8 ma’ruza urug’. Meva. O’simliklarning ko’payishi reja


Download 61.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.10.2023
Hajmi61.11 Kb.
#1725792
  1   2   3   4   5
Bog'liq
urug` va meva



8 - MA’RUZA URUG’. MEVA. O’SIMLIKLARNING KO’PAYISHI 
 
Reja 
1. Meva haqida tushuncha. 
2. Mevalarning klassifikatsiyasi. 
3. Urug‘ tuzilishi va tiplari. 
4. Miva va urug‘lardan foydalanish. 
Tayanch so’zlar: murtak, endosperm, urug’palla barglari, gipokotil, epikotil, 
perikarp (meva yonligi), ekzokarp (tashqi qavat), apokarp, senokarp, sinkarp, 
avtoxorlar, avtoxoriya, zooxoriya, antropoxoriya, anemoxoriya, gidroxoriya, 
mezokarp (o’rta qavat), endokarp (ichki qavat). 
Gulli o’simliklar urug’i, odatda murtak, endosperm va urug’po’stidan tashkil 
topadi. Murtak zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega 
bo’lgan hujayralardan iborat. Endosperm murtak qopchasidagi markaziy 
hujayraning qushilishi, ya'ni qo’sh urug’lanish natijasida kelib chiqadi. Uning 
hujayralari uch hissa xromosomalar yig’indiga ega. Murtak yangi o’simlikning 
embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo’ladi. 
Endosperm va murtakni dastlabki o’sish vaqtida ozuqa bilan ta'minlaydi. Gulli 
o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi murtak bilan endosperm bir-biriga 
nisbatan turli o’lchamdadir. Murtak urug’ning ko’pchilik qismini egallagan 
hollarda, uning o’zi yoki ko’pincha urug’pallalari oziq moddalar to’plovchi vazifani 
bajaradi yoki oziq moddalar perispermda to’planishi mumkin. 
Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan, erta 
unib ketishidan saqlasa, urug’larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib 
tuproqqa urug’ni birikib olishiga yordam beradi hamda urug’ni tarqalishida ishtirok 
etadi. Urug’ po’stida suvni shimib bo’kishi uchun mayda teshik bo’ladi, u odatda 
urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, chok ham bo’lib, u urug’bandiga birikish joyi 
hisoblanadi. Endosperm asosan g’amlovchi to’qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil 
va moy tomchilaridan tashqari zahira oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi 
mumkin. 


Murtak. Murtak embrion holdagi o’simlik, unda murtak holda o’simlikning 
barcha vegetativ organlari (ildiz va novdalar) bo’ladi. Ildizdan kurtakka o’tish zonasi 
murtak poyachasidir, bu qism poyaning birinchi bo’g’im oralig’idir. Uni gipokotil 
deb ataladi. Murtak holdagi kurtak o’sish konusi va murtak holdagi bargchalardan 
iborat. 

Download 61.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling