9-bob. Qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi va undan foydalanish samaradorligi


Download 1.98 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#191349
Bog'liq
Davlatboyev T

uRdu Kimyo-texnologiya fakulteti QXMT yo’nalishi 142-guruh talabasi Davlatboyev Temurbekning

Mustaqil ishi

Mavzu: QISHLOQ XO`JALIGINING ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI VA UNDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI  

1. Ishlab chiqarish infratuzilmasining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni

2. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish infratuzihnasi obyektlarining rivojlanishi

3. Qishloq xo`jaligida infratuzilraani rivojlanishi

Infratuzilma (lotincha infra - quyi, struktura-joylashuv, tuzilish) - turli-tuman xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta'minoti, suv bilan ta'minlash, fan, ma'orif, sog`liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o`zi ichiga oladi.

Infratuzilma bu - iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun me'yoriy shart-sharoitlarni ta'minlovchi majmuadir. Majmua ishlab chiqarish uchun texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni samarali ishlashini ta'minlaydi.

Infratuzilma fermer xo`jaliklari mablag`lari, mehnat resurslari, xizmat qiluvchi tuzilmalarning rivojlanishiga hissa qo`shadi. Ular jumlasiga agrokimyo, zooveterinariya, axborot konsalting xizmatlariga katta e'tibor beriladi. Infratuzilma fermer xo`jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligi o`sishining eng muhim omili hisoblanadi.

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta`minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo`lib hisoblanadi.

Qishloq xo`jaligida islohotlar bozor tamoyillariga binoan bosqichma-bosqich o`tkazilib, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida xususiy sektorning rivojlanishiga qulay imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Qishloqda kichik, o`rta va yirik mulkchilik shakllarining faoliyati uchun qulay hamda ularga yaqin bo`lgan hududlarda ishlab chiqarish va bozor infratuzilma obyektlarining shakllantirilishi, birinchidan, qishloq xo`jalik korxonalarining bevosita ishlab chiqarish bilan mashg`ul bo`lishlariga imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, ular tomonidan yetishtirilayotgan mahsulot tannarxining arzonlashuviga olib keladi. Infratuziima tushunchasi so`nggi 5-10 yil mobaynida jamiyatda va umuman qishloq xo`jaligida ko`proq foydalaniladigan bo`lib qoldi. Vazirtar Mahkamasining 2003 - yil 30 - oktabrdagi "2004-2006 yillarda fenner xo`jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"ga 476-sonli, 2004 - yil 24 dekabrdagi "2005-2007 yillarda fermer xo`jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g'risida"gi 607-sonli qarorlarida istiqbolsiz shirkat xo`jaliklari negizida tashkil etilgan fermer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi, ularni moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlovchi infratuzilma obyektlarini tashkil etish belgilab berildi.

Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan fermerlar soni va uning ekin maydonlari hajmi tez sur'atlarda o`sib bormoqda. Bunday vaziyatda davlat mulki bo`lgan yerdan oqilona va samarali foydalanishning yanada ixcham, samarali va fermer xo`jaliklari uchun qulay bo`lgan usullarini topish va amaliyotga joriy etishni talab etmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda, fermer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish Iozim bo`Iadi. Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy mohiyati har bir fermer faoliyatidagi infratuzilmani rivojlantirish ustuvor vazifa bo`lib, uni rivojlantirish to`g`risida katta ijobiy ishlar olib borilmoqda. Fermerlarga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma faoliyatida ham katta o`zgarishlar yuz bermoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar


Mahmudov E. X. Korxona iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005

Скляренко В.К., Прудников В.М. Экономика предприятия: учебник – М.: ИНФРА-М, 2006



Слепнева Т. А., Яркин йе.В. Экономика предприятия: учебник. – М.: ИНФРА-М, 2006.
Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling