9-ma’ruza: Markaziy bank va uning funktsiyalari Reja


Download 26.2 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1155751
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu


9-ma’ruza: Markaziy bank va uning funktsiyalari


Reja:
9.1. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
9.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari.
9.3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi.
9.1. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi

Odatda Markaziy bank - bu davlat banki, masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Buides bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi. Biroq, AQSH Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya`ni federal zaxira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo’limlardan iboratdir.


Markaziy bank kapitaliga bo`lgan mulk shakliga ko`ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo`linadi. Ba`zi Markaziy banklar Davlat banklari ko`rinishlarida shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo`lgan ) sifatida shakllandi.
Ba`zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AQSH FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv asosida paydo bo`lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruxlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882y.) misol kilinib keltirilishi mumkin. Qonun buyicha 1942yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank xuquqiy me`yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir.
Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o`zida mujassamlashtirilgan o`zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo`lib qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo`lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi o`rinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida vositachi bo`lib xizmat kiladi. Ammo Markaziy bank o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo`ymaydi. Markaziy bankning asosiy maqsadi bo`lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta`minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o`rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O`z navbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo`lib hisoblanadi.
Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya`ni ular o`rtasida xozirgidek bo`linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig’ish maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo`liga o`ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya`ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo`ladi. Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo`li mavjud.
Birinchi yo`l - bu uzok davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo`li bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi. Bunga misol qilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko`rsatishga moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo`l - tashkil qilingan Markaziy bank -emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQSHning Federal banklari, 1913 yillarda ko’pgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. AQSHda Markaziy bank funktsiyasing 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo`lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko`rsatadi.
Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta`sirisiz, o`z faoliyatini olib borishlari kerak Jaxonda o`z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo`lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank zxisoblanadi. Ba`zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradiKo`pgina hollarda Markaziy banklar o`z faoliyatida mustaqil bo`lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi.



Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling