9-amaliy mashg`ulot. Ta’rix moddasini hisoblash Reja


Download 42.5 Kb.
Sana26.10.2020
Hajmi42.5 Kb.
#136977
Bog'liq
9-amaliy


9-amaliy mashg`ulot. Ta’rix moddasini hisoblash

Reja:

  1. Ta’rix moddasi va uni hisoblash

  2. Suvariy va ma’naviy ta’rixlar


Tayanch tushunchalar: ta’rix moddasi, suvariy, ma’naviy, she’riy ifoda, xronogramma

Tarix - arabcha so‘z bo‘lib, sodir bo‘lgan biror voqeani anglatadi. Sharq she'riyatida ana shu voqealar sanasini she'rda harflar vositasi bilan berish usuli ta'rix deyiladi. Ta'rix maxsus janr sifatida mustaqil asar ham bo‘ladi, boshqa asar tarkibiga bir bo‘lak sifatida ham kiritiladi. Ta'rix o‘zining ayrim xususiyatlari bilan muammoga o ‘xshab ketadi. Muammoda biror nom yashirib berilsa, ta'rixda biror raqam yashirib beriladi. Shoirlar ayrim tarixiy voqealarga bag‘ishlab she'r bitar, ammo odatdagi raqamlarni har vaqt ham she'rga kiritish mumkin bo‘lmas, bunga she'r vazni va qofiyasi imkon beravermas edi. Shuning uchun ham shoirlar she'rda voqea tarixini ko‘rsatish uchun arabcha harflarning son qiymatidan - abjad hisobidan foydalanar edilar.

Alisher Navoiy xurosonlik shoirlardan Mavlono To‘tiy vafotiga bag‘ishlab quyidagi ta'rixni aytgan:

Fasihi zamon To ‘tiy, on shoire,

Ki budash zi-bakri maoniy arus.

Chu To ‘tiy raft, in ajab turfa bud,

Ki ta'rix shudfavti о ‘ro: «Xurus».

Mazmuni: U shoir To ‘tiy zamona fasihidir, Ma'nolar kelinining yagona bokirasi - qizi edi. To ‘tiy ketdi, ammo ajablanarlisi shu bo ‘ldiki, Uning о ‘limiga «xurus» ta’rix bo ‘Idi. Bu yerda ta'rix moddasi (xurus) so‘zi bo‘lib, harflar qiymati 863-hijriy (milodiy 1462-) yilni bildiradi.

Shoir Durbek «Yusuf va Zulayho» dostonining muqaddimasida dostonning yozilish tarixini bunday ko‘rsatadi:

«Zot» edi ta'rix taqi «he»yu «dol»,

Muddati xijratdin o‘tub mohu sol.

Bu yerda asarning yozilishi ta'rixi harflarining qiymati bilan berilgan bo‘lib, u 812- (1409-milodiy) yilga to‘g‘ri keladi.

Yuqorida keltirilgan misollardan shuni ko‘rish mumkinki, ta'rix bir so‘zda, so‘zdagi bir yoki bir necha harfda berilishi mumkin. Lekin hamma vaqt ham ta'rix bunday oson yo‘l bilan berilavermaydi. Ba'zan shunday hollar ham bo‘ladiki, bir jumla, bir so‘z va harflardan ta'rix moddasi chiqmaydi. Bunday vaqtda ba'zi harflar yoki ayrim so‘zlarni chiqarib tashlash yoki qo‘shish, bir tildagi so‘zning ikkinchi tildagi ekvivalentini olish yo‘li bilan ta'rix moddasi chiqariladi. Masalan, «Ta'rixi kasira» asarining muallifi Mir Said Sharif Abulqosim Bobir vafotiga shunday ta'rix yozgan:

Har kaski zi-ta'rixi vafotash pur sad,

Bar go ‘yiki sar nihod shohe Bobirxon.

Mazmuni: Kimki uning vafoti ta'rixini so ‘rsa, Degilki, boshini qo ‘ydi shohe Bobirxon. Baytda ta'rix moddasi «Shoh Bobirxon» so‘zi bo‘lib, «boshini qo‘ydi» so‘zi esa isqot (chiqarib tashlash)ga ishoradir. «Shoh Bobirxon» so‘zi abjad hisobida 1162 ga barobar. «Boshini qo‘ydi» ishorasiga ko‘ra «shoh» so‘zining bosh harfi «Sh» ning qiymati 300 chiqarib tashlansa, 862 (1458) qoladi. Bu Abulqosim Bobir vafot etgan yildir.

Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy o‘zining «Hajvi Yigchi eshon» satirasida Dukchi eshon isyoni ta'rixini bunday bergan:

Har kishi so ‘rsa nishon bu sho ‘rishi Farg ‘onadin,

Zavqiy ay tur jon chiqib ta'rixidir ig ‘vo eshon.

Baytdagi ta'rix moddasi «ig‘vo eshon» (ig`vo eshon) so‘zlari bo‘lib, uning raqam qiymati (1370) dan «jon» so‘zining qiymati (54) chiqarib tashlanadi. Shunda Dukchi eshon isyonining ta'rixi - 1316- hijriy (1898-milodiy) yil kelib chiqadi.

Qo‘qonlik olim, shoir va xattot Mulla Sulaymonqul Rojiy Alisher Navoiyning «Majolisun-nafois» asarini ko‘chirib, unga ta'rix yozadi:

Yuz shukurki, tahrir topib ushbu kitob,

So ‘z ahlining ahvolida kelmish necha bob.

Bitmakchi edim men raqami ta'rixin,

Daftar yuzini tazkira о ‘rab oldi qurshab.

Bu yerda ta'rix moddasi «tazkira» so‘zi bo‘lib, uning qiymati 1325 ga tengdir. She'rdagi ishoraga ko‘ra, «daftar» so‘zi yuzi (boshi)dagi dolning qiymati (4) qo‘shilishi kerak. Natijada asar ko‘chirilgan yil (1329) kelib chiqadi



Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi:

  1. To‘liq sonli (Komil al-a’dod)

  2. Ortiq sonli (Zoid al-a’dod).

  3. Kam sonli (Noqis al-a’dod).

  4. Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod).


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. Toshkent, 2000.

  2. Hasaniy M., Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy masalalari. Toshkent, 2011.

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O`zbek matnshunosligi qirralari. Toshkent: Akademnashr, 2015

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling