9- mavzu: Tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularning qayta tiklanishi


Download 303.56 Kb.
bet1/5
Sana08.06.2022
Hajmi303.56 Kb.
#742088
  1   2   3   4   5

9- Mavzu: Tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularning qayta tiklanishi.
REJA

  1. Yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash. O‘zbekistondagi tarixiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklar - milliy qadriyatlarimiz namunasi. Ko‘hna va betakror obidalar.

  2. 18-aprel Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muxofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ahamiyati.

  3. Mavjud moddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlash, asrash, muhofaza qilish, o‘rganish, ta’mirlash va restavratsiya qilish. “Madaniy meros departamenti”ning faoliyati. Moddiy-madaniy meros ob’ektlarini ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirish.

  1. Yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash. O‘zbekistondagi tarixiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklar - milliy qadriyatlarimiz namunasi. Ko‘hna va betakror obidalar.

Tarixiy yodgorliklar, meʼmoriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan majmualar muhofaza etiladi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi asosan, Uygʻonish davridan boshlangan. Buyuk fransuz inqilobi davrida shaxsiy kolleksiyalar natsionalizatsiya qilingan (Luvr muzeyining tashkil etish toʻgʻrisidagi dekret, 1793). 19—20-asr boshlarida koʻpgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng YUNESKO tashabbusi bilan 1954 yilda (Gaaga konferensiyasi) Xalqaro konvensiya va "Qurolli konfliktlar roʻy berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish toʻgʻrisida" bayonnoma imzolangan. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi bilan Xalqaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish boʻyicha xalqaro kengash (1965) shugʻullanadi.
Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20 yillaridan boshlangan. 1920 yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq ogʻzaki ijodi namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qad. cholgʻu asboblarini yigʻish, saklash va boshqa bilan shugʻullanish maqsadida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999 y. 12 okt.).
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi.
Mustaqillik

sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me’moriy majmuasi, Amir Òemur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Òoshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-tilovat ansambllari, Amir Òemurning Oq saroyi, Òermizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’- moriy yodgorlik majmualari qayta ta’mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning me’moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad al-Farg‘oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi haykallari qo‘shildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me’morchilik va haykaltaroshlik san’ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi. O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzeyqo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi. Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini o‘rganayotgan Siz aziz o‘quvchilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks ettiruvchi ko‘pdan-ko‘p muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz


Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan.
YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga esa, mamlakatimiz nomoddiy madaniy merosining 8 ta obyekti (Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya sanʼati, Navroʻz, Palov madaniyati va anʼanalari, Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – Lazgi) kiritilgan.
Mamlakatimizning YUNESKOga aʼzo boʻlgan 1993-yildan boshlab sohaga oid barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qoʻshilish choralarini koʻrdi, ularning normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.
Keyingi paytlarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obyektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda.
Mazkur tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish yoʻlidagi dolzarb muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro tajribani oʻrganish, tarixiy-madaniy meros saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu yoʻnalishdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda, xususan, YUNESKO Umumjahon merosi qoʻmitasining tavsiyalarini bajarishda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Shundan kelib chiqib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi madaniy meros obyektlarini har tomonlama himoya qilish, saqlash va tiklash boʻyicha Hukumat tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga alohida eʼtibor qaratish maqsadida parlament soʻrovi yuborilgan edi.
Aytish mumkinki, Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.
Qarorning 10-bandiga asosan YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanishi belgilandi. Ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirishiga oid tartib oʻrnatildi.
Shuningdek, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida VI bobi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarga oid qator normalar belgilangan.
YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sifatida belgilab qoʻyilishi ushbu hududlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni muhofaza qilishning qonuniy asoslari yaratildi.
Taʼkidlash joizki, rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish yoʻlga qoʻyildi. Masalan, 2020-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish uchun 11 ta loyiha Umumjahon merosi markaziga yuborilgan. 2020-yil sentyabr oyida Buxoro tarixiy markazida rejalashtirilgan obyektning loyihasi yuzasidan Umumjahon merosi markazining ijobiy xulosasi olindi.
“Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan Jinoyat kodeksi hamda “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarga taalluqli javobgarlik belgilandi.
Umuman olganda Oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzishga oid respublika boʻyicha 2020-yilning oʻtgan davrida 39 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzildi va koʻrib chiqish uchun sudlarga yuborildi.
YUNESKO Umumjahon qoʻmitasining milliy qonunchilikni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarini bajarish bilan bir qatorda Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarni xalqaro mezonlar boʻyicha boshqarish rejalari va hisobotlarni tayyorlanmoqda.
Umuman olganda, Madaniyat vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlari boʻyicha hisobotlarini eshitib borish va qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish, bu borada belgilangan vazifalarni toʻliq va samarali bajarish hamda mutasaddilar masʼuliyatini keskin oshirib borish kabi ishlarni amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrda “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muxofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2001-yil 30-avgust esa “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo’lib, ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo‘lmish madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 303.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling