8-sinf O'zbekiston tarixi test 1


Download 31.5 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi31.5 Kb.

8-sinf O'zbekiston tarixi TEST 1

1.Keltirilgan hukmdorlardan ikkitasi Xiva xonligi bilan bog'liq emas.Quyidagi ro'yxatdan ularning raqamlarini aniqlang ?

1)Sherg'ozixon 2)Sheralixon 3)Shohniyozxon 4)Abdulmo'minxon 5)Anushaxon 6)Rahimqulixon 7)Asfandiyorxon 8)Muhammad Aminxon

A)3.5 B)1.6 C)7.8 D)2.4

2.Mang'it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o'zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar.Shunday maqsadda ular qanday siyosatni yuritishgan ?

A)xalq ommasini qattiq itoatda tutish B)markazlashgan iqtisodni barpo etish C)Amir shaxsiga sig'inish D)bo'ysundirilgan xalqlarga kichik imtiyozlar berish

3.Qoraqalpoqlarni xiva xonligiga bo'ysundirish ishlari nihoyasiga yetkazilgan sanani aniqlang ? A)1799-yil B)1809-yil C)1811-yil D)1827-yil

4.Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga bag'ishlangan asarlar berilgan javoblarni aniqlang ?

1)"Rossiyaning keyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi" 2)"O'rta osiyo bo'ylab sayohat" 3)"Qo'ng'irotlar sulolasi" 4)"Xiva va xonlikning boshqa shaharlari hamda qishloqlari , savdo-sotig'i va sanoati" 5)"Esdaliklar" 6)"O'zbeklar Xorazmda" 7)"Inoqlar hukmronligi" 8)"Dili G'aroyib" 9)"Firdavs ul iqbol"

A)1.2.4.8 B)3.6.7.9 C)3.4.5.6 D)1.4.8.9

5.Xiva-Buxoro urushida halok bo'lgan hukmdorni aniqlang ?

A)Olloqulixon B)Eltuzarxon C)Elbarsxon D)Sherg'ozixon

6.Toshkent tarixida to'rt hokimlik davri qachon boshlangan ?

A)XVIII asr ikkinchi yarmida B)XVIII asr birinchi yarmida C)XVII asr ikkinchi yarmida D)XVII asr birinchi yarmida

7.Quyidagi hukmdorlarni o'tkazgan islohotlari bilan to'g'ri muvofiqlashtiring ?

1)amir Shohmurod 2)Olimxon 3)Muhammad Rahimxon I a)davlat boshqaruvi islohoti b)harbiy islohot c)pul islohoti

A)1.a 2.b 3.c B)1.c 2.a 3.b C)1.b 2.c 3.a D)1.c 2.b 3.a

8.Quyidagi asarlarni mualliflari bilan to'g'ri muvofiqlashtiring ?

1)Yilnomalar to'plami 2)Dili g'aroyib 3)Muntaxab ut tavorix 4)Sharhnomayi shohiy a)Xudoyberdi Avaz Muhammad b)Hofiz Tanish Buxoriy c)Muhammad Hakimxon to'ra d)Muhammad Hakimxon

A)1.a 2.d 3.b 4.c B)1.d 2.a 3.c 4.b C)1.c 2.b 3.a 4.d D)1.b 2.c 3.d 4.a

9.O'rta osiyoda qaysi sulola davrida xalqdan ixrojot solig'i olingan ?

A)qo'ng'irotlar B)mang'itlar C)shayboniylar D)minglar

10.Qo'qon xonligida kimning davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o'rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshlagan ?

A)Olimxon B)Umarxon C)Muhammad Alixon D)Xudoyorxon

11.Bizga ma'lumki , Ichan qal'aning to'rtta darvozasi mavjud.Shulardan qaysi biri oldidagi bir necha masjid madrasa , hammom , toqi , karvonsaroy , va xon saroyi o'ziga xos ansamblni tashkil etadi ? A)Bog'cha B)Tosh C)Ota D)Polvon

12.Qoraqalpoq adabiyoti vakillaridan qaysi biri tarixiy voqealar solnomasini yozgan ?

A)Ajiniyoz B)Kunxo'ja Ibrohim C)Jiyen Jirov D)Berdaq

13.Qoraqalpoq tasviriy san'atining o'ziga xosligi ..... yorqin ifodasini topgan ?

1)qadama naqshli yog'och o'ymakorligida 2)ular to'qigan gilamlarda 3)ularning kashta buyumlarida 4)devoriy rasmlarda

A)1.2.3.4 B)1.2.3 C)2.3.4 D)1.2.4

14.Qoraqalpoq jirovlari qahramonlik dostonlarini qaysi cholg'u asbobi yordamida ijro etishgan ? A)dutor B)qo'biz C)og'zaki D)g'ijjak

15.Qachondan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi umumiy nom bilan o'zbek deb atala boshlangan ? A)IX asr B)XII asr C)XV asr D)XVI asr

16.1731-yilgi muzokaralar natijasida qoraqalpoqlar yasoq solig'ini qaysi davlatga to'lashi belgilandi ? A)Rossiyaga B)Xiva xonligiga C)Kichik juz xonligiga D)Katta juz xonligiga

17.Qo'qon xonligida kimning davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o'rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila boshlandi ? A)Olimxon B)Umarxon C)Muhammad Alixon D)Xudoyorxon

18.Qoraqalpoqlar haqidagi ma'lumotlarni noto'g'risi aniqlang ?

A)Qo'ng'irot va Chimboy dehqonchilik vohalari XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida vujudga kelgan B)Qoraqalpoq Folklor namunalari 20 jildni tashkil etgan ClQoraqalpoq tasviriy san'atining o'ziga xosligi ayniqsa ular to'qigan gilam va kashta buyumlarida o'z aksini topgan D)Qirqqiz dostoni XVII asr oxiri XVIII asr boshlaridagi tarixiy voqealarni aks ettiradi

19.Qaysi Buxoro amiri barcha mang'it beklariga katta yer mulklarni tanho qilib beradi va xalqdan olinadigan soliqlarni ko'paytiradi ?

A)Amir Haydar B)Amir Nasrullo C)Doniyolbiy otaliq D)Muhammad Rahimbiy

20.Buxoro xoni Abdullaxon II qachon tug'ilgan ? A)1532-yil B)1533-yil C)1534-yil D)1536-yil

21.1645-yilda Buxoro xonligiga hujum qilgan qozoq qo'shinlari qayergacha yetib kelishgan ? A)Samarqandgacha B)Jizzaxgacha C)Nurotagacha D)Xo'jandgacha

22.Samarqand shahri qachon baland devor bilan o'rab olingan ?

A)XVII asr oxirlarida B)XVIII asr boshlarida C)XVIII asr oxirlarida D)XIX asr boshlarida

23.Dili g'aroyib asarining muallifini aniqlang ?

A)Xudoyberdi Avaz Muhammad B)Mulla Ali Qori Qunduziy C)Dilshodi Barno D)Muhammad Yaqub ibn Doniyolbiy

24.Isfara hokimi tomonidan taxtga o'tqazilgan shaxsni aniqlang ?

A)Murodxon B)Sulton Mahmudxon C)Sheralixon D)Xudoyorxon

25.Muhammad Sharif Gulxaniy tirikchilik uchun qaysi shaharda hammollik qilgan ?

A)Qo'qonda B)Namanganda C)Andijonda D)Marg'ilonda

26.Quyidagi qaysi hukmdor davridan boshlab yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog'langan ? A)Muhammad Rahimxon I B)Olloqulixon C))Muhammad Amin D)Muhammad Rahimxon II

27.Quyidagi qaysi tarixiy asar Buxoroning qadimgi tarixi uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag'ishlangan ?

A)Tavorixi Manzuma B)Gulshan ul-muluk C)Dili g'aroyib D)Tarixi Jahonnomayi

28.Quyidagi tarixiy asarlar qaysi hukmdor topshirig'iga ko'ra yozilgan ?

1)Firdavs ul-iqbol 2)Dastur ul amal 3)Majmuayi Shoiron a)Umarxon b)Eltuzarxon c)Abulg'ozi Bahodirxon

A)1.b 2.a 3.c B)1.b 2.c 3.a C)1.a 2.b 3.c D)1.a 2.c 3.b

29.Madalixondan so'ng taxtga o'tirgan Qo'qon xonlarini to'g'ri ketma ketlikda ko'rsating ?

A)Sheralixon , Murodxon , Xudoyorxon B)Sheralixon , Xudoyorxon , Murodxon C)Murodxon , Sheralixon , Xudoyorxon D)Sheralixon , Musulmonqul , Xudoyorxon

30.XIX asr o'rtasida Qo'qon shahridagi madrasalarga kirmaydiganini toping ?

A)Mingoyim B)Mohlaroyim C)Hokim Oyim D)Xoja Dodhoh

31.Rossiyadan F.Beneveni elchi qilib jo'natilgan yilda qaysi hukmdorning hukmronligi boshlangan ? A)Abdukarimbiy B)Erdonabiy C)Norbo'tabiy D)Abdurahimbiy

32.Tarixchi olim Mir Olim Buxoriy ijodiga mansub tarixiy asar ?

A)Sharhnomayi Shohiy B)Fathnomayi Sultoniy C)Yilnomalar to'plami D)Tarixi Muqimxoniy

33.Kichik Qozoq juzi xonligi Chor Rossiyasi tomonidan qachon tugatilgan ?

A)1821-yilda B)1822-yilda C)1823-yilda D)1824-yilda

34.O'rta osiyoda XIX asr ikkinchi yarmida mavjud bo'lgan lavozimlardan qaysilari vazifasiga ko'ra qisman muvofiq keladi ?

A)parvonachi-muhtasib B)ko'kaldosh-mirzaboshi C)mushrif-mirshabboshi D)mehtar-devonbegi

35.Ko'chkunchixonni pul islohoti o'tkazishga majbur qilgan sababni ko'rsating ?



A)markaziy hokimiyatning zaiflashuvi B)iqtisodiyot va savdo-sotiqni jonlashtirish C)o'zaro toj-u taxt kurashi va Eron bosqinchilariga qarshi kurash natijasida iqtisodiyot zaiflashib pulning qadrsizlanganligi D)og'ir soliqlar va mulkdorlar jabr-zulmidan yer suvlarini tashlab ketgan xo'jaliklar yerlarini qaytadan izga solish
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling