9-Mavzu: Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishning ahamiyati


Download 17.74 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi17.74 Kb.
#106131
Bog'liq
9 amaliy



9-Mavzu: Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishning ahamiyati


Mustaqil tayyorlash uchun savollar



    1. Qobiliyat talabalarning bilim olishida qanday o‘rin tutadi?

    2. Temperament qanday funksiyalarni bajaradi?

    3. Nima sababdan olingan bilimni vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim?

    4. Psixologik mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, sizningcha, nima qilish kerak?

    5. Inson xarakteri qanday o’zgartirsa bo’ladi?

    6. Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishni o‘quv jarayonida tutgan o‘rni.

Javoblar

1. Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turgʼun sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi koʼrsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.

Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, koʼnikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bogʼliq. Аyniqsa, biror kasbning egasi boʼlish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis boʼlib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada koʼproq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bogʼlab oʼrganiladi. Har bir normal odam oʼzining aqlli boʼlishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Аqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «oʼta aqlli» yoki «oʼta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni oʼrtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining oʼgʼli anchagina aqlli boʼlibdi, narigining farzandi esa biroz nodon boʼlib, ota-onasini koʼydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.

2. Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaktsiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.

Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bogʼliq boʼlib, ularning namoyon boʼlishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda oʼzini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda oʼzini turlicha tutadi: oliy oʼquv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi toʼgʼrisidagi axborotni eshitgan bolaning oʼzini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, doʼstning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaktsiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir ogʼir-bosiqlik bilan, boshqasi esa oʼzini yoʼqotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda oʼziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta.

3. Odatda biz biror bir materialni oʼqiydigan boʼlsak, uni hech bir oʼzgarishsiz eslab qolishga harakat qilamiz. Lekin ajablanarlisi shundaki, borgan sari material maʼlum oʼzgarishlarga yuz toʼtib, xotirada dastlabki paytdagisidan boshqacharoq boʼlib saqlanadi. Baʼzi bir material yoki maʼlumot xoxlasak ham xotiradan oʼchmaydi, boshqasi esa juda qattiq xoxlasak ham kerak paytda yodimizga tushirolmaymiz Bu kabi savollar, inson bilish jarayonlaridagi eng muhim savollar boʼlib, baʼzan oʼz taraqqiyotimiz va kamolatimizni ham ana shunday omillarga bogʼlagimiz keladi.

Maʼlum boʼlishicha, inson miyasi har qanday maʼlumotni saqlab qoladi. Аgar shu maʼlumot biror sabab bilan odamga kerak boʼlmasa, yoki oʼzgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yoʼqoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos maʼlumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham koʼpchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shugʼullanadi.

4. Pedagog o’z fikrini auditoriyaga yetarli darajada tushuntirib bera olsa, u mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadga to’liqroq erishadi. Buning uchun u eng avvalo, kimlarga va nuima maqsadda mashg’ulot o’tayotganini va bu mashg’ulotlarning ular uchun qanchalik darajada muhim ekanini konkret bilishi kerak. Auditoriyadagilarning talab va istaklaridan tashqari ularning ma’lumotlarni qabul qila olish darajasini ham inobatga olishi kerak.

5. Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, oʼz-oʼziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini oʼz ichiga oladi.

Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turgʼun, barqaror tendentsiyalar, yaʼni bu odamning k i m ekanligi.

Bu nuqtai nazardan karaganda ham, xarakter shaxsning «tanasi», borligi, konstitutsiyasidir. Xarakterning boshqa individual-psixologik xususiyatlardan farqi shuki, bu xususiyatlar ancha oʼzgaruvchan va dinamik, orttirilgandir. Shuning uchun ham maktabdagi taʼlimdan oliy oʼquv yurtidagi taʼlimga utish faktining oʼzi ham oʼspirinda maʼlum va muhim oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi.

xarakter va uning rivojlanishi, namoyon boʼlishi uchun umumiy qonuniyat shuki, u tashqi muhit taʼsirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va sharoitlar oʼzgarishi bilan oʼzgaradi. Har bir kasb-hunar oʼzining talablari majmui - professogrammasiga egaki, u shu kasb bilan shugʼullanayotganlardan oʼziga xos psixologik qirralar va xossalar boʼlishini taqozo etadi (psixometriya). Shuning uchun ham vrachning, oʼqituvchining, muhandisning, harbiylarning, artistlarning va boshqalarning professoional sifatlari haqida alohida gapiriladi.

6. Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. Rubinshteyn shaxsning oʼziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan edi;

Munosabatlar va yoʼnalish shaxdagi asosiy koʼrinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi.



Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi.

Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turgʼun, barqaror tendentsiyalar, yaʼni bu odamning k i m ekanligi. Insonning xarakteri, temperamenti va qobiliyatlarini yaxshi bilish orqali unga nimanidir o’rgatishni osonlashtirish mumkin. Har bir insonning ichki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unga alohida mashg;ulotlar tayinlash, hammaga bir xil mashg’ulot tayinlashdan ko’ra samaraliroqdir.
Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling