8-sinf adabiyoti darsligi bo`yicha savol-javoblar


Download 44.16 Kb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi44.16 Kb.
#186384
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-SINF ADABIYOTIDAN SAVOL-JAVOB-Erkaboyeva


8-SINF ADABIYOTI DARSLIGI BO`YICHA SAVOL-JAVOBLAR


Ustoz Nargiza Erkaboyeva tomonidan tuzilgan. Siz mazkur kitobni to`lig`icha
sotib olmoqchi bo`lsangiz, telegram orqali @xolida27 ga murojaat qiling.


Kitobning umumiy hajmi: 73 bet. Elektron shakli erkaboyeva.uz saytida sotuvga
qo`yilgan. Elektron shaklining narxi: 6 ming.
Kanal: @nargizaerkaboyeva
ALISHЕR NAVОIY (1441 – 1501)
1. Qaysi shоir «amiri kabir», «amir ul-muqarrab» unvоnlariga musharraf bo‘lgan? J: Alishеr Navоiy

2. Alishеr Navоiy bоlaligida Farididdin Attоrning «Mantiq ut-tayr» (Qush nutqi) asarini sеvib o‘qirdi. Оta-оnasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg‘ul bo‘lib kеtganidan qo‘rqib kitоbni undan оlib yashirib qo‘yishadi. «Birоq mеn «Mantiq ut-tayr» matnini to‘liq yodlab оlgan edim», – dеb Navоiy qaysi asarida yozadi? J: «Lisоn ut-tayr»da

3. Alishеr Navоiy qaysi yillarda Samarqand shahridagi madrasalarda tahsil оldi? J: 1466 – 1469-yillarda

4. Qaysi yili Husayn Boyqaro taxtni egallagach, Navoiyni Hirotga, o`z yoniga taklif etadi? J: 1469-yil

5. Navоiyga kim «Muqarrabi shоhiy», ya’ni shоhning eng yaqin kishisi martabasini bеrgan? J: Husayn Bоyqarо

6. Navоiy Husayn Bоyqarоga bir masala yuzasidan kеtma-kеt nеcha martagacha murоjaat qilish huquqiga ega edi? J: Yetti marta

7. «Tarixda hech kim turkiy tilda Navoiychalik «ko‘p va xo‘b» («yaxshi») asarlar yozgan emas». Ushbu fikrlarni kim aytgan? J: Zahiriddin Bobur

8. Navоiyga qaysi shaharlarda haykal o‘rnatilgan? J: Tоkiо, Mоskva, Bоkuda



9. Navoiyning Toshkent shahrida nechta haykali bor? J: Uchta

10. Qachon Navoiyning haykali Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga o`rnatildi? J: 1991-yilda

11. Navoiyning Toshkent shahridagi haykallari qayerlarga o`rnatilgan? J: O`zbekiston Milliy bog`iga, Navoiy ko‘chasiga, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosi oldiga

12. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosi oldiga qachon Navoiyning haykali o`rnatildi? J: 2017-yilda

13. Shoirning eng buyuk asari – besh dostondan iborat «Xamsa» qachon yaratildi? J: 1483 – 1485 -yillarda

14. Navoiy qaysi yillar oralig`ida barcha lirik she’rlarini to‘rt devonga taqsimlab, «Xazoyin ul-maoniy» nomli yirik to‘plamini tuzdi? J: 1491/92 – 1498/99- yillar mobaynida

NAVOIY RUBOIYLARI


1. «Ruboiy» so‘zi qaysi tildan olingan? J: Arabchadan

2. Ruboiy so`zi qanday ma’noni bildiradi? J: «to‘rttadan», “to‘rtlik”

3. Ruboiy adabiyotshunoslikda qanday janrni anglatadi? J: To‘rt satrli kichik lirik janrni

4. Qaysi lirik janrning nomlanishi arabcha bo‘Isa ham, u she’riy shakl dastlab forsiy va turkiy she’riyatda vujudga kelgan? J: Ruboiy

5. Ruboiyning dastlabki namunalari qaysi forsiy shoirlar ijodida uchraydi? J: Rudakiy, Shahid Balxiy

6. Ruboiyning turkiy she’riyatdagi dastlabki namunalari qaysi shoir ijodida uchraydi? J: Lutfiy

7. Ruboiy qanday qofiyalanish tizimiga ega? J: a-a-a-a, a-a-b-a

8. Taronayi ruboiy qanday qofiyalanadi? J: a-a-a-a

9. Ruboiylar qanday mavzularda yoziladi? J: Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy mavzularda

10. Ruboiy qaysi vaznda yoziladi? J: Faqat aruzda mavjud hazaj bahrining axram va axrab shajaralaridagi jami 24 vaznda

11. O‘zbek adabiyotida eng ko‘p ruboiy yozgan shoir kim? J: Navoiy

12. Navoiyning o‘zbekcha ruboiylari «Xazoyin ul-maoniy»ning qaysi devoniga kiritilgan? J: Birinchi devoni «G‘aroyib us-sig‘ar»ga

13. «G‘aroyib us-sig‘ar»dagi ruboiylarning umumiy soni nechta? J: 133 ta

14. Navoiyning ruboiy yozishdagi o`ziga xosligi nimada? J: Ulug‘ mutafakkir ayrim nasriy asarlarini ham she’riy parchalar bilan bezab ketavergan

15. Navoiy nasrda ruboiydan qanday maqsadda foydalangan? J: Nasrdagi fikriga isbot-dalil sifatida, unda ilgari surilayotgan fikr yoki g‘oyani yanada ta’sirchanroq qilib yetkazish uchun ijod qilgan

16. «Xazoyin ul-maoniy»ga yozilgan nasriy «Debocha» tarkibida nechta ruboiy keltiriladi? J: 30 ta

17. Navoiyning faqat ruboiylardan iborat «Nazm ul-javohir» asari kimning asarining she’riy tarjimasi hisoblanadi? J: Muhammad payg‘ambar alayhissalomning kuyovlari – hazrat i Alining hikmatli so‘zlari jamlangan «Nasr ul-laoliy» asarining

18. «Nasr ul-laoliy» so`zining ma’nosi nima? J: «Marvarid hikmatlar»

19. «Nazm ul-javohir» asariga nechta ruboiy kiritilgan? J: 270 ta

20. Navoiy o‘zbek tilida qancha ruboiy bitdi? J: 500 ga yaqin



21. Navoiyning forsiy devoni – «Devoni Foniy»da ruboiyning qancha namunasi mavjud? J: 100 ga yaqin

22. Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi,


Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling