8-ma’ruza mavzu: anion radikal o`lchamli – orolli, halqali va boshqa silikatlar. Reja


Download 54 Kb.
Sana24.05.2022
Hajmi54 Kb.
#703733
Bog'liq
8-mavzu ANION RADIKAL O`LCHAMLI – OROLLI, HALQALI VA BOSHQA SILIKATLAR.
moliyaviy menejment, refer a friend rules ru, refer a friend rules ru, temir-uglerod fefe3c holat diagrammasi, Mehnat Unumdorligi, Uni Oshirish Omillari Va , 2012-sud-bux-rustamov-lot, 2012-sud-bux-rustamov-lot, 2012-sud-bux-rustamov-lot, 1-maktab kamalak yulduzlari, Pul agregatlari, Pul agregatlari (1), 1 (1), Aziza, 1572014898, «Analogdan» 5Gga qadar va undan keyingi rivojlanish mobil aloqa

8-MA’RUZA
MAVZU: ANION RADIKAL O`LCHAMLI – OROLLI, HALQALI VA BOSHQA SILIKATLAR.
REJA:

  1. Anion radikal o‘lchamli, orolli, xalqali va boshqa silikatlar.

  2. Cheksiz anion radikal o‘lchamli-zanjirli, tasmali va karkasli silikatlar.  Tasniflanish asoslari va belgilari.

Silikatlar kristallokimesida radikal, anion, halqa, zanjir, tasma va karkas terminlaridan keng foydalaniladi. Asosiy radikal, anion yoki gruppa sifatida kremniykislorod tetraedrlari tushuniladi. 
Rentgenografiya usuli asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida har bir kremniy atomining to‘rtta kislorod atomi oralig‘ida joylashganligi tasdiqlandi. Kislorod atomlari tetraedrning to‘rt qirrasida joylashgan bo‘lib, ular oralig‘ida kremniy atomlari turadi. 
SiO4-tetraedrlari bir-birlari bilan bir, ikki, uch va to‘rt kislorod atomlari orqali ulangan bo‘lishi mumkin. Agar tetraedrlar bir-birlari bilan umumiy kislorodga ega bo‘lmasalar, u holda bir-biridan ajralgan tetraedrlarga ega bo‘lgan struktura paydo bo‘ladi. Bundan tashqari bir nechta tetraedr bir-biri bilan birikib, xalqa hosil qilishi mumkin va bu xalqalar umumiy kislorod bilan bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda silikatlarning orolsimon strukturasi paydo bo‘ladi. Misol tariqasida forsterit Mg2SiO4 yoki sirkon ZrSiO4 strukturalarini keltirish mumkin. 
Agar ikki tetraedr bir umumiy kislorod atomi bilan birikkan bo‘lsa, silikatlarning Si2O7 radikaliga ega bo‘lgan strukturasi paydo bo‘ladi. Misol tariqasida okermanit Ca2MgSi2O7 yoki gelenit Ca2Al2SiO7 ctrukturalarini ko‘rsatish mumkin.
Tetraedr SiO4 ikki umumiy kislorod atomlariga ega bo‘lsa, u holda trigonal halqa paydo bo‘ladi. Bunday halqa benitoit BaTiSi3O9 mineraliga hos.
Halqalar tetragonal yoki geksagonal ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Masalan, bunday halqa berill Be3Al2Si6O18 mineralida uchraydi.
Enstatit Mg2Si2O6 mineralida tetraedrlar ikki kislorod atomi bilan uzluksiz bog‘langan. Natijada cheksiz zanjir yoki zanjirsimon silikat hosil bo‘ladi. Bunday tuzilish monoklin va rombik shakllarda kristallanuvchi piroksen guruhi minerallari uchun o‘ta hos
Agar SiO4 tetraedri boshqa uch tetraedr bilan umumiy kislorod atomlari orqali bog‘langan bo‘lsa, u holda uzluksiz varaq hosil bo‘ladi. Bunday struktura tipi slyudasimon minerallar - talk, serpentin, kaolinit, muskovit, biotit, xlorit, glaukonitlarga hos.
Nihoyat, agar tetraedr boshqa to‘rt tetraedr bilan kislorod atomlari orqali bog‘langan bo‘lsa cheksiz uch o‘lchamli karkas hosil bo‘ladi. Adabiyotda bunday struktura tipini to‘qimasimon silikatlar deb ham ataladi. Bunday struktura tipi sodalit mineraliga ta’luqli. Ularda albatta (Si,Al)2O4 - radikali bo‘lishi shart.
Quyida biz silikat strukturalari tipiga oid jadvalni keltiramiz.
Jadval 1
Silikatlar tasnifi

№№

Sinf

SiO4 tetra-edrlarini tabakalari 

SiO4 tetraedr-larining bog‘lanishi

4(Si+Al) ga kislorod atomlar soni 

Misollar

1.

Ajralgan tetraedrli silikatalar

Alohida tetraedrlar

0

16

Mg2SiO4 forsterit

2.

Ajralgan gruppa tetraedrli silikatlar

Kapishti-rilgan tetraedrlar 

1

14

Ca2MgSi2O7 okeramanit

3.

Halqali silikatlar

Halqa

2

12

BaTiSi3O9 benitoit

4.

Zanjirli silikatlar

Zanjir

2

12

Mg2Si2O6 enstatit

5.

Varaqli silikatlar

Varak

3

10

Mg3Si4O10 (OH)2 
talk

6.

Karkasli silikatlar

Karkas

4

8

KSiAlO4 kaliofilit

Tasniflanish asoslari va belgilari. Er qobig‘ida kam uchraydigan elementlarning ko‘pchiligi tabiatda sodir bo‘ladigan geokimyoviy protsesslar ta’siri ostida mineral moddalarning ruda konlari deb ataladigan juda boy uyumlarini hosil qiladi. Agar mana shu sanoat uchun nihoyatda qimmatli metallarni qazib olish foydali bo‘lgan konlarini vujudga keltiruvchi o‘sha geokimyoviy protsesslari bo‘lmaganida, texnika va madaniy xozir shunchalik katta taraqqiyotga erisha olmasdi. Unda juda ko‘p minerallarni jinslardan laboratoriya sharoitlarida ajratib olinib, ularni juda ham qimmatli metallar deb hisoblanar edi. Vanadiy, seziy, galliy kabi metallar klarkining simob, vismut, kumush, oltin va boshqa elementlarining klarkidan bir necha martta ortiq ekanligi juda ham xarakterlidir. Birok ular juda ko‘p qimmatli xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, kishilarning xayotiy turmushida qo‘llanilmagan, chunki ularning sanoat- bob miqdorda to‘plangan konlari tabiatda nihoyatda kam uchraydi.
Og‘ir metallarning tabiiy birikmalari asosan bir muncha sodda birikmalardir. SHu elementlarning bir qismi (Fe, Mn, Sn, Cr, W, Nb, Ta, Th, U) ko‘prok kislorodli birikmalar bo‘lib, tarqalgan holda boshqa ko‘p elementlar (Fe, Ni, Co, Zn, Cu, Rb, Mo, Be, Ag va boshqalar) asosan oltingugurtli, margemushli va surmali birimalar uyumlari bo‘lib topiladi.
Er kobog‘ida kimyoviy elementlarning tarqalishida atom klarklari bilan o‘zi ishtirok etadigan minerallarning soni orasida P.P. Fillipenko ko‘rsatishicha, ba’zi to‘g‘ri (simbat) bog‘lanish bor bo‘lib, ayrim elementlargina bundan mustasnodir.
Bu ko‘prok kichik atom og‘irligiga ega bo‘lgan elementlar uchun hosdir.

Element

Atom klarki

Minerallar-ning soni

Element

Atom klarki

Minerallarni soni

O

53,39

1221

Fe

1,31

170

H

17,25

798

K

1,05

43

Si

16,11

377

C

0,51

194

Al

4,80

268

Ti

0,22

30

Na

1,82

100

Cl

0,10

67

Mg

1,72

105

F

0,07

50

Ca

1,41

194












NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Anion radikal o‘lchamli silikatlar.
2. Orolli, zanjirli silikatlar.
3. CHeksiz anion radikal o‘lchamli zanjirli silikatlar, radikal tasmali silikatlar, radikal karkasli silikatlar.
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling