻyish;

 binolar va inshootlarni taʻmirlanishini, saqlanishini taʻminlash;

 jihozlarning toʻgʻri ishlatilishi ustidan nazorat oʻpnatish va h.k.


13.

Transport xoʻjalik boʻlimi

Direktor (rais)ning umumiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari

 yuklarni tashish, ortish va tushirishni, bu sohadagi ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni uyushtirish;

 transport vositalari uchun qulay marshrutlar va grafiklar tuzib chiqish va h.k.



14.

Maʻmuriy xoʻjalik boʻlimi

Direktor (rais)ning umumiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari

 korxonaga qarashli binolar va hududlarni yaxshi holatda saqlash;

 korxona boʻlimlarini mebelь, inventarь, kantselyariya tovarlari bilan taʻminlash;



hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish va h.k.

15.

Axborot hisoblash markazi

Bosh muhandis

 avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini loyihalash va uyushtirish;

 axborot oqimini takomillashtirish;

 zamonaviy kompьyuterlardan foydalanishni taʻminlash va h.k.


16.

Kantselyariya

Boshliq

 korxonaga keladigan va joʻnatiladigan xat-xabarlarni, hujjatlar tayyorlashni nazorat qilish;

 arxiv ishlarini uyushtirish;



 ish yuritish, xizmat hujjatlarini koʻchirish, koʻpaytirish va h.k.


Download 164.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling