8-MAVZU: MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN FOYDALANISH TAHLILI
8.1. Moddiy resurslarning holati va ulardan samarali foydalanish tahlilining maqsadi, vazifalari hamda axborot manbalari
8.2. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikni tahlili
8.3. Ombor zaxiralari holati tahlili
8.4. Material resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
8.5. Material resurslardan foydalanish tahlili
8.6. Moddiy resurslarning ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmiga ta’sirini omilli tahlili
8.1. Moddiy resurslarning holati va ulardan samarali foydalanish tahlilining maqsadi, vazifalari hamda axborot manbalari
Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositalari va mehnat predmetlarining uzluksiz doiraviy aylanishini o’zida aks ettiradi. Buning natijasida ular shaxsiy iste’mol predmetlariga aylanadi va ishlab chiqarish sohasini tark etadi yoki ishlab chiqarishning yangi vositalari sifatida yana uning tarkibiga qo’shiladi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida korxonani mehnat predmetlari bilan ta’minotini tashkil qilish samaradorligi, ulardan ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mehnat predmetlariga quyidagilar kiritiladi:
xom ashyo va materiallar
qo’shimcha materiallar
yonilg’i va energiya
ta’mir uchun ehtiyot qismlar va boshqalar
Moddiy resurslarni iste’mol qilish jarayonida ularning moddiy xarajatlarga o’zgarishi sodir bo’ladi, shuning uchun xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyadan tejamkor foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Material sig’imi, mehnat sig’imi, fond sig’imi, kapital qo’yilmalar darajasi, mahsulot tannarxi va korxona foydasi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqa mavjud.
Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash variantlarini izlash tahlilning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Moddiy resurslar tahlilining asosiy bosqichlari:
- moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash;
- moddiy resurslardan foydalanish samaradorligining moddiy sarflar miqdoriga ta’sirini baholash;
- korxonaning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;
- materiallarni sarflash me’yorlari asoslanganligini tahlil qilish;
- moddiy resurslarga optimal ehtiyojni asoslash.
Moddiy resurslar tahlili uchun axborot manbalari sifatida moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanish haqida va ishlab chiqarish xarajatlari haqida statistik hisobot, ta’minot bo’limining tezkor ma’lumotlari, moddiy resurslar kirimi, sarfi va qoldig’i haqida analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot rejalari, xom ashyo va materiallar etkazib berish shartnomalari, biznes reja kabilar xizmat qiladi.
Моддий ресурслар билан таъминланиш аҳволининг таҳлили солиштириш, кўрсаткичлар фарқи, занжирли боғланиш усуллари ёрдамида амалга оширилади. Биринчи навбатда улар билан таъминланиш даражасининг умумий ўзгариши, сўнгра ушбу ўзгаришга омилларнинг таъсири аниқланиб, моддий ресурслар билан таъминланиш даражасига баҳо берилади. Шундан сўнг моддий ресурслардан фойдаланиш даражасининг таҳлили амалга оширилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |