8-sinf Al Xorazmiy olimpiadasi


Download 10.17 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi10.17 Kb.
#1080718
Bog'liq
8-sinf Al Xorazmiy


8-sinf
Al Xorazmiy olimpiadasi
1. Avogadro doimiysini ifodalovchi sonni ko'rsating? A)6,02 * 10²³; B)6,05 * 10²³; C)6,02 * 10²⁵; D) 6,02 * 10²⁰. 2. Ham metallarga, ham metallmaslarga xos bo'lgan amfoter xossaga ega elementlar qatorini ko'rsating? A) rux va aluminiy; B) natriy va temir; C) magniy va kaliy; D) mis va xrom. 3. 12 gramm uglerodda nechta atom bo'ladi? A) 6,09 * 1028; B) 6,02 * 10²³; C) 6,05 * 10²⁴; D) 6,05 * 10²³; 4. Avogadro qonuni qaysi bandda to'g'ri ta'riflangan? A) Bir xil sharoitda turli xildagi gazlarning bir xil xajmlardagi molekulalar soni bir xil bo'ladi. B) Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proportsional miqdorlarda ta'sirlashadilar. C) Reaksiyaning issiqlik effekti boshlang'ich moddalar bilan hosil bo'lgan mahsulotning tabiatiga bog'liq bo'lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taaluqli emas. D) Element nisbiy atom massasining valentliklariga nisbati shu elementning ekvivalentidir. 5. Asosli oksidlar qatorini aniqlang? A) CO2 SO3 , P2O5 , B) Na2O, BaO, CuO, C) ZnO, Al2O3, Sb2O3 , D) CO, NO, N2O, 6. Asoslar suvda erish va erimasligiga qarab nechaga bo'linadi? A)4ta; B)6ta; C)2ta; D) 3 ta. 7. Suvda erimaydigan asoslar qatorini aniqlang? A) Cu(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)2; B) NaOH, Ca(OH)2, KOH; C) NaOH, AI(OH)3, Zu(OH)2 D) Ca(OH)2, Ba(OH)2, KOH. 8. Amfoter asoslar qatorini ko'rsating? A) NaOH, Cu(OH)2, KOH; B) Ca(OH)2, Al(OH)3, Ba(OH)2;. C) Zu(OH)2,AI(OH)2, Cr(OH)3; D) Ba(OH)2, Ca(OH)2, Ni(OH)2,. 9. Qaysi holatda Al(OH)3 ni olish usuli ko'rsatilgan? A)AICI3+NaOH »; B)AI+H2O» C) AI2O3+KCI »; D) AlCI3+H2O». 10. Kislotalarga berilgan to'g'ri ta'rifni ko'rsating? A) Molekulasi tarkibida metallarga o'z o'rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig'idan tarkib topgan murakkab moddalar. B) Metall atomi bir yoki bir necha gidroksogruppalardan tashkil topgan murakkab moddalar. C) Tarkibida vodorod atomi va gidroksogruppa tutgan moddalar. D) Tarkibi kislotalar va asoslar qoldiqlaridan iborat moddalar. 11. Kislotalar molekulasi tarkibidagi kislorod atomining bo'lishi yoki bo'lmasligiga ko'ra necha guruhga bo'linadi? A) 2; B) 4; C) 3; D) 5. 12. Faqat kislorodii kislotalardan iborat qatorni ko'rsating? A) H2S, H2CO3, HF; B) HNO3, H2CO3, H2SiO3; C) HZ, HCN, HZr; D) HCI, H2CrO4, H2S. 13. Ikki negizli kislotalar qatorini ko'rsating. A) HCI, HBr, HNO3; B) H3PO4, H3BO3, H3AsO4; C) H2SO4, H2CO3, H2SO3 D) H4P2O7, HNO3, H3AsO3 14. Tuzlarga berilgan to'g'ri ta'rifni ko'rsating. A) Molekulasida metall atomi va kislota qoldig'idan tashkil topgan murakkab moddalar. B) Tarkibi vodorod atomlari va kislota qoldig'idan tarkib topgan murakkab moddalar. C) Tarkibi metall atomi va gidroksogruppadan tarkib topgan murakkab moddalar. D) Toʻgʻri javob yoʻq. 15. Oddiy modda qaysi bandda keltirilgan? A) FeO3; B) K2O; C) H2SO4; D) O2, 16. Xlorning agregat holati qanday? A. Qattiq. B. Suyuq C. Gaz D. Yumshoq 17. Galogenlar qatorini aniqlang. A. F, Cl, Br, I, At B. S, Se, Te, Po C. N, P, As, Sb D. Ne, Ar, Kr, Xe, Rn 18. Tabiatda xlor birikmalar holiday uchraydi. Karnallit tuzini aniqlang. A. KCl, NaCL B. MgCl2 • 6H2O C. KCl+ MgCl2 • 6H2O D. NaCl2 • 6H2O 19. Xlor havodan necha marta ogir. A. 2,5. B. 5. C. 2. D. 3 20. Vodorod xloridning formulasini aniqlang. A. HClO B. HCl C. KCl D. KClO3 21. Osh tuzining qaynash haroratini aniqlang. A. 14130C B. 5000C C. 900000C D. 500C 22. Inson bir kunda 10 gr tuz istemol qiladi. 1 yilda qancha tuz istemol qiladi? A. 3 kg B. 300kg C. 36 kg D. 3,6 kg 23. Xlorli ohakning formulasini aniqlang. A. HClO B. HClO2 C. CaOCl2 D. KClO 24. 1s2 2s2 2p6 3s2 3p5 elektron formulasi qaysi galogenga tegishli? A. F B. Cl C. Br D. At 25. Oltingugurt agregat holati qanday? A. Suyuq. B. Gaz. C. Qattiq. D. Yumshoq 26. Oltingugurt necha xil allotropik shakl oʼzgarishga ega? A. 2 B. 4 C. 5 D. 3 27. Qattiq jismlarni suyuqlik sirtiga qalqib turishi nima deb ataladi? A. Flotatsiya B. Sublimatsiya C. Elektroliz D. Galogen 28. Vodorod sulfid, sulfid kislota va suvda eriydigan sulfidlar uchun qaysi modda reaktiv hisoblanadi? A. FeCl3 B. Pb(NO3)2 C. KOH D. CuSO4 29. Sulfat kislotaning formulasini aniqlang? A. H2SO3 B. H2SO4 C. H2S D. SO3 30. Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalarini vaqt birligi ichida oʼzgarishi nima deyiladi? A. Kimyoviy reaksiya tezligi B. Qaytar reaksiyalar C. Kimyoviy muvozanat D. Qaytmas reaksiyalar
Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling