8-amaliy mashG‘ulot mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalarida joylashgan avtobus bekatlarining mintaqasida xavfsizlik koeffitsientini hisoblash Topshiriq


Download 19.04 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1448310
Bog'liq
8-amaliy


8-AMALIY MAShG‘ULOT


Mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalarida joylashgan avtobus bekatlarining mintaqasida xavfsizlik koeffitsientini hisoblash


Topshiriq. Shahar yo‘llari va ko‘chalarida joylashgan avtobus bekatlarining mintaqasida xavfsizlik koeffitsientini hisoblash.
Nazariy qism.
Shahar ko‘chalarini harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniqlash yo‘ldan foydalanishda, harakatni to‘g‘ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
Yo‘lning transportdan foydalanish sifatini va harakat xavfsizligini baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezilarli ta’sir qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlashdan iborat. Bunday joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi.
Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri prof. V.F.Babkov tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik koeffitsientidir.
Xavfsizlik koeffitsienti deb yo‘lning aniq bir qismidagi harakat tezligining shu qismga kirib kelishdagi eng yuqori tezlikka nisbatiga aytiladi .
; (8.1)
Xavfsizlik koeffitsienti yordamida yo‘lning xavfli bo‘lagini aniqlash uchun xavfsizlik koeffitsienti grafigi quriladi. Buning uchun tekshirilayotgan yo‘ldagi harakat tezligining chiziqli o‘zgarishi chiziladi. Uni yakka holda harakatlanayotgan yengil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo‘ldan tajribaviy o‘tkazish orqali aniqlanadi.
Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘laklarini xavfsizlik koeffitsienti bilan aniqlanganda 3.1-jadvaldagi qiymatlardan foydalaniladi.
3.1-jadval

Xavfsizlik koeffitsientlari

0,4

0,4-0,6

0,6-0,8

0,8

Yo‘l bo‘lagining xavflilik darajasi

Juda xavfli

Xavfli

Kam xavfli

Amalda xavfsiz


Bajarilgan ishlar natijalariga ko‘ra hulosa yoziladi. Xulosada yuqorida o‘rganilgan ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilib tahlili ko‘rsatiladi.
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling