8. Hayotingiz mazmunini tushuntirib bera olasizmi?


Download 12.46 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi12.46 Kb.
#1356236
Bog'liq
талабаларга топшириқ фалсафа


Savollar
1. Aristotelning Platon mening do‘stim, lekin haqiqat undan ustunroq degan fikri tarixdan maʼlum. Buning mohiyati shuki Aristotel uchun do‘stlikdan haqiqat ustun. Aristotelning fikriga o‘z munosabatingizni aniqlang. Siz uni qo‘llab quvvatlaysizmi yoki aksincha uning fikrini rad qilasizmi?
2. Quyidagi monizm, agnostitsizm, ontologiya, kategoriya, qonun, idealizm, ssiyentizm kabi tushunchalarga taʼrif bering. Qaysi hollarda metafizika atamasi ishlatiladi?
3. Ong tushunchasiga baʼzi hollarda anglash, boshqa hollarda insonning qobiliyatini namoyon qilish holati, yana boshqa hollarda ongning mazmuni degan qarash shakllangan. Fiziologlar ong deganda uyquga qarshi faol normal holatni tushunadilar, psixologlar uchun ong bu qandaydir narsaga eʼtibordir. Sizningcha ong nima?(har bir mutaxassislikka tegishli) Fikringizni izohlang
4. Inson o‘zining qarashlari haqida jiddiy o‘ylamasdan, qaysidir masalada ratsionalistlarga yon bosishi va qaysidir masalada irratsionalistlarni himoya qilishi mumkin. Bu esa falsafiy noizchillikdan dalolat beradi. Agar bu noizchillikni bartaraf qilish uchun irratsional va ratsional tafakkur tarzining birini tanlashga majbur bo‘lsa, qaysi yondoshuv muhimroq va zarurroq?, ratsionalizmmi yoki irraitsonalizm? Inson ratsionalizm va irratsionalizmdan birini tanlar ekan, o‘zining qarorini ratsional asoslay oladimi?
5. Nils Bor nafaqat buyuk fizik olim, balki ajoyib faylasuf ham bo‘lgan, u do‘stlari bilan suhbatda “haqiqatning buyukligi unga qarama qarshi haqiqatning ham buyukligidir”deb taʼkidlagan. Bu chuqur purmaʼno fikrning mohiyatini aniqlang . U nimani anglatadi?
6. Bilim haqiqiyligini ovoz berish yo‘li bilan aniqlash mumkinmi? Ko‘pchilik ishonadigan biror nazariya, falsafiy taʼlimot, diniy qarash haqiqatning mezoni bo‘la oladimi?
7. Haqiqatning obʼektivligini inkor qilish agnostitsizmga olib keladimi? Asoslang.
8. Hayotingiz mazmunini tushuntirib bera olasizmi?
9. Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo –
- megadunyo –
- makrodunyo
ularni bir biridan farqlay olasizmi, bu darajalar bir biriga taʼsir qiladimi?
10. Yevropa sivilizatsiyasi chindan ham sivilizatsiyaning oliy shakli hisoblanadimi va u butun insoniyat rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatishga qodirmi?
Download 12.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling