8810 "Grantlar"


Download 20.22 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi20.22 Kb.
#384201
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi
4-mavzu bo'yicha topshiriq, russkouzbekskii tematicheskii slovar, russkouzbekskii tematicheskii slovar, russkouzbekskii tematicheskii slovar, 8-9-10tekstlar, сартарошхона, Audit

Maqsadli tushum - bu mablag‘lami ularni ajratgan shaxs qanday maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. Iqtisodiy mohiyatiga koMa maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik faoliyatining turli darajalarida pul mablag'larini nazorat ostida bir tarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o'tkazish; korxonani rivojlantirishni moliyalashtirish (reklama kompaniyalari, kapital qurilish, faoliyatning yangi yo‘nalishini rivojlantirish, boshqa investitsiyalar); maqsadli tadbirlarni o'tkazish uchun davlat organlaridan mablag'ar olish; notijorat tashkilotlariga hissa tariqasida mablag’ olish va boshqalar.
Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik qonunchiligi tizimida muayyan shartnoma turi yoki muayyan moliyalashtirish manbasi turi bilan bog‘liq emas.

Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘laming kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8810 - “Grantlar”;

8820 - “Subsidiyalar”;

8830 - “A’zolik badallari”;

8840 - “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari”;

8890 - “Boshqa maqsadli tushumlar”.


Ushbu maqsadli tushumlami korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:

a) mablag‘laming maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi;

b) mablag‘larni jalb qilish bilan bogiiq xarajatlaming yo‘qligi; c) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va xorijiy tashkilotlari tomonidan bepullik asosida O‘zbekiston Kcspublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish niganlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan mol-mulk, nhuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo‘lmagan shnxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk.
Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlami immyyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo'jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi

Daromadga kiritiladigan subsidiyalar - bu aktivlarga

kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalar!. Qaytarmaslik asosidagi ssudalar — bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.
A’zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi. Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag’lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda solig‘i solinmaydi . Boshqa maqsadli tushumlar - bu maqsadli tadbirlarga sarllanadigan mablag’lar manbasidir.
Maqsadli tushumlar byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, ota-onalarning farzandlari maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to’lovlari va boshqa manbalar hisobiga tashkil bo‘lishi mumkin.
Maqsadli tushumlardan mablagiari qat’iy belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, madaniy muassasalar, bolalar oromgohlari, kadrlar tayyorlash, xodimlaming malakasini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun foydalanilishi mumkin. Davlat subsidiyalari sifatida ajratilgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:

a) uzoq muddatli aktivlami (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlami va h.k.) xarid qilish, qurish yoki boshqacha yo‘l bilan qo‘lga kiritish bilan bogiiq kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish;


b) tashkilotning muntazam ravishda kompensatsiya qilinishi kerak bo‘lgan joriy xarajatlarini qoplash (moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va shu turdagi boshqa xarajatlar);
c) tashkilot amalga oshirib bo‘lgan sarf-xarajatlami kompensatsiya qilish, xususan, uy-joy kommunal xo‘jalikda, agrosanoat majmuasida;
d) tashkilotni kelgusida sarf-xarajatlar qilmaslikka aloqador bo‘lmagan favqulodda yordam ko‘rinishidagi shoshilinch moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
e) davlat subsidiyalarini ajratish bo‘yicha hukumat qarorlarida va hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar. Davlat subsidiyalarini tan olish tartibi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiyati, shuningdek ular bo‘yicha axborotni berish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining 10-son buxgalteriya hisobi milliy standard “Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar” bilan tartibga solinadi. Korxona belgilangan talablarga mos ekanligiga va subsidiya olinishiga yetarlicha ishonch bo’magunicha davlat yordami tan olinmaydi.


Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan berilayotgan davlat ssudasiga xo‘jalik subyekti ana shu shartlami bajarishiga yetarlicha kafolat mavjud bo‘lgan taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi. Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan korxonaga xabamoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan summaga korxona quyidagicha provodka beradi:
Debet 4890 “Boshqa debitorlaming qarzlari”

Kredit 8810 “Grantlar” Chet el valyutalarida olingan grantlar summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir bo’lgan kuniga belgilangan kurs bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi milliy vulyutasiga aylantiriladi. A'zolik badallari - notijorat tashkilotlar tomonidan ustav kapitalining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, Maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag’lar llhoblnnudi. A’zolik badallari sifatida kelib tushadigan maqsadli moliyalashtirish mablagMari qonunchilikda belgilangan tartibda m'yxutga olingan ta’sis hujjatlarida (ustavda) ko‘zda tutilgan uinqsadlarga ishlatiladi.


8830 - “A’zolik badallari” schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi quyidagi provodka bilan lasmiylashtiriladi:


8840-“Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotida maqsadli vazifalami bajarish uchun soliq to‘lashdan ozod qilish nntijasida bo‘shagan summalar aks ettiriladi. Soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy lolovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom1 bilan tartibga solinadi.
Qabul qilingan nizom mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga tatbiq etiladi. Maqsadli ishlatish sharti bilan beriladigan imtiyozlar hisobi 8840- "Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. Bunda maqsadli soliq imtiyozlarini batafsil hisobga olish uchun korxonalar ishchi O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2005-yil 2-aprelda 1453-son bilan ro'yxatga olingan schyotlar rejasining tegishli schyotlar guruhiga qo‘shimcha schyotlar kiritilishi Iozim.
Soliqlar va bojxona imtiyozlari ikki turga bo‘linadi: - korxonalarga bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli foydalanish sharti bilan berilgan imtiyozlar; - korxona bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatishning birorbir shartisiz qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan imtiyozlar
Imtiyozni qo‘llash tartibi tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Bo‘shaydigan mablag‘larni maqsadli vazifalami bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilganida soliqlar umumbelgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab yoziladi.
Biroq ular byudjetga o‘tkazilmaydi, bo‘shagan mablag‘larni esa maqsadli vazifalami bajarishga (sizning holatda - mehmonxonani rekonstruksiya qilishga olingan kreditni uzishga) yo‘naltirish kerak.
Bo‘shaydigan mablag‘larni maqsadli vazifalami bajarishga yo‘naltirish sharti bilan soliq imtiyozlarining buxgalteriya hisobi

8840- “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvarag‘ida berilgan imtiyozlarning turlari bo‘yicha yuritiladi. Soliq imtiyozlari hisoblab yozilayotganda batafsil hisobga olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlarining ish rejasida soliqning har bir turiga (va unga doir bo‘nak to‘lovlari)ga alohida hisobvaraqlar ochiladi.
Download 20.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling