9-Mavzu: Mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlari­ning hozirgi davrdagi taraqqiyoti: yutuqlar va muammolar


Download 52.12 Kb.
bet1/4
Sana02.10.2022
Hajmi52.12 Kb.
#829649
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektron o‘quv qo‘llanma yaratish jarayonida SnagIt dasturidan foydalanish, Sanoq sistemasi, AKMALXON134, mirzarahmon111, 4-СР 1624525810940, Nasos haqida umumiy malumot, 7, 5, 4-mavzu 1941-1980-yillarda muzey ishi va yodgorliklarini asrash, mo\'g\'ullar imperiyasi, tarbiya mustaqil ish, sharqda qollanilgan oy kalendarlari, qadimgi sharq tarix, Уйғониш даврининг тарих фалсафаси XIV XVI асрлар

9-Mavzu: Mustaqil Hamdo’stlik
mamlakatlari­ning hozirgi davrdagi taraqqiyoti: yutuqlar va muammolar



Reja:
1. Mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlari­ning hozirgi davrdagi taraqqiyoti: yutuqlar va muammolar.
2. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Rossiya Federatsiyasi. Siyosiy o’zgarishlarning jamiyat va davlat boshqaruviga ta’siri.
3. Ukraina, Belorussiya va Kavkaz mamlakatlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar.
4. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.


Maqsad: MDH mamlakatlari­ning hozirgi davrdagi taraqqiyoti, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Rossiya Federatsiyasidagi siyosiy o’zgarishlarning jamiyat va davlat boshqaruviga ta’siri, Ukraina, Belorussiya va Kavkaz mamlakatlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yoritib berishdan iborat.


1. Mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlari­ning hozirgi davrdagi taraqqiyoti: yutuqlar va muammolar. Tanazzulga yuz tutgan ideokratik imperiyaning merosi mamlakat, jamiyat, mafkuralar “real sotsializm” iqtisodiyoti va davlatining xarobalaridan iborat bo’ldi. Bu xarobalar Yevrosiyo shimoli-sharqidagi 22403,2 ming kvadrat kilometrga yoyilgan edi. Bu hududda qisman o’zlashtirilgan dunyo tabiiy resurslarining 27%i joylashgan, ammo uning hududining 70%ini muzloq yerlar va ekologik ofat o’choqlari qamrab olgan edi.
Aholisi 280 million, 130 millatni o’z ichiga olgan va umuman yuqori darajadagi umumiy savodxonlikka ega bo’lgan mamlakat edi. Ammo bu savodxonlikni sog’lom edi deyish qiyin. Deyarli hamma joyda sanoat ishchilari yetarli bo’lsada, ammo yuqori texnologiya xodimlari juda tanqis edi. Eng asosiysi ulardagi mehnatga munosabat axloqi past darajada edi: mehnat unumdorligi va mahsulot sifatiga javobgarlik yo’q edi. Ko’pchilik ongida o’n yillab davomida tarbiyalangan “silliqlik”, huquq va mulkka e’tibor bermaslikka moyillik ustunlik qilardi. Bu hokimiyatni ilohiylashtirish va ijtimoiy boqimandalik, mas’uliyatsizlik, bardoshsizlik va zo’ravonlik bilan uyg’unlashtirilgan edi. O’zgarishdan keyin ham juda oz kishilar o’z manfaatlarini anglab, vaziyatga to’g’ri baho bera olishdi. Fuqarolardagi ichki erkinlik allaqachon erishilgan tashqi erkinlikdan ancha orqada edi.
Respublikalardagi turli millat vakillari bo’lgan fuqarolar o’zlarini yagona xalq deb anglamay ular, qaysi millatga mansublikka ko’proq e’tibor berishardi. Ko’plab sondagi elatlar taraqqiyotning turli bosqichlarida turardi, ular turli ijtimoiy shaklda edilar. Ularning ba’zilari yo’qolib borayotgan edi. Millatlararo munosabatlar oddiy masala emas edi va bir qator mintaqalarda to’qnashuvlar oqibatida anchagina murakkablashgan edi.
Har bir respublikaga o’z hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari va turli darajadagi aholi jon boshiga YAIM ko’rsatkichi nasib etdi.

Download 52.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling