8. 20-guruh talabasi yunusova zarnigor Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Download 340.11 Kb.
Sana26.12.2021
Hajmi340.11 Kb.
#183278
Bog'liq
Zarnigor Yunusova

8.20-guruh talabasi yunusova zarnigor

Mavzu:O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Ommaviy axborot vositalari

 Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mus-tahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega.

 YuNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar omtimizning har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o’z mas’ulligini his etgan holda el-yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo’shishga intilishiga ko’maklashishi lozim.

Og’zaki nutq:

Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.

 Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.

Matnga munosabat bildirib so’zlash.

Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok etish

Yozma nutq:

Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirish. Teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar, gazeta va jurnallardagi materiallar, reklama matnlarini tahlil qilish.

 “XXI asrda axborotning o’rni” mavzusida esse yozish.

Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.

Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.

Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.

Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.

Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...»va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»)


E’tiboringiz uchun RAHMAT RAHMAT


Download 340.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling