8-Mavzu: Yozuvlar tarixidan ma’lumot. Yozuv turlari. O’zbek yozuvi tarixi. Reja


Download 24.03 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi24.03 Kb.
#353521
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu.Maruza matn
5-6 Uzbek, tenses-infographics, 2 5213288749072385789, 2 5213288749072385789, 2 5213288749072385789, axborot resurs markazlarini byudjetdan tashqari moliyalashtirish usullari va manbalari , nazmu-l-javohir asarining goyaviy-badiiy xususiyatlari, nazmu-l-javohir asarining goyaviy-badiiy xususiyatlari, 2015-ismoilov-kriminologiya-umumiy-uz, 2015-ismoilov-kriminologiya-umumiy-uz, 08.06.2020 test, Unit 14 Quantity and Money, Mendeleyev davriy jadvali, 미역국, 미역국

8-Mavzu:Yozuvlar tarixidan ma’lumot.Yozuv turlari. O’zbek yozuvi tarixi.

Reja:

  1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot.

  2. Yozuv turlari.

  3. O`zbek yozuvi tarixidan ma’lumot

Tayanch iboralar: yozuv, til va yozuv, piktografik yozuv, ideografik yozub, fonografik yozuv, frazeogramma.

I.YOZUVLAR HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.

Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig`indisi.Yozuv 5-6 ming yil avval Misr,Mesopotamiya, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan.

Shumerda (Mesopotamiya) mil.avv. IV – ming yillikda mixsimon ieroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo`lib, aytmoqchi bo`lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan.Lekin suratli so`zlar bilan ko`p narsani ifoda etib bo`lmagan va bu soddalashtirilib, ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo`lgan.Bu yozuv 3 ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur,Bobil,Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo`lgan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga, keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan.

Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va xodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo`lib, zamonlar o`tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo`lgan.1822 – yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o`yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan (Rozetta tosh hozirgi kunda Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanadi). Misrliklar yozuvi o`ngdan chapga qarab yozilgan,Shumerliklar yozuvi esa chapdan o`ngga qarab yozilgan.

Hind yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat yozuv bo`lgan. Xind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu yozuvlar Shumer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo`lib er.avv.3-2 ming yillikda hisob soniga «0» raqamini kiritgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan iborat bo`lgan, Shumer va Xett yozuviga o`xshatiladi. Mil.avv. V asrdan boshlab braxmi , kxaroshtxi , aramey , gupta yozuvidan foydalanganlar.

Xitoy yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan , Xitoy ieroglifi dastlab Shan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan , shunda yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo`lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga yetgan.Hozirgacha qisman o`zgarishsiz saqlangan. Dastlab, Xitoyliklar suyak , yog`och , cho`p , teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan , V asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar.

Krit – Mikenda mil.avv. 3 – 2 ming yilliklarda – chiziqli yozuv mavjud bo`lgan, “A” va “B” chiziqli xatga ega bo`lgan. Bu yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik “B” chiziqli Krit yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan.

Etrusk,Osk,Lotin yozuvlari mil.avv. VIII – VII asrlarda yaratilgan.

Finikiyada mil.avv.IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi. Yozuv isloh qilinib, 22 ta belgiga tushirildi.Bu Finikiya yozuvi deb ataldi. Er.avv.2 ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa 22 harfdan iborat alifbo kashf etilgan, dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan.Finikiya alifbosi asosida Oromiy yozuvi, Eron Ahamoniylari yozuvi va Parfiya yozuvi G`arbiy Osiyoda kelib chiqqan.


Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling