9- mavzu: Tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularning qayta tiklanishi


xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish


Download 303.56 Kb.
bet5/5
Sana08.06.2022
Hajmi303.56 Kb.
#742088
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-amaliy mashg’ulot mavzusi Yaxlit yog’och ustunni hisobi. Yaxl

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish.

Departament boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

bosh meʼmor va bosh inspektor Departament boshligʻining oʻrinbosarlari hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;


Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi, Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasini tegishlicha “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonalari etib qayta nomlash;
Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Departament hamda YUNЕSKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi;
O ʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va Maʻrifat” telekanali Departamentning moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy asoslarda targʻib etish va audiovizual asarlarni tayyorlash boʻyicha bosh axborot hamkori sifatida belgilansin.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Zulfiya va Hamid Olimjon. Sh.Rashidov haykali. Jizzax. 98 Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Download 303.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling