8-mavzu: Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish


Download 34.97 Kb.
Sana14.10.2019
Hajmi34.97 Kb.
#71326
Bog'liq
8- mavzu
1569220250, Aylanma kapital - Vikipediya(1), #DTM, 2 5256236772764943884, 2 5256236772764943884, 2 5395523498477094259, Kredit, ayol huquqlarini himoya qilish xalqaro andozalar va milliy qonunchilik (1), 4.11, vvvv, vvvv, handout 1.13- writing a short story review, 1580138803, 1-maruza (1)

8-mavzu: Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish

Reja:



    1. Ishlab chiqarishni ekstensiv va intesiv rivojlantirishning mohiyati.

    2. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy omillari.

    1. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ko'rsatkichlari.

    1. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo'llari.

Kalit so’zlar: ekstensiv va intesiv, Ishlab chiqarishni intensivlashtirish, intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi,

Foydalangan adabiyotlar.

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir». -T. «O’zbekiston», 2010y.

  2. Umrzoqov O’.P., Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti: o’quv qo’llanma. - T.: Iqtisod – moliya, 2008. – 268 b.

  3. O.Murtazayev, I.G’aniyev, Sh.Hasanov, F.Ahrorov. Agrarsiyosat va qishloq xo’jaligi bozorlari. O’quv qo’llanma. Samarqand 2009 y.

Xorijiy adabiyotlar:

  1. Charles W. L. Hill, Steven L. McShane. Principles of Management. 13th ed. ISBN 978-0-07-353012-3. –New York, 2008. -529 p.

  2. Rickky W. Griffin. Fundamentals of Management. 8th ed. ISBN 978-1-285-84904-1. –Texas, 2016. – 547 p.

  3. Ronald D. Kay, William M. Edwards, Patricia A.Duffy. Farm management. – 6th ed. ISBN 978-0-07-302829-3 – ISBN 0-07-302829-0. –New York, 2008. – 463 p.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Nazimov S., Eshonxo’jayev D. Qishloq xo’jaligida menejment. Namangan, NamMPI, 2001.

  2. I.M.G`aniyev. Agrar siyosat. (ma`ruza matnlari). Samarqand. 2004 y.


Internet saytlari

  1. www.samqxi.uz – Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi

  2. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

  3. www.uzreport.com – Axborot agentligi.

  4. www.agro.uz – O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi.


8.1. Ishlab chiqarishni ekstensiv va intesiv rivojlantirishning mohiyati.

Qishloq xo'jaligining rivojlanishi kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi va estensiv va intensiv yo'llaridan foydalaniladi. Ekstensiv shaklidagi qishloq xo'jaligini rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikni o'sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o'zgarish hisobiga ekin maydonlarini ko'paytirish, chorva mollarini boshini ko'paytirish va qo'shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslarini ko'lamlarini ortishi yuz bergani holda texnika texnalogiyasi, sifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o'zgarmaydi.

Ekstensiv omillari o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko'plab ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar o'z tarixining dastlabki davrlardan boshlab, o'zlari o'zlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidirish uchun yer sharining har tomoniga tarqalganlar. Yangi yerlarni o'zgartirish hozirgi davrda bizning mamlakatimizdagi kabi dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom etmokda. Shu bilan birgalikda dunyo mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligini yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va ahamiyatiliroq shakli bo'lgan intensivlashtirish muhim o'rin tutadi. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishni intensiv shaklda mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi sifat omillar evaziga, ya'ni nisbatan takomilashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to'la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiyt ta'sir etuvchi ilg'or texnalogiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishni zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba'zi hollarda samarali bo'lishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb ta'kidlash fikri o'zini oqlamaydi. Amalda bu ikki yo'l ishlab chiqarishni rivojlanishida bir-birini to'ldirib, piravorida umumiy iqtisodiy samardorlikni ortishiga olib keladi.

Ular yagona xo'jalik faoliyatiga xos usullar bo'lib, bir vaqtning o'zida iqtisodiy o'sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat(intensiv) jihatlari mavjud bo'ladi, ammo ularning nisbati har xil mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyot qo'l mehnati texnologiyasi va malakasiz ish kuchiga asoslangan joyda, ekstensiv o'sish ustun turadi. Aksincha, ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum texnologiya va yuksak malakali ish kuchiga tayangan joyda intensiv o'sish birinchi o'rinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari qonuniyatli tarzda intensiv o'sishning ahamiyati barqaror oshib boradi.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning intensivlashtirish nazariyasi avvalom bor yer xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma'lumki yerni asosiy vosita sifatida muhim xususiyatlaridan biri uni chegaralanganligidir. Yerni chegaranganligi o'z navbatida qishloq xo'jaligini intensivlvashtirishni taqazo etadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishni qo'shimcha yer maydonlarini o'zlashtirish orqali amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud o'zlashtirilgan yerlarni sifatini yaxshilash, binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ma'lumki, mamlakatimizda don mustaqilligini ta'minlash yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmokda. Almashlab ekish tizimlar yangilanib g'o'za, g'alla, beda ekinlari ekiladigan qisqa aylanishli yangi me'yor joriy etilayotir. Binobarin, respublikada paxta maydonlari qisqartirildi va hozirda 1,5 million gektar chigit ekilmoqda. Bu ko'rsatkich 2002 yilgacha saqlanib turilishi ko'zda tutilgan bo'lib, endigi talab paxta yetishtirishni faqat intensiv texnalogiya asosida ko'paytirilishidan iboratdir. O'zbekistonda 1995 yilidan boshlab, chigitni plyonka ostiga erta muddatlarda ekish joriy etilib, u yaxshi natijalar berdi, ya'ni hosildorlik ochiq maydonlardagidan gektariga 10-15 sentner yuqori, qo'ltivasiya va o'g'it solish tadbirlarining takomillashuvi natijasida yoqilg'i moylash materiallari sarfi 30%ga kamaydi. Paxta yig'im-terimini erta tugatishga erishish hisobiga esa kuzgi boshoqlilarni ekish imkoniyati yaratildi.

8.2. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning asosiy omillari.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish - ko'p jihatli jarayon bo'lib, hozirgi sharoitda qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi:

Iqtisodiy munosabatlarni tubdan qayta qurish. Qishloq xo'jaligini yuksaltirishni birlamchi masalalaridan biri qishloqda iqtisodiy munosabatlarini o'zgartirish, dehqonlarga kam xarajatlar sarflagan holda ko'plab sifatli mahsulot yetishtirishga intilish hissiyotiga ega bo'lgan yerning haqiqiy egalik huquqini qaytarish. Qishloqda iqtisodiy qayta qurishning asosida - dehqonlarga mustaqil harakat etish, tadbirkorlik va tashabbuskorlikni amalga oshiririshga zamin yarata oladigan xo'jalik yuritishning turli mulkchilikka va shakliga asoslangan muhitni yaratish.

Yetishtirilgan mahsulotlarni asrash, uni nobudgarchiligini oldini olish. Qishloq xo'jaligini mavsumiylik xususiyatini unga mutanosib holda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishiga bo'lgan talabni yanada oshiradi. Qishloq xo'jaligida yuritishning turli mulkchilik shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarishga yaqin yillarda saqlash, qayta ishlash shoxobchalarini yaratilishi imkoniyatlari tug'iladi. Mahsulotlarni nobudgarchiligini oldini olish bilan bir qatorda ularni tashish bilan bog'liq xarajatlarni kamayishiga erishiladi.

Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish. Ishlab chiqarishni kimyolashtirishning asosida yerning unumdorligini oshirish orqali o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi:

Hosildorlikni oshirishga qaratilgan mineral o'g'itlarni tadbiq etish tadbirlari;

Kimyoviy vositalardan begona o'tlarga qarshi kurashish tadbirlari;

v) O'simlik va chorva mollari zararkunanda hashoratlari va kasalliklariga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalanish;

g) Chorva mollarini to'yimligini oshirishda kimyoviy chiqarilgan mahsulotlarini keng ko'lamda qo'llanishiga qaratilgan tadbirlar.

d) Qishloq xo'jaligida, Kime sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng ko'lamda qo'llanilishiga qaratilgan tadbirlar.

Qishloq xo'jaligini meliorasiyalash. Qishloq xo'jaligi mahsuldorligini qo'shimchalardan foydalanish. D) Qishloq xo'jaligida, kimyo sanoatida, ishlab chiqarishni oshirishda - sug'orish, zax qochirish, yerni ohaklash, sho'rni yuvish tadbirlarini o'z vaqtida, sifatli amalga oshirish muhim omillar jumlasiga kiradi.

Resurs talabchanligi kam bo'lgan intensiv texnalogiyalarni qo'llash. Dehqonchilikda mavjud texnilogiyalarni takomillashtirish muhim bo'lib, ularni asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

Ilmiy asoslangan o'g'it me'yorlarini qo'llash orqali qishloq xo'jaligi ekinlarining ozuqa talabchanligini optimallashtirish;

Qishloq xo'jalik ekinlarini intensiv navlarini ishlab chiqarishga tadqiq etish;

v) Yerdan va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanishni ko'zda tutgan o'simliklarni joylashtirishning rasional sxemalarlarini ishlab chiqish;

g) Qishloq xo'jalik mashinalarini takomillashtirish orqali agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishni qisqartirish va qo'shib olib borish;

d) Mahsulotlarni yig'ish, ortish va tashishdagi tadbirlarni takomillashtirish.

Chorvachilikda texnologiyalarni takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari:

Chorva mollarini saqlash, boqish va boshqa yo'nalishlarda intensiv texnalogiyalarni joriy etish;

Mollar ozuqasi va ulardan olinadigan mahsulotlarni standartlashtirish;

v) Chorva mahsulotlari ishlab chiqarishni sanoat asosiga o'tkazish.

Chorva mollarining tarkibi sifatini va ularning ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni intevsivlashtirish-ning muhim omili poda harakati va sifatini yaxshilash hisoblanadi, bunga yuqori mahsuldor mollar nasllarini yaratish bilan bog'liq tadbirlar kiradi. Chorvachilikni rivojlanishida uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo'lib, ozuqa tarkibi, ko'lami va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish. Fan- texnika taraqqiyoti ta'sirida qishloq xo'jalik ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi tinimsiz yuksala boradi. Shu bilan birga iqtisodiy asoslangan qishloq xo'jalik korxonalarining optimal katta- kichikligi, ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini ko'tarishga, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tadbiq etilishiga zamin yaratilib, natijada mahsulot yetishtirishni samaradorligini oshirishga erishiladi.

Mutaxasislarning malakasini oshirish. Qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarni tadbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq xo'jaligida mutaxasislarni malakasini oshirish birinchidan, mutaxassislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni bajarish uchun ularni malakasini oshirish va egizak kasblarni egallashiga zamin yaratish, ikkinchidan nisbatan yuqori sifatga ega bo'lgan mahsulot olish, uchinchidan ma'lum bir vaqt oralig'i davomida avvaldagidan ko'proq mahsulot ko'lamini yetishtirish yoki xizmatlar hajmini bajarishga imkon yaratish.

Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va ilg'orlar tajribasini tadbiq etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo'jaligini intensivlashtirish sur'atlarini oshirish va uning samaradorligini ko'tarishda fan yutuqlari natijalarini tadbiqisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Fan-texnika sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi muhim omil bo'lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishda amaliyotda mavjud bo'lgan ilg'or tajribalar natijasini tahlil qilish va ularni ishlab chiqarishga keng tadbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib, mahsulot ko'lamini ko'payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

8.3. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ko'rsatkichlari.

Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish masalalarini o'rganishda intensivlik va intensivlashtirish darajasi, intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi tushunchalarini bir-birdan ajrata bilish lozim.

Intensivlik - bu qishloq xo'jaligi va uning ayrim tarmog'ining ma'lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada ta'minlanganligini aks ettiradi.

Intensivlashtirish darajasi esa qishloq xo'jaligi va uning ayrim tarmog'ini xolisona o'sish sur'ati darajasini o'zida aks ettiradi.

Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi esa ekin maydoni birligi hamda chorva moli boshi hisobiga o'sishni o'zida aks ettiradi. Qishloq xo'jaligini intensiv rivajlantirish darajasi natura va qiymat ko'rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Natural ko'rsatkich yordamida xo'jalikdagi tarmoqlar va ularning bir-birlari bilan qanchalik bog'langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo'yicha qancha mahsulot yetshtirilganligini aniqlash mumkin.

Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o'zida aks ettiruvchi natural ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat:

Yer maydoniga to'g'ri keladigan energetika quvvati. Bu ko'rsatkich har 100 gektar yer maydoniga qancha texnika vositalari, avtomashina va boshqa qishloq xo'jalik mashinalari to'g'ri kelishini ko'rsatadi;

Har gektar ekinzorga to'g'ri keladigan meneral va mahalliy o'g'it. Bu ko'rsatkich yerning iqtisodiy unimdorlik darajasiga ta'sir etish ko'lamini o'zida ifoda etadi;

Yer fondida ekin maydonlari hissasini ko'paytirish. Bu ko'rsatkich yerdan qay darajada foydalanilayotganligini ko'rsatadi;

Sug'orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy yer maydoniga nisbati. Bu ko'rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi o'sish darajasini ifodalaydi.

Chorvachilikning intensiv rivojlanganligini aks ettiradigan ko'rsatkichlarning asosiylari quyidagilardan iborat.

Har bosh qishloq xo'jaligi hayvoniga to'g'ri keladigan qiymat ko'rinishdagi jonli va buyumlashgan mehnat sarfi. Har bir bosh hayvon hisobiga qancha ko'p ishlab chiqarish vositalariga va bevosita mehnat xarajatlari to'g'ri kelsa, qoidaga muvofiq undan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha yuqori bo'ladi;

Har bosh qishloq xo'jaligi hayvoniga to'g'ri keladigan oziqa. Ma'lumki, chorva mollarini ilmiy rasion asosida oziqlantirish ularning mahsuldorligini ortishiga olib keladi;

Chorvachilikni yuritish madaniyatini ko'tarish: mahsus qulayliklarga ega bo'lgan chorva binolarini barpo yetish, ish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va eliktrlashtirish, sanatoriya va gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqarish;

Chorvachilikda naslchilik bilan bog'liq ishlarni yaxshilash. Ma'lumki chorva mollarining nasli qancha yuqori bo'lsa, undan olingan mahsulot miqdori ham shuncha bo'ladi;

Mutaxassislarning malakasini oshirish, u mehnat unumdorligining o'sishiga ta'sir etadi.

Qiymat ko'rsatkichi sarflangan mehnat va mablag' evaziga qancha so'mlik qo'shimcha mahsulot yetishtirilganligini ko'rsatadi.

Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlanish darajasini o'zida aks ettiruvchi qiymat ko'rsatkichlari quydagilardan iborat:

1.Bir gektar yer maydoniga to'gri kelgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va joriy ishlab chiqarish xarajatlari (amartizasiyadan tashqari) Bu ko'rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

If+Is

Id=


Ye

Bunda: Id- intensivlik darajasi,

If- asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati, Is- joriy ishlab chiqarish sarfi, Ye- yer maydoni

Bu ko'rsatkich qishloq xo'jaligining qay darajada intensiv rivojlanganligini o'zida aks ettiradi;

Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan asosiy ishlab chiqarish vositalar qiymati. Bu ko'rsatkich har gektar yer maydoni hisobiga qancha ishlab chiqarish vositalari to'g'ri kelishini o'zida aks ettiradi;

Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan joriy ishlab chiqarish xarajatlari. Bu ko'rsatkich har gektar yer va har bir qishloq xo'jalik hayvonlaridan olingan mahsulot uchun bevosita sarflangan xarajatlar miqdorini o'zida ifoda etadi;

Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan jonli mehnat sarfi. Bu ko'rsatkich mahsulot yetishtirishda sarflanayotgan jonli mehnat hissasini ko'rsatadi.

Shunday qilib, intensivlashtirishning natural va qiymat ko'rsatkichlari yordamida intensivlashning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash mumkin.

8.4. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo'llari.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko'paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo'shimcha mablag'ning o'sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur'atda olishda ifodalanadi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Nazariy jihatdan har qanday yer uchastkasiga, har qanday hajmda, har qanday kapitalni qo'yish mumkin, lekin bu o'z-o'zidan ma'lumki, agar shu mamlakatda shu paytda barcha sharoitlar, ya'ni iqtisodiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sharoitlar mavjud bo'lishiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo'jalik har bir birlik xarajatga ko'proq mahsulot va maksimum foyda olishi kerak.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lganlari quyidagilar:

- bir gektar yer maydonga to'g'ri kelgan yalpi mahsulot

YaM


Si=

YeM


Si- intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, so'm/ga;

YaM-yalpi mahsulot qiymati, so'm;

YeM-yer maydoni, ga.

Xo'jalik yalpi mahsuloti taqqoslama baholarda baholanadi. Bunday baholanish ushbu ko'rsatkichni dinamikada, shuningdek bir xil sharoitda ishlaydigan qator xo'jaliklar faoliyatini taqqoslashni o'tkazishda foydalanish imkonini beradi. Hosildorlikning oshishi va bir vaqtning o'zida unga sarflangan tannarxning pasayishi intensivlashtirish samaradorligining yuqori darajada ekanligini bildiradi. Bunday holatda yerga sarf qilingan har bir so'm nafaqat xarajatlarni qoplaydigan qo'shimcha mahsulot olib kelmasdan, balki qo'shimcha sof daromad olish imkonini ham beradi:

- bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan yalpi daromad:

YaD


Si=

YeM


Bu yerda YaD - yalpi daromad (sof mahsulot), so'm

Bu ko'rsatkich ancha takomillashgan ishlab chiqarish vositalarida, ilg'or texnologiyada, qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori navi va mollar zoti hamda boshqalarda bajarilgan, qo'shimcha mablag'lardan ancha oqilona foydalanishni aks ettiradi.

-bir gektar qishloq xo'jaligiga yaroqli yerga to'g'ri kelgan sof daromad yoki

foyda:


SD F

Si= yoki

YeM YeM

bu yerda SD- sof daromad, so'm: F- foyda, so'm



Bu ko'rsatkich alohida ahamiyatga ega. Modomiki, sof daromad qo'shimcha qo'yilmalarning asosiy manbai hisoblanar ekan, u holda kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va mustahkamlash uning hajmiga bog'liq. Qishloq xo'jaligini izchillik bilan intensivlashtirish qo'shimcha mablag'larning ancha yuqori, tez qaytarilishiga va mos ravishda sof daromadning o'sishiga olib keladi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek quyidagi ko'rsatkichlar bilan ham xarakterlanishi mumkin:

-bir birlik mehnat xarajatlari hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad) hajmi:

YaM YaD SD

Si= yoki yoki

MXar MXar MXar

Bu yerda: MHar - mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari,

kishi/soat;

-bir so'mlik asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad):


SD


Bu yerda AsF - asosiy ishlab chiqarish vositalari iymati, ming so'm;

AyF - aylanma fondlar qiymati, ming so'm.

Shunday qilib, qishloq xo'jaligini intensivlash-tirishning iqtisodiy samaradorligi bir gektar yerdan ishlab chiqariladigan mahsulotning ko'payishida, mahsulot birligiga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlarining pasayishida o'z aksini topadi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish, uning yo'nalishiga, sur'atiga va samaradorligiga ta'sir ko'rsatadigan ko'p omillarga bog'liq. Qishloq xo'jaligini intensivlashtirishda muhim rol qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga tegishli. U o'z ichiga nafaqat mashina texnikasidagi taraqqiyotni, balki ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnologiyasidagi, fanni rivojlantirishdagi, ilg'or tajribadan foydalanishdagi taraqqiyotni ham oladi.

Tuproqni ishlashni yaxshilash, qo'shimcha organik va mineral o'g'itlar solish, meliorativ ishlarni o'tkazish, barcha kompleks agrotexnik tadbirlarni bajarish tuproqning iqtisodiy unumdorligini oshirishga, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni o'stirishga imkon beradi.

Qishloq xo'jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish yo'llari quyidagilar:



- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda investisiya va kapital qo'yilmalarning o'sishi;

v) qishloq xo'jaligi moddiy texnika bazasini mustahkamlash.

g) ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish;

d) qishloq xo'jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o'g'itlar solish va kimyoviy o'simliklarni himoya qilish vositalarni qo'llash)

ye) qishloq xo'jaligini meliorasiyalash (sug'orish, zaxini qochirish, boshqa ishlarni rivojlantirish)

j) qishloq xo'jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.



Intensivlashtirishni izchillik bilan amalga oshirishning muhim sharti qishloq xo'jaligiga ajratilgan kapital quyilmalarning o'sishidir. Qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarishni asta-sekinlik bilan sanoat asosiga o'tkazishga imkon beruvchi kuchni iqtisodiy potensialdan foydalaniladi.







Download 34.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling