9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tartibga solish


Download 25.83 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi25.83 Kb.
#1327077
Bog'liq
9.Амалий машғулот


9-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tartibga solish.
Reja.
1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi.
2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari.
3. Buxgalteriya hisobi tizimlari.


Moliyaviy infratuzilma – bu butun moliyaviy tizim samarali faoliyat olib borishiga sharoit yaratib beruvchi institutlar va elementlar yigindisidir. Ular tarkibiga:
- moliyani boshqarish organlari tizimi;
- normativ-huquqiy baza;
- mutahassislar tayyorlash;
- moliya bozori infrastrukturasi;
- maxsus ishlab chiqaruvchilar(qimmatli qog‘ozlar, pul banknotalari, moliyaviy hujjatlar) kiradi.
Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun statusi(maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi mahlum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismoniy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishini tahminlovchi qonunlardir.
Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda, garchi bu qonunlarning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim funktsiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersada, moliyaviy tizimning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi.

Moliyaviy infratuzilma
Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi.





Buxgalteriya hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlari

Moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko’maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlar



Moliyaviy tizim qatnashchilarining o’zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi (tartibga soluvchi) idoralar


Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojlanish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlashlariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi
Download 25.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling