8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
такой



 
  8-MAVZU: JON MEYNARD KEYNS TA`LIMOTI VA 
KEYNSCHILIK
 
8.1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti 
 
Jon Meynard Keyns (1883–1946) hozirgi zamonning buyuk iqtisodchi olimi. 
Uning  dunyoqarashi  o’zi  oldin  bilim  olgan,  keyin  o’qituvchilik  qilgan  Kembrij 
universitetida  shakllandi.  U  bu  erda  ikkinchi  bir  atoqli  olim  –  Kembrij  iqtisodiy 
maktabi-ning    asoschisi    A.Marshall    qo’lida    ta’lim    oldi.    Ammo    uning    izidan 
bormadi, o’ziga xos yo’nalishda nazariya yaratdi. 
Birinchi   Jahon   urushi   davrida   va   urushdan   keyingi   yillarda   u   pul 
muomalasi  muammosiga  alohida  e’tiborni  qaratdi  va  oltin  standartni 
tartiblanadigan   valyuta   bilan   almashtirish   g’oyasini   ilgari   surdi.   Bunday 
tadbirning     amalga     oshirilishi     davlatning     makroiqtisodiy     jarayonga    ta’sir 
ko’rsatish  dastagiga  ega  bo’lish  imkonini  beradi.  J.M.Keyns  pul  birligini 
mustahkamlashning  ashaddiy  tarafdori  bo’lgan.  U  shunday  yozadi:  «Ulyanov 
Lenin    kapitalistik    tizimni    yo’qotishning    eng    yaxshi    usuli    –    bu    inflyatsiya 
vositasida  uning  valyutasini  obro’sizlantirish  va  kuchsizlan-tirish  deb  tasdiqlagan 
edi. Lenin mutlaq haq bo’lgan. Amal qilib turgan jamiyatni to’ntarishning bundan 
nozik va to’g’ri usul yo’q». 
Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan  «inflya-tsiya solig’i» (pul 
qadrsizlanganda  uning  egasi  o’z  jamg’armasi  qiymatining  bir  qismini  yo’qotadi) 
va  uning  salbiy  oqibatlarni  ko’rsatib  berdi.  Surunkali  inflyatsiya  sharoitida  ishlab 
chiqarish  faoliyati  bilan,  ayniqsa,  uzoq  muddatli  investitsiya  loyihalari  bilan 
shug’ullanish,  oddiy  qilib  aytganda,  befoyda:  pul  juda  sekin  aylanadi  va  o’zining 
sotib  olish  qobiliyatini  yo’qotadi.  Shuning  uchun  chayqovchilik  faol  tadbirkorlik 
faoliyati  sohasiga  aylanadi.  U  turli  bozorlarda  baholar  o’rtasidagi  farq  hisobiga 
foydani ko’paytirishga imkon beradi. 
J.M.Keyns   o’z   tadqiqotlari   asosida   bir   qator   asarlarni   nashr   etdi.   Ular 
«Ehtimollar    to’g’risida    traktat»    (1921),    «Er-kin    tadbirkorlikning    tugatilishi» 
(1926),  «Pul  to’g’risida  traktat»  (1930)  va  boshqalar.  Uning  «Ish  bilan  bandlik, 
foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili chop etildi. 
J.M.Keyns ilmiy  ishlar bilan birga  faol amaliy va  siyosiy faoliyat bilan ham 
shug’ullandi. U yirik sug’urta kompaniyasining raisi, investitsiya kompaniyasining 
boshqaruvchisi,  «Iqtisodiy jurnal»  muharriri, davlat amaldori,  moliya  vazirligining 
iqti-sod bo’yicha maslahatchisi lavozimlarida ishladi. 
Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy inqiroz va 
ish  bilan  bandlik  savollari  bilan   yaqindan  shug’ullana  boshladi.  1929  yili  u 
ishsizlik  muammolari  bo’yicha  iqtisodiy  kengash  raisi  etib  tayinlandi.  Ikkinchi 
Jahon urushi yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 
1941  yili  u  AQSh  hukumati  bilan  lend-liz  kelishuvi  bo’yicha  materiallarni  va


boshqa  moliyaviy  hujjatlarni  tayyorlash  uchun  ingliz  hukumati  delegatsiyasi 
tarkibiga  kiritildi.  1942  yilda  Angliya  banki  direktorlaridan  biri  etib  tayinlandi. 
J.M.Keyns  1944  yilda  Xalqaro  valyuta  fondi  va  Xalqaro  tiklanish  va  rivojlanish 
bankini tashkil  etish  rejasini ishlab chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga 
o’z    mamlakatining    bosh    vakili    qilib    tasdiqlandi.    Keyin    esa    ushbu    xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv a’zolaridan biri etib tayinlandi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling