8-mavzu: O'zbekiston hududlarining xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari
Download 186.1 Kb. Pdf ko'rish
|
19-65 guruh Urmonjonov Nizomiddin 8-seminar
8-mavzu:O'zbekiston hududlarining xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.
Savollar. 1. 15-asr oxiri 16-asr boshlarida Movorounnahrdagi ijtimoiy siyosiy hayot. 2. Shyboniylar va ashtarxoniylar sulolasi haqida qanday ma'lumotga egasiz. 3. Buxoro amirligi haqida aytib bering. 4. Xiva xonligi haqida ma'lumot bering. 5.Qo'qon xonligi haqida qanday ma'lumotga egasiz. Javoblar. 1.XV asrning oxiri XVI asr Dashti Qipchoq, Movaraunnahr va Xurosonda bo`Iib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiy madaniy ahvoli to`g`risida qimmatli ma'lumotlar beruvchi asarlar juda ko’p. Bular ichida Zahriddin Muhammad Boburning (1453-1530) "Boburnoma", shoir va tarixchi olimlardan Kamoltddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad Solih (1453-1535)larning forsiy va o’zbek tilda bitilgan "Shayboniynoma" asarlari, Xondamirning "Habib us-siyar", Fazlulloh ibn Ruzbehon (1457-1530) ning "Mehmonnomayi Buxoro", noma'lum muallifning "Tavorixi guzida", "Nusratnoma", Mirzo Muhammad Haydar (1500-1556)ning "Tarixi Rashidiy", Abdulloh Nasrullohiyning "Zubdai ul-Osor", Xo`ja Qulibek Balxiyning "Tarixi Qipchoqxoniy" va Hofiq Tanish Buxoriy (1547-1604) ning "Sharofnomayi shohiy" ("Abdullanoma" nomi bilan mashhur) asarlari alohida ahamiyatga ega.
Muhammad Shayboniyxonning markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun amalga oshirgan ba'zi chora tadbirlari, beklarning kuchayishi va o’zaro kurashlariga hatn sabab bo’ldi. Masalan-, davlat boshqaruvi sohasida suyurg`ol tizimining joriy etilib, bosib olgan hududlarda boshqaruv ishining farzandlari, qarindosh-urug`lari, qabila boshliqlariga topshirilishi uning vafotidan keyin markaziy hokimiyatdan mustaqil bo`lishga intilishlarni kuchaytirdi.
Mamlakat xo`jaligini tiklash uchun bo`sh yotgan yerlar, vafot etgan yoki soliqlar og`irligidan ko`chib ketgan mahalliy mulkdorlar yerlari qayta taqsimlandi. Bu esa ijtimoiy hayotni tartibga solishga yordam berdi.
Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti o`tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir hil bо`lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeyini kuchaytirish, shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o’zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi. 1515-yilda oliy hukmdor Ko`chkunchixon pul islohoti o`tkazishga majbur bo’ldi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o`tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etgan bo`lib, markaziy hokimiyat kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi.
Pul islohotini bosqichma-bosqich o`tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullarni otasi nomidan (1560-1583) chiqarganda mamlakatdagi bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan bo`lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarida (1583-1598), asosan, Buxoroda markazlashgan pul zarb qilishni yo`lga qo`ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba'zati Balx, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga ruxsat bergan. 2.Ashtarxoniylar, Joniylar – 1601–1756-yillarda o‘zbek davlatchili- gini boshqargan sulola. Jo‘jixon naslidan bo‘lgan аshtаrxonlar (joniylаr) sulolasi asli Astrаxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukm- ronlik qilganlar. Astraxanni Ivan Grozniy 1556-yili bosib olgach Ashtarxoniylar Yormuhammad boshchiligida Buxoroga Iskandar Sulton saroyiga kelib o‘rnashadilar. Yormuhammadning o‘g‘li Jo- nibek Sultonga Iskandarning qizi, Abdullaxon II singlisi Zuhrabe- gim nikohlab beriladi. Undan Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammadlar dunyoga keladi. Shu zayilda Shayboniylаrgа qarindoshlik rishtalari bog‘lanadi. Natijada 1601-yili Shayboniy- larning so‘nggi vakili Pirmuhammad vafot etgach, Shayboniylardan taxt vorisi chiqmaganda Buxorodа yashab turgаn Jonibek sultonni xon qilib ko‘tаrishgа qаror qiladilаr. Lekin Jonibek sulton bu tаklif- dаn bosh tortadi. Taxtgа Jonibekning kаttа o‘g‘li Din Muhammаdni ko‘tаrаdilаr. Аmmo u Buxorogа kelаyotganda Obivardda jangda halok bo‘lаdi. Shundа uning ukаsi Boqi Muhammаdxon voris deb e’lon qilinаdi. Qаbul qilingаn аn’аnаgа ko‘rа Vali Muhammаd Balx- gа noib etib yuborildi. Аnа shu tаriqа 1601-yildаn boshlаb Buxoro xonligidа hokimiyat Ashtarxoniylar sulolаsi qo‘liga o‘tadi. Bu yanа Jonibek sulolаsi – «Joniylаr» sulolаsi deb ham yuritilаdi.Shayboniylаr hukmronligi yillаridа eng oliy dаvlаt idorаsi dargoh hisoblаngаn. Uning tepasidа oliy hukmdor – xon turgаn. Oliy hukmronlik otаdаn bolаgа emаs, bаlki sulolаdаgi eng ulug‘ nаmoyondаgа o‘tgаn. Keyinchalik bu аn’аnа sulolа ichidan oilаviy taxt vorisligigа o‘tgаn. Abdullaxon II dаvrigа kelib, mаsаlаn, hoki- miyat Iskаndаrxondan o‘g‘li Abdullaxongа, Abdullaxondаn esа o‘g‘li Аbdulmo‘mingа o‘tgаn. Аmmo shayboniylаr sulolаsidаgi dаvomiylik so‘nggi pаytgа qаdаr ana shu tartibda shakllаnа olmа- gаn. Abdullaxon II dаvridа Balx viloyati hokimligini valiahdgа topshirish аn’аnаsi shakllаnib borgаn. Biroq Shayboniylаr fаoliyati- gа chek qo‘yilishi bilan bu аn’аnа rivojlаnmаy qolgan. Bu аn’аnа ashtarxoniylаr dаvridа yana tiklаngаn. Dargohdаgi xondan keyingi dаvlаt mаnsаbi sаrdor, boshliq, yetakchi deb hisoblаngаn vа u xonning eng ishonchli vа yaqin kishi- lаridаn biri bo‘lgаn. Qаbul mаrosimlаridа u xonning chap tomonidаn joy olgаn vа dаvlаtning ichki vа tаshqi siyosаti, harbiy mаsаlаlаrdа xonning birinchi maslahatchisi deb qаrаlib, xon fаrmon vа yorliq- lаridа uning nomi birinchi bo‘lib qаyd etilgаn. Mаsаlаn, 1570-yili Buxorodа hokimiyatni tiklash jаrаyonidа, buxoroliklаr bilаn muzo- kаrаgа xon o‘z sаrdorini yuborgаn. Bundаn tashqari, harbiy yurishni uyushtirish, dushman harbiy qudratini o‘rgаnish, elchilik vаzifаlаrini bаjаrish vаzifаlаrini ham sаrdor olib borgаn. Dаvlаt tаsаrrufigа tegishli mаnsаblаrdаn yanа biri – otаliqdir. U otаsining o‘rnini bosmoq mаzmunini аnglаtаdi. Ushbu xizmat hokimiyatning joylаrdаgi viloyat – mulklаrdаgi siyosаtini belgilash- dа kаttа ahamiyatgа egа bo‘lgаn. Zero, oliy hukmdor mаmlа- kаt qismlаrini viloyatlаrni sulolа nаmoyandаlаri – shahzodalаrigаtаqsimlаb bergаn. Bаlog‘аt yoshigа yetmаgаn shahzodalаr, to ul- g‘аyib mustаqil fаoliyat ko‘rsаtgunlаrigа qаdаr, otаliqlаr hokimiyatni boshqargаnlаr. Ulаr butun bir viloyat tаqdirini hal etib kelganlаr. Xonning chiqаrgаn hukmini yorliq vа boshqa rаsmiy hujjаtlаrini o‘z egаlаrigа yetkаzishgа parvonachi jаvobgаr bo‘lgаn. Dargohgа tushgan аrzlаrni qаbul qilib, jаvobni berish, mаm- lаkаtdаgi tаrtiblаrgа аmаl qilinishini nаzorаt qilish dodxoh zim- mаsigа yuklаtilgаn. Shuningdek u elchilаrni qаbul qilish, elchilik yumuchlаrini tashkil etish vа hatto shaxsan elchi sifаtidа boshqa mаmlаkаtlаrgа borib kelish tаdbirlаrini bаjаrgаn. Ko‘kаldosh, ya’ni ko‘ngildosh mаnsаbi dargohdаgi muhim lаvozimlаrdаn biri hisoblаn- gаn. Bu lаvozimgа xon vа sulolаning eng yaqin kishilаridаn qo‘yil- gаn. Oddiy qilib аytgаndа, mаmlаkаtdа xon olib borаyotgаn siyo- sаt dаxlsizligi, ungа kishilаrning munosаbаtlаri kаbi ishlаrni nаzorаt qilib borish ko‘kаldoshning vаzifаsi bo‘lgаn. Mаsаlаn, Abdullaxon II vа Аbdulmo‘min o‘rtаsidаgi qаrаmа-qarshilikni bаrtаrаf etishdа Qulbobo ko‘kаldosh аsosiy o‘rin tutgаn. U xongа Аbdulmo‘min ha- rаkаtlаri vа mаqsаdlаrini oldindаn bilib, to‘g‘ri mа’lumot bergаn. Shuning uchun Аbdulmo‘min taxtgа chiqqаndаn so‘ng‘ Qulbobo ko‘kаldoshdаn qutulish uchun uni qаtl ettirgаn. Xon bilаn shahzodalаr o‘rtаsidаgi аloqаlаrni, sulolа ichki muno- sаbаtlаrigа oid tаdbirlаrni yo‘lgа qo‘yishni xon yasovuli olib borgаn. U shahzodalаrni xon tomonidаn qаbul qilish, аrzlаr, iltimoslаrini yetkаzish kаbi ishlаrni bаjаrgаn.XVI аsrning oxiri – XVIII аsrning birinchi yarmidа Shayboniy- lаr vа Ashtarxoniylаr xususiy mulkchilikka аsoslаngаn yer egаligi munosаbаtlаri bosqichidа edilаr. Аyrim qаbilаlаr tepasidа voris zodаgonlаr – Chingizxon xonadonidаn bo‘lgаn sultonlаr turаrdi. O‘z nаvbаtidа qаbilаlаr, urug‘lаr vа аvlodlаrgа bo‘lingаn edi. Ulаr sultonlаr bilаn birgа qаbilаlаrning yetakchisi – beklar vа biylаr tomonidаn boshqarilаdi. Ulаrdаn eng qudrаtlilari xon etib sаylаnаrdi. Xonning o‘z lashkari bo‘lib, qаbilаlаrning yigitlаri bilаn birgа uning qurolli kuchlаrini tashkil etgan. 3.Buxoro Amirligi — Buxoro xonligini 1753-yildan keyingi nomi; ashtarxoniylar o‘rniga kelgan mang‘itlar sulolasi vakillari o‘zlarini amir deb atashgan. Shunga ko‘ra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920-yil Buxoro bosqini natijasida tugatilgan.Poytaxti-Buxoro, tillari-o'zbek tili va fors tili, aholisi - o'zbeklar va tojiklar,boshqaruv shakli - mutloq manarxiya. Amir Mirshod 1758-yil Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonkoʻl hokimi Doniyorbiy (1758-1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qat ʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan
boʻlib, u katta jome ʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi. Amir Haydar (1800-1826-yy.) otasidan soʻng taxtga oʻtirgan vaqtda butun Mavorounnahr uning hukmiga boʻysinar edi. Haydarning taxtga koʻtarilishi ommaviy qoʻzgʻolonlar va qatllar bilan toʻgʻri keldi. 1800-yili Marv turkmanlari bosh koʻtarishdi. Ichki janjallarga koʻp oʻtmasdan Qoʻqon bilan Oʻratepa uchun urush qoʻshildi. Haydar ushbu shaharni tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Amir Haydar davrida siyosiy tizim yakka hokimiyatchilik tomon intilayotgan markazlashgan monarxiyadan tashkil topgan edi. Amirga 4 ming kishigacha yetadigan byurokratik mahkama xizmat qilardi. Armiyaning miqdori oshdi. Faqat Buxoroning oʻzida 12 ming harbiydan iborat qoʻshin turardi. Ahmad Donishning yozib qoldirishicha, Amir Haydar boshqaruv vaqtiga „har 3-6 oyda yuzaga keladigan toʻxtovsiz feodal urushlar davri“ deya baho berish mumkin. Haydardan soʻng taxtga uning oʻgʻli Nasrullo (1826-1860-yy.) oʻtirdi. Unga hokimiyat sari yoʻl ochish maqsadida akalari Husayn va Umar oʻldirildi. Armiya va ruxoniylarga suyangan Nasrullo zodagonlarni jilovlash maqsadida feodal tarqoqlikka qarshi qat
ʼiy kurash olib bordi. Hukmronligining birinchi oyida u har kuni 50-60 tadan kishini qatl qildi. Nasrullo shu paytgacha amirlik tarkibiga faqat nomigagina kirgan viloyatlarni birlashtirishga erishdi. Viloyatlarni boshqarishga oʻziga mute ʼ boʻlgan „nasl-nasabsiz“ kishilarni tayinladi. Nasrullo amirligi chogʻida Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan Marv, Chorjoʻy, Oʻratepa, Xoʻjand kabi chegarada joylashgan alohida hududlar uchun boʻlgan tinimsiz urushlar davom etib turdi. Shahrisabz va Kitob hukmdorlarining qarshiligi, ayniqsa kuchli boʻldi. Bir necha harbiy yurishlardan soʻng 1853-yilga kelib ular Buxoroga boʻysindirildi. Amirlik tarkibiga faqat Zarafsxon daryosining oʻrta va quyi oqimidagi vohagina barqaror kirgan edi.
Buxoro amirligi bayrog'i. 4.Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920 yillarda). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-asrning 70-yillaridan boshlab — Xiva shahri.Poyatxti - Xiva shahri,dini - islom, tillari-o'zbek va fors, boshqaruv shakli - monarxiya. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qal ʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan. 16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda Eron va Marvgacha, shimolda Ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va boshqalar tashkil qilgan. Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining ma ʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan. Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdosotiq ishlari olib borgan. Soliqdar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juz ʼyadan iborat boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba ʼzi turlari amalga oshirilgan.
Xiva xonligi bayrog'i. 5.Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746 yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi.19-asrning 1-yarmida Qo'qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning soʻl sohili bilan Qorategin oraligidagi Qoʻqon viloyati; Sirdaryoning oʻng sohilidan to Olatovgacha boʻlgan Namangan viloyati; Xoʻjand shahri; Xoʻjand bilan Toshkent orali-gʻidagi Oʻratepa viloyati. Xonlikning eng shim. viloyati Turkiston, Betpaq-dala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻidagi yerlar kirardi. Billurtogʻning gʻarbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Koʻlob, Shugʻnon singari bir qator togʻli tumanlar ham Qo'qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qoʻqonliklar 19-asrning 30-yillarida boʻysundirishgan boʻlsa-da, ular tez-tez qoʻldan-qoʻlga, koʻproq Buxoro amiri ixtiyoriga oʻtib turardi. Xonlari:Shohruhbiy 1710–1721 Abdurahimbiy 1721–1733 Abdulkarimbiy 1733–1750 Erdonabiy 1750–1770 Sulaymon 1770 III Shohruh 1770 Narboʻta biy 1770–1800 Olimxon 1800–1809 Muhammad Umar 1809–1822 Muhammad Ali 1822–1842 Sherali 1842–1845 Murod Bek Xon 1845 Muhammad Xudoyor xon 1845–1858 Muhammad Mullabiy 1858–1862 Shohmurod 1862 Muhammad Xudoyor xon 1862–1863 Muhammad Sulton 1863–1866 Muhammad Xudoyor xon 1866–1875 Nasriddin 1875 Poʻlat xon 1875 Nasriddin 1876-1876. Oʻzbeklar Qoʻqon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Ta ʼkidlab oʻtish oʻrinliki, XX asr boshlariga qadar oʻzbeklarning bir qismi oʻtroq, qolgan qismi esa yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy oʻzbeklarining 828 mingdan ziyodrogʻi oʻtroq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashgʻul boʻlganlar. Rus tilidagi adabiyotlarda aholining ushbu oʻtroq qismiga nisbatan „sart“ etnonimi qoʻllaniladi. Biroq, keyingi yillarda oʻzbek xalqiga nisbatan bu etnonimni qoʻllanilishi toʻgʻri emasligi va ushbu etnonim mazkur xalqqa past nazar bilan, kamsitilib qarash nuqtai-nazaridan, rusiyzabon tadqiqotchilar tomonidan ilmiy iste ʼmolga olib kirilganligi haqidagi fikr-mulohazalar bayon etilmoqda. Oʻzbek xalqiga nisbatan „sart“ etnonimining qoʻllanilishi, tarixiy haqiqatga zidligi, oʻzbek xalqiga ushbu etnonim hech qachon oʻz xalqining nomi sifatida qoʻllanilmaganligi haqida jadidchilik harakatining namoyandasi Mahmudxoʻja Behbudiy ham oʻz davrida ta ʼkidlab oʻtgan edi. Turli urugʻ-qabilaviy tuzilishga ega boʻlgan yarimoʻtroq (yarimkoʻchmanchi) oʻzbeklarning vodiydagi umumiy soni oʻsha davr ma ʼlumotlariga koʻra 215 ming nafardan koʻproqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qoʻqon xonligi hududidagi yirik etnografik guruhlar hisoblangan. Ushbu urugʻ-qabilalar oʻzbek xalqini konsolidatsiyalashuvida muhim etnik komponentlar sifatida qatnashdilar.
Download 186.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling