8 dekabr O‘zbekiston


Download 237.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.08.2017
Hajmi237.31 Kb.
#14400
  1   2   3

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

2014 yil 



 

 

son 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

8 dekabr – O‘zbekiston 

Respublikasining  

Konstitutsiyasi  

qabul qilingan kun 

 

 

 

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 

 

 



   

 

 

 

                                                                                                       Q.Qosimov                                    

                                                            

 

 

 

 

 

     Jurnal miharriri 

 

Konstititsiya baxtimiz qomusi 

 

Ezgulik gullagan bo'stonim o'zing, 

Asosiy qonunim, qomusim mening, 

Rohatim, sevinchim, nomusim mening. 

Adolat ziyosi taralar sendan

 

Saodat qo'rg'oni yaralar sendan, 

Elga najot bo'lmish choralar sendan, 

Asosiy qonunim, qomusim mening, 

Shavkatim, shuhratim, nomusim mening. 

                                         (E.Sindorov) 

O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  12-

chaqiriq  II  sessiyasida,  1992  yil  8-dekabrda  qabul  qilingan  bo`lib,  Konstitutsiya  6  ta  bo`lim,26  ta 

bob,128 ta moddadan iborat 



    Qonun oldida  yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansabi va hokazalardan qat’I  

nazar  davlatning  barcha  fuqarolariga  tatbiq  etiladi.  Biron-bir  fuqaro  Konstitutsiya  bilan  belgilangan 

burchlardan  bo`yin  tovlamasligi  yoki  ozod  etilmasligi  shart.  Konstitutsiya  va  qonunlarga  rioya  etish 

davlat fuqarolarining eng asosiy burchidir. O`zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va 

ma’naviy merosi butun  xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomida  yaratildi va har 

birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishimiz lozim.  

   Huquqiy madaniyat insonning qonunlarni bilish va ular asosida yashash yo'lida orttirgan bilim va 

tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko'nikmalari majmui, umumiy huquqiy saviyasidir. 

  “Huquqiy  madaniyat”  tushunchasi  «huquqiy  ma'rifat»  va  «huquqiy  savodxonlik»  kabi 

tushunchalar  bilan  uzviy  bog'liq.  Huquqiy  ma'rifat  nafaqat  qonunlarni,  balki  ularni  amalga  oshirish 

bilan  bog'liq  qonuniy    hujjatlarni  bilishni  ham  talab  etadi.  Huquqiy  savodxonlik  va  ma'rifat  asosida 

huquqiy  ong  shakllanadi.  Huquqiy    ongi  shakllangan  inson,  qonuniylik  bilan  qonunsizlikning  farqini 

yaxshi biladi, hayotda ham  ko'p adashmaydi.  

 

 



 

 

Qodirova Zarifa 

5 b sinf o`quvchisi 

 

The Constitution of the Republic of Uzbekistan  

 

The new constitution of the Republic of Uzbekistan was adopted on December 8, 1992. 



Article 1 of the constitution says that Uzbekistan is a sovereign democratic republic. The constitution sets the 

task of creating a democratic rule of law. All citizens of the Republic of Uzbekistan, regardless of their nationality, 

constitute the people of Uzbekistan. 

All citizens living in the Republic, men and women of all nations and nationalities, have equal rights in the 

political, economic and cultural spheres. 

The right to work together and the right to choose one's trade or profession is guaranteed to all citizens by 

article 37. 

All citizens have the right to rest. The right is guaranteed in practice by the system of sanatoriums, boarding 

houses, holiday homes and clubs where people may spend their free time. 

Article 39 guarantees pensions for people who are ill or unable to work. A very important right is the right to 

education, which is guaranteed to all citizens by article 41 of the constitution of the Republic of Uzbekistan. The state 

guarantees free secondary education. Students of technical schools, institutes and universities receive scholarships. 

While guaranteeing these rights to all citizens, the constitution at the  same time imposes  serious duties on 

them, such as the duty to work, to keep labour discipline and to defend their country. 

According to the results of the referendum, which was held on January 27, 2002 and in accordance with the 

law of the Republic of Uzbekistan from April 24, 2003 passed on the bases of the referendum, the amendments 

were introduced to chapters XVIII, XIX, XX and XXIII. 

The alterations have also been made to articles 76-88 which concern to the role of the Oliy Majlis, 

its importance, the status and the power of Houses of Parliament. 

 

 



 

Mirzaxolov Islombek 

9 d sinf o`quvchisi 

Huquqshunos bo`lmoqchiman 

 

Kasbning  eng  yaxshisi  kishining  ,  o`z  qo`li  bilan  bajarilgan  ishi  va  halol  savodidir.  Har  qanday 



inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb  yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. 

Chunki  qobiliyatiga  mos  bo'lgan  biror-bir  kasbni  egallagan  va  shu  qiziqishlar  orqasidan  izlanishlar  olib 

brogan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. 

Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa 

o'z  o'rnida  zimmamizga  bir  qancha  vazifalarni  yuklaydi.  Hademay  biz  uchun  qadrdon  bo`lgan 

maktabimizni  bitirib,  har  birimiz  o`zimiz  tanlagan  akademik-litseylar  va  kasb-hunar  kollejlariga 

hujjatlarimizni topshirib, o`n ikki  yillik majburiy ta’limni davom ettiramiz. Va kelajakda o`zimiz sevgan 

kasb egasi bo`lamiz. 

Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va 

jamiyatda  o`z  o`rniga  ega  bo`ladi.  Biz  mustaqillik  sharofati  bilan,  juda  katta  imkoniyatlar  yurtida  ta’lim 

olamiz.  Bugun  yurtimizda  faoliyat  yuritayotgan  kasb-hunar  kollejlari,  akademik-litseylar  jahon 

andozalariga  javob  beradigan  darajada  ta’mirlangan.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  asosida  ta’lim 

beriladi. Biz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishimiz kerak.  

Men  darsillkdan  tashqari  ham  kitoblarni  o’qib  chiqib,  munosib  farzand  bo’lishga  o’zimga  so’z 

beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va 

faqat  ziyolilarni  dunyoga  keltiradi.  Men  kelajakda  huquqshunos  bo`lmoqchiman.  Huquqiy  davlat  va 

jamiyat  qurishda  o`z  bilimim  va  mahoratimni  ayamayman.O`zbekiston  dovrug`ini    dunyoga  tanitaman.  

Ustozlarim mehnatini albbatta oqlayman. 



10 - dekabr  O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun 

 

Jamilaxon Sharipova 

Milliy g`oya fani o`qituvchisi 

 

O`zbek nomin dunyo bo`ylab, ulug`lagan Madhiyam 

                                                                        

Dunyodagi hamma narsaning ma’no-mazmuni o`zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan, 

Vatanning  ham  timsollari  ko`p.  Vatanning  timsollari  rasmiy  va  norasmiy  bo`lishi  mumkin. 

Mamlakatimizning  davlat  ramzlari  –  bayrog`imiz,  gerbimiz  va  madhiyamiz,  shuningdek,  respublika 

Prezidenti,  parlamenti,  hukumati,  Konstitutsiyasi,  davlat  tili,  poytaxt  kabi  davlatchilik  belgilari  ham 

rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati  – ozodligi va 

mustaqilligi,  davlat  suverenitetini  ifoda  etadi.  Rasmiy  timsollar  Vatanning  mustaqil  davlatchilik 

an’analari  bilan  bog`liq.  Mustaqil  bo`lmagan,  ya’ni  o`z  davlatiga  ega  bo`lmagan  xalqning  rasmiy 

timsollari ham bo`lmaydi. 

Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday 

sharoitda ham o`z yurti manfaatlari uchun kurashishga da’vat etadi. 

O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  madhiyasi  1992-yil  10-dekabr  kuni  O`zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida tasdiqlangan. 

Davlat  madhiyasi  O`zbekiston  Respublikasi  davlat  suverenitetining  ramzi  bo`lib,  davlat 

madhiyasiga  zo`r  ehtirom  bilan  qarash  O`zbekiston  Respublikasida  istiqomat  qiluvchi  har  bir 

fuqaroning  vatanparvarlik  burchidir.  Madhiya  musiqa  va  she’r  vositasida  ifodalanadi  hamda  davlat 

organlari tomonidan o`tkaziladigan tantanali marosimlar  boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi. Madhiya 

maxsus qonun bilan tasdiqlanadi. 

Madhiya-  “madh”  (maqtov)  so`zidan  kelib  chiqqan.  Madhiya-gimn  o`z  mustaqilligiga  ega 

bo`lgan, rivojlangan har bir mamlakatning alomati-ramzidir. 

   Madhiya tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. 

    O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  madhiyasi  so`zini  O`zbekiston  xalq  shoiri,  O`zbekiston 

Qahramoni  Abdulla  Oripov,  musiqasini  O`zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko`rsatgan  madaniyat 

xodimi bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan. 

 

 

 



Zebuniso Tursunova 

9 b sinf o`quvchisi 

 

Faxr va iftixor tuyg`usi 

 

2014  yil  28-noyabr  kuni  5-sonli  Davlat  ixtisoslashtirilgan  umumiy  o’rta  ta’lim  maktab-

internatida  “Ta’lim  samaradorligini  oshirishda  innovatsion  texnologiyalar”  mavzusida  viloyat  ilmiy-

amaliy  seminari  o`tkazildi.  Unda  Namangan  viloyat  xalq  ta’lim  boshqarmasi  vakillari,    “Chortoq 

haqiqati” gazetasi xodimlari hamda Namangan viloyat Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim 

ta’lim maktablari matematika, kimyo, biologiya o’qituvchilaridan 50 nafari ishtirok etdilar.  

Seminarda turli mavzularda ma’ruzalar, ochiq namunali darslar tashkil etildi. 

Tashrif  buyurgan  mehmonlarda  biologiya  fani  o`qituvchisi  G’.  Po’latovning  9-sinflarda  “O’simlik 

hujayrasining  o’ziga  xos  tuzilishi”,  kimyo  fani  o`qituvchisi  M.To’xtasinovaning  8  sinflarda  “Davriy 

qonun va uning ahamiyati”, matematika o`qituvchisi Q. Qosimovning  9-sinflarda “O’tkir burchakning 

sinusi,  kosinusi,  tangensi  va  kotangensi”,  matematika  o`qituvchisi  B.Umrzoqovning  7-sinflarda 

“Uchburchak  elementlari”  mavzularidagi  darslari  katta  taassurot  qoldirdi.  Ayniqsa  ta’limga  AKT  va 

elektron  vositalarning    qo`llanilishi  mutaxassislar  e’tiborini  tortdi.  Q.Qosimovning  “UEM  –  Uy 

elektron maktab” loyihasi seminar qatnashchilari va mutaxassislarni taxsiniga sazovor bo`ldi.  

         Oliy  toifali  ona  tili  va  adabiyot  fani  o`qituvchisi  Sh.Usmonova  senariysi  asosida    “Sog’lom  va 

ma’naviy yetuk yoshlar Vatanimiz kelajagi” deb nomlangan adabiy-badiiy kompozitsiyasi mehmonlar 

olqishiga sazovor bo`ldi. Men shu maskanning o`quvchisi bo`lganimdan fahrlanaman!

 


O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimning 100 yilligi oldidan 

 

Abdullayeva Sarvinoz 

9 a sinf o`quvchisi 

 

Vafo va sadoqat timsoli 

 

Salqin sahaharlarda, bodom gulida, 



Binafsha labida yerlarda bahor. 

Qushlarning parvozi, yellarning nozi, 

Baxmal  vodiylarda qirlarda bahor. 

 

Zulfiyaxonim  nafaqat  o`z  she’rlari  ,  balki butun  hayoti  bilan  o`zbek 



ayolining  ma’naviy  qiyofasini  namoyon  etgan  atoqli  shoiramizdir. 

Uning  jahon  minbarlaridan  yangragan  she’rlari  Sharq  ayolining 

aqlu  zakosi,  fazlu  kamolining  yorqin  ifodasi  sifatida  millionlab 

she’riyat  muxlislariga  odamiylik,  muhabbat  va  sadoqatdan  saboq 

bergan. Lekin bu murakkab hayot qalbi o`z xalqi va Vataniga mehr-

muhabbat  bilan  to`lib-toshgan,  dunyodan  ezgulik  va  go`zallik  izlab 

yashagan  bu  ayolni  hamma  vaqt  ham  ayagani  yo`q.  Aslida,  bu 

dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo 

g`am-anduh  va  hasratlarni  matonat  bilan  yengib,  tog`dek    bardoshi 

bilan  vafo  va  sadoqat  ramziga  aylangan  Zulfiya  opa singari  ayollar 

har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir. 

 

(Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”). 

 

O`zbek xalqining atoqli va ardoqli qizi, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal 

Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasi, vafo va sadoqat timsoli, o`zbek adabiyotida chuqur 

iz  qoldirgan,  she’riyat  gulshanida  yangi  bog`  yaratgan  shoira    Zulfiyaxonim    1915  -  yil  1-martda 

Toshkentda tug`ilgan  

Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin 

turli  nashriyotlarda  ishlagan.  1953-yildan  1980-yilgacha,  qariyb  o‘ttiz  yilga  yaqin  respublikamizda 

keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan. 

Zulfiyaning  dastlabki  she’rlari  «Hayot  varaqlari»  nomi  bilan  1932-yilda  bosilib  chiqqan. 

Shundan  so‘ng  shoiraning  «She’rlar»  va  «Qizlar  qo‘shig‘i»  (1938),  «Uni  Farhod  der  edilar»  (1943), 

«Hijron  kunlarida»  (1944),  «Dalada  bir  kun»  (1948),  «Tong  qo‘shig‘i»  (1953),  «Yuragimga  yaqin 

kishilar»  (1958),  «Kuylarim  sizga»  (1965),  «O‘ylar»,  «Shalola»  kabi  o‘nlab  she’riy  to‘plamiari  chop 

etildi. U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurib, ular shirin hayot kechirayotgan pallada 

1944-yili  mashina  avariyasi  tufayli  turmush  o‘rtog‘idan  ayriladi.  Shundan  so‘ng  umr  bo‘yi  o‘z 

muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va 

Omon»  dostonlari  asosida  pyesa  va  opera  librettolarini  yaratadi.  O‘zi  ham  «Quyoshli  qalam», 

«Mushoira»,  «Xotira  siniqlari»  kabi  poemalar  yozadi.  Rus,  ukrain,  ozarboyjon,  hind  shoiralarining 

she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi. 

Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‘nlab davlatlarida 

bo‘lib,  xalqaro  xotin-qizlar  hamda  adabiyot  namoyandalarining  harakatlarida  faol  ishtirok  etar  edi. 

Uning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vyetnam kabi juda ko‘p xorijiy 

tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 82 yoshida vafot etgan. 

Bugun  Zulfiyaxonim  izdoshlari  ko`paygandan  ko`payib  bormoqda.  Ilohim,  Zulfiyaxonim 

ruhlari shod bo`lsin, joylari jannatda bo`lsin va doim 

shogirdlarining  ishlarida  ruhlari  madadkor 

bo`lsin. Hech qachon o`zbek qiz-u, ayollarini sadoqat va vafo tark etmasin.  

2015 – yilda yurtimizda Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludi nishonlanadi. 

 

 


1992 yil 16-dekabr – O`zbekiston FIFA ga a’zo bo`lgan kun 

 

                                     Shohruhmirzo Qosimov 

                                        7 b sinf o`quvchisi 

 

         FIFA – FUTBOL ICHIDA, FUTBOL ATROFIDA 



 

 



Futbol o`yini 17 asrda Angliyada paydo bulgan  

 



Futbol inglizcha oyoq to`pi ya’ni oyoqda o`yin ma’nosini anglatadi  

 



Futbolning dastlabki nomi «KALCHIO»   deb atalgan   

 



Futbol maydonining bo`ylamasi 100-110 m gacha  

 



Futbol maydonining eni 65-75 m gacha  

 



Doirasining diametri 9 m  

 



Jarima maydoni 16 metr  

 



Erkin to`p tepish maydoni 5 metr  

 



Futbol o`yinida xakamlar 4 nafar (ba’zida 6 nafar) 

 



1 inspektor xakam  

 



 2 maydon xakami  

 



3-4 chiziq yon xakamlar  

 



Angliya primyer ligasida xozirgi kunda  darvoza orti xakamlari  qo`yilayotgan   

 



Futbol o`yini 2 taymdan iborat  

 



Xar bir taym 45 daqiqa (min) 

 



Tanffus 15 daqiqa (min) 

 



PLAY OFF  tur musobaqalarida qo`shimcha 15 daqiali 2 ta taym o`ynaladi  

 



PLAY OFFva final musobaqalari penalti lar seriyasi  bilan xam yakunlanadi  

 



O`zbekiston Respublikasida UFF O`zbekiston Futbol Federatsiyasi  musobaqalarni boshqaradi  

 



Osiyo futbol  Konfederatsiyasi OFK Osiyo futbol federatsiyalari musobaqalarini boshqaradi  

 



Yevropa futbol musobaqalari UEFA  tomonidan boshqariladi  

 



Jaxon futbol musobaqalari FIFA  tomonidan boshqariladi . 

 



Musobaqalar O`zbekistonda mavsum o`yinlari 2 davradan iborat (har yili ) 

 



Osiyo chempionati  4 yilda bir marta  

 



Yevropa chempionati 4 yilda bir marta  

 



Jahon chempionati 4 yilda bir marta  

 



Olimpiada o`yinlari 4 yilda bir marta  

 

 

Xamraboyev Dilmurod 

9 b sinf o`quvchisi 

Aeromobil 3.0- Uchar Avtomobil 

29-oktabr  kuni  Pioneers  Festival  nomli  yangi 

texnologiyalar ko‘rgazmasida AeroMobil 3.0 — uchar 

avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

AeroMobilning rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga 

ko‘ra, u bir necha soniya ichida avtomobildan samolyot 

ko‘rinishiga 

o‘ta 


oladi. 

Uning  havoga  ko‘tarilishi  uchun  tezligi  soatiga  130 

kilometrni  tashkil  etishi  kerak.  Uchayotganda  kamida 

60  km/soat,  eng  tez  esa  200  km/soat  tezlik  bilan 

harakatlana oladi. Shuningdek, uning yerdagi eng katta 

tezligi 


160 

km/soatni 

tashkil 

etadi. 


AeroMobil  3.0’da  ikki  kishilik  o‘rin  mavjud  bo‘lib, 

uning  uzunligi  6  metrni,  kengligi  esa  yerda  yurganda  2,24  metr,  uchganda  8,32  metrni  tashkil  etadi.  Uchar 

avtomobil korpusi metaldan ishlangan va murakkab tarkibli karbon bilan qoplangan. Bunday qoplama yengil, 

ammo  mustahkamligi  uchun  zamonaviy  samolyotlarda  ishlatiladi.  Ushbu  avtomobil  odatiy  benzinda 

harakatlanadi va yerda yurgan payti 100 kilometrga 8 litr, havoda uchgan payti esa 15 litr yonilg‘i sarflaydi. U 

istalgan  bir  necha  yuz  metrli  o‘tloq  yoki  tosh  yotqizilgan  yuzada  qo‘na  oladi.  Shuningdek,  unda  avtopilot 

boshqaruvi va parashyutdan sakrash yo‘li ham mavjud. 


Bayazov Sadafbek 

9 b sinf  o`quvchisi 

 

Abu Ali Ibn Sino (Avicenna) 



(980-1037) 

 

Abu  Ali  Ibn  Sino  is  the  pride  of  Central  Asia  and  one  of  the  greatest  scientists.  Besides 

medicine he was occupied with mathematics, logic and philosophy. He was born in Bukhara in the village of 

Afshana  in  980  and  got  his  education  in  Bukhara.  Because  of  his  perfect  memory  and  quick  wits  he 

obtained a lot of knowledge very quickly. He had already learnt the Koran by heart when he was 10. Later, 

when  he  was  17,  he  had  been  already  known  as  a  great  doctor.  He  devoted  his  whole  life  to  gain  new 

knowledge, to cure people, to find the reasons for many diseases, to write works on medicine and to bring this 

knowledge  to  upcoming  generation.  Ibn  Sino  travelled  to  many  cities  as  a  visitor  and  died  from  serious 

disease on June 18, 1037 in the city of Isfakhon. The number of works that Ibn Sino had written exceeds  450, 

but only 160 out of them reached our hands. One of his main books is "Konun at-Tib". The work consists of 5 

big  parts  containing  the  reason  of  disease,  hygiene,  medication  and  a  lot  of  other  information  related  to 

medicine. Yet his other books like "Shifo kitobi", "Insof   kitobi", "Hojat  kitobi", "Donishnoma", "Arab 

tili kitobi", "Metafizika", had played the main role in the development of many sciences. 

Abu Ali Ibn Sino is well-known in Europe by the name of "Avicenna". The naturalist Karl Linney named a 

type of plant " Avicenna" in honour of him. To sum up we can say that Abu Ali Ibn Sino was an encyclopaedic 

scholar whose contribution to world civilization was incomparable. 

 

 

 



 

 

Abdurahmonova Shoira 

7 a sinf o`quvchisi 

 

TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI 

 

 

Har  qanday  modda  ikki  xil  tarkibga  ega  bo`ladi.  Birinchisi-sifat  tarkibi,  ya’ni  moddaning  molekulasi 

qanday  elementlardan  tarkib  topganligini  ko`rsatuvchi  tushuncha.  Ikkinchisi  -  miqdor  tarkibi,  ya’ni  modda 

molekulasi tarkibiga kirgan elementlarning miqdorlari qanchadan ekanligini ko`rsatuvchi tushuncha. 

Masalan:  suv  molekulasi  (H

2

O)  ning  sifat  tarkibi  uning  vodorod  va  kislorod  elementlaridan  iboratligi 



bo`lsa, suv molekulasining 11,11% vodorod, 88,89% kisloroddan iboratligi uning miqdoriy tarkibi bo`ladi. 

Yuqoridagilarga  e’tibor  bersak,  moddaning  tarkibi  uning  asosiy  xarakteristikasi xisoblanar  ekan.  SHu 

sababli  ximiyaning  asosiy  qonunlari  qatorida  modda  tarkibining  doimiylik  qonuni  ham  turadi.  Bu  qonunga 

Dalton, Prust, Lavuaze lar asos solishgan bulib, u quyidagicha ta’riflanadi: Har qanday ximiyaviy toza modda 

qaerda bo`lishidan va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo`ladi. Bu 

qonunning  ma’nosini  quyidagi  misol  bilan  tushuntiramiz.  Osh  tuzi  -  NaCl  ni  turli  usullar  bilan  xosil  qilish 

mumkin: 

2Na + Cl


2

 





 2NaCl 


 

NaOH + HCl 





 NaCl + H



2

 



BaCl

2

 + Na



2

SO

4



 





 2NaCl + BaSO

 



Bu tenglamalardan ko`rinib turibdiki, barcha reaksiyada maxsulot (yoki ulardan biri) sifatida tarkibida 1 

atom Na va 1 atom Cl saqlangan murakkab modda natriy xlor xosil bo`layapti. 

Lekin,  shunday  moddalar  ham  borki,  ularni  xosil  qilishda  reaksiya  sharoiti  (P,  T,  V,  C)  ozgina 

o`zgarishi  bilan  xosil  bo`ladigan  moddaning  tarkibi o`zgarib  ketadi,  ya’ni  ular  tarkibning  doimiylik  qonuniga 

buysunmaydi.  Bunday  moddalar  qatoriga  og`ir  metallarning  oksidlari  Ti

x

O



u

  ;  Zr


x

O

u



  ;  sulfidlari:  Me

x

O



u

  ; 


ko`pchilik oksidlarning aralashmasi - shishalar misol bo`ladi. Bunday maxsulotlar qatoriga aksariyat oziq-ovqat, 

yengil  sanoat  va  neftni  qayta  ishlash  sanoati  maxsulotlari  xam  kiradi.  Shu  sababli,  moddalar  tarkibining 

doimiylik  qonuni  texnologlarni  maxsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  texnologik  parametrlarga  to`lik  rioya 

qilishga o`rgatadi. 



Download 237.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling