9-mavzu. Sohaviy xizmat yozishmalari


Download 22.93 Kb.
bet1/4
Sana17.08.2023
Hajmi22.93 Kb.
#1667715
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu. Sohaviy xizmat yozishmalari


9-MAVZU. SOHAVIY XIZMAT YOZISHMALARI.
REJA:
1. Xizmat xatlari.
2. Adres, taklifnoma, telegramma, telefonogramma.
Seminar mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga sohaviy yozishmalari haqida tushuncha berish.
Xatlar. Axborot xat, da’vo xat, ilova xat, iltimos xat, kafolat xat, so‘rov xat, tasdiq xat, farmoyish xat, eslatma xat.
ADABIYOTLAR:

1. Aminov М., Madvaliyev A., Mahkamov N.. Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. – Toshkent, 2000.


2. Mahmudov N. va boshqalar. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti. 2006.
3. Boymatova U., Sobirjonova D., Sagdiyeva S. Ish yuritish asoslari. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent, TMI. 2004.
4. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
5.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
6.Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston. 201
7.O‘zbekiston Respnblikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida“gi 2017-yil 7-fevraldagi farmoni.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni.
9. Imamova Т., Tuxvatulina. Ish qog‘ozlari qandav yoziladi? – Toshkent. 1992.
10.Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov., Yo‘ldosheva O. O‘zbek nutqi madaniyati. va uslubiyat asoslari. – Toshkent. 1994.

Xizmat yozishmalari muassasa faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, taklif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga telefonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xatlar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi. Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi xatlardir. Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushintirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Bajaradigan vazifasiga qarab xizmat xatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:


1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat);
2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat, farmoyish xat, taklif xat va boshqalar).
Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi.Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi. Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.
Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o ‘z ichiga oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi gerbi.
2. Muassasaning ramziy belgi (emblema)si.
3. Mukofotlar.
4. Vazirlik, boshqarma nomi.
5. Tashkilot nomi.
6. Bo'linma nomi.
7. Tasniflagich bo'yicha hujjatning xos raqami.
8. Muassasaning xos raqami.
9. Pochta, telegraf manzili, bankdagi hisob- kitob raqami.
10. Sana.
11. Shartli raqam.
12. Kelgan hujjat shartli raqami.
13. Hujjatning kelish sanasi.
14. Hujjat jo'natiladigan manzil (xatni oluvchi muassasaning nomi).
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Nazorat haqida belgi.
17. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni).
18. Matn.
19. Ilovalar haqida belgi.
20. Imzo.
21. Rozilik belgisi (viza).
22. Kelishuv haqida belgi.
23. Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
24. Bajarilganlik haqida belgi.
Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o ‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch qismdan iborat bo‘ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.

Download 22.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling