8-Mavzu: bosimni o’lchash usullari va asboblari. Reja


Download 0.56 Mb.
bet4/12
Sana26.02.2020
Hajmi0.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4.3-расм. Оғма найчали микроманометр.
ikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o‘lchash uchun og‘ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi (4.3-rasm).

Naycha og‘ma vaziyatda bo‘lgani sababli o‘lchanayotgan bosimni muvozanatlaydigan suyuqlik ustunining uzunligi quyidagicha bo‘ladi:



(4.15)

bunda n — suyuqlik meniskining shkala bo‘yicha siljishi, m.

Bunday asboblar 160—1000 Pa chegaradagi bosimlarni o‘lchashga mo‘ljallangan, ularning xatosi ±1,0 protsentdan oshmaydi.

Bosimni, uning kamayishini yoki farqini keng chegaralarda o‘lchashga to‘g‘ri kelgan hollarda o‘zgaruvchi og‘ish burchakli mikromanometrlardan foydalaniladi. Mikromanometr MMN shunday asboblardan biri bo‘lib, 0,5 va 1,0 aniqlik klassi bilan, 0—2,4 kPa o‘lchash chegarasiga mo‘ljallab chiqariladi.

YUqorida keltirilgan suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo‘llaniladi. Ularning kamchiliklari—ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat.

Texnik o‘lchashlarda kombinatsiyalashgan suyuqlikli—mexa­nik asboblar qo‘llaniladi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblar­dan farqli o‘laroq ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga po‘kakli (qalqovichli), qo‘ng‘iroqli va halqali asboblar kiradi.



Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalani­ladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalkovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.

4.4-rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga R1 > R2 bosim berilganda undagi suyuklik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. R1 R2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h uzunligi orkali muvozanatlashadi:



h = h1 + h2. (5.16)

Sistemaning muvozanat sharti quyidagi formula orqali ifodalanadi:



4.4- rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi,


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling