8- mavzu: Lisoniy ziddiyat Reja


Download 43 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2022
Hajmi43 Kb.
#420313
  1   2   3
Bog'liq
8-мавзу
Norvegiya MAKRO, labaratoriya 2, New Doc 01-04-2021 11.40, Kulon qonuni Elektrostatik maydon, ИТИ Ислом Каримов, Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti, 3 Metodika fanlarini oqitishda zamonaviy yondashuvlar b39dcbaff, 19-24 laboratoriya ishlari malumotlar tuzilmasi va algaritm Uraimov Xurshidbek, iqtisodiyotga oid terminlar va ular tarjimasining oziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotga oid terminlar va ular tarjimasining oziga xos xususiyatlari, Mustaqil ish Tojikcha, Abs, Ali, 2 topshiriq

8- mavzu: Lisoniy ziddiyat

Reja:

1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot.

2. Lisoniy ziddiyat turlari.

Kalit tushunchalar: munosabat,paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim

O‘zlashtiriladigan tushunchalar: ziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat, binar ziddiyat, ko‘p a’zoli ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat, muntazam ziddiyat, darajali ziddiyat

1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qarama-qarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir. Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.

Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir. Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir. Ziddiyat paradigmatik ва iyerarxik munosabatning xossasi sifatida sintagmatik munosabatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sintagmatik munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi. Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir.

Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum bir belgi asosida mavjud bo‘ladi. Ziddiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar ziddiyat a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi. Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik” belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik ziddiyat, qarshilanayotgan fonemalar ziddiyat a’zolari, “lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir.




Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling