8-9-sinf Kasb tanlash va temperament testi
Savollarni diqqat bilan o‘qing! Har bir savol bo‘yicha 4 xil javob varianti berilgan, qaysi javob sizga mos kelsa, o‘sha javobni belgilang.
1. Men yangi ishga kirishaman ...
A) sabrsizlik bilan va tezda.
B) ijodiy yondashgan holda.
C) ish jarayonini yaxshilab o‘ylab ko‘rib.
D) o‘z imkoniyatlarimga ishonmay.
2. Men uchun notanish va yangi bo‘lgan joyda ...
A) o‘zimni xo‘jayindek his qilaman, darrov o‘zimni kimligimni ko‘rsataman.
B) erkin muloqotga kirishib ketaman.
C) o‘ta bosiq, o‘zimga kamroq e’tibor qaratishga harakat qilaman.
D) juda noqulay, tezroq ketishga harakat qilaman.
3. Ishdagi yoki o‘qishdagi omadsizligim tufayli men ...
A) o‘zimdan, maktabdan, ota-onamdan, o‘rtoqlarimdan xafa bo‘laman.
B) xafa bo‘laman, ammo omadsizlikning sababini tezroq topishga va bartaraf etishga harakat qilaman.
C) qattiq xafa bo‘lmayman, tinchgina omadsizlik sababini izlayman.
D) yig‘lab yuborishim va uzoq vaqtgacha omadsizlikni unutolmasligim mumkin.
4. Mening nutqim ...
A) tez, poyma-poy, fikrlar tezligidan nutq tezligi yuqori.
B) tez, ishonchli, o‘zimga imo-ishoralar bilan yordam beraman.
C) sekin, e’tiborli, ishonchli.
D) sekin, ishonchsiz, juda sekin ovozda gapiraman va fikrlarim boshimda qorishib ketgandek tuyuladi.
5. Yangi ishni boshlab, men ...
A) unga katta ishtiyoq bilan kirishaman, ammo kamdan-kam holatda oxirigacha etkazaman.
B) unga katta ishtiyoq bilan kirishaman, agar u menga yoqsa, oxiriga etkazaman.
C) unga juda astoydil kirishaman va oxiriga etkazaman.
D) unga bajara olmayman degan ishonchsizlik xissi bilan kirishaman.
6. Men afzal ko‘radigan ertaklarda ...
A) qahramonlar do‘stlikni. Sadoqatni sinash uchun sinovlardan o‘tadi.
B) qahramonlar hayoti, kiyimlar, qasrlar hashamatli keng yoritilgan.
C) qahramonlar mehnat qiladilar va o‘zlarining mashaqqatli mehnatiga yarasha mukofot oladilar.
D) tabiat, his-hayajonlar chuqur yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |