9-mavzu. XX-XXI asrlar tilshunosligining zamonaviy yo`nalishlari


Download 71.04 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi71.04 Kb.
#1162178
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9 MAVZU XX XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO`NALISHLARI


9-MAVZU. XX-XXI ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ZAMONAVIY YO`NALISHLARI

XT2-1818
Nadriddinova Madina

1. Mustahkamlash uchun savollar:
1. Tilshunoslik fanining shakllanishi haqida nimalarni bilasiz?
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yillik boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.
2. Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida gapirib bering?
Lingvistika psixologiya, sotsiologiya, mantiq, falsafa kabi fanlar bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi.
3. Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari haqida nimalarni bilasiz?

4. Sotsiolingvistika haqida gapirib bering?


Sotsiolingvistika til va odamlar rivojlanadigan madaniy-ijtimoiy muhit o'rtasidagi munosabatni va bu nutq uslubiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadigan fan.Boshqa jihatlar qatorida yosh, jins, etnik kelib chiqishi, ijtimoiy tabaqasi, ma'lumoti, makon va vaqt tilshunoslik aloqalarining rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini tahlil qiladi. Ushbu intizom shu paytgacha uni ishlatgan sub'ekt va ularning sharoitlaridan mustaqil ravishda mavhum tizim sifatida qaraladigan til bo'yicha tadqiqotlar sohasini kengaytirish maqsadida paydo bo'ldi.Sotsiolingvistika atamasini birinchi bo'lib Xarver Kurri o'z ishida ishlatgan Sotsiolingvistikaning proektsiyasi: nutqning ijtimoiy mavqei bilan aloqasi (1952).
5. Etnolingvistika haqida nimalarni bilasiz?
Etnolingvistika atamasi grekcha “etnos” xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, XIX asrning 70-yillarida Amerika hindularining tili, madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishning kuchayishi tufayli yuzaga kelgan. Ma’lumki, xalq tarixida, turmush tarzida yuz bergan har bir voqea, urf-odatlar uning tilida aks etadi, shuning uchun til bilan uning egasi bo‘lgan xalq o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Toponim, etnonimlarni xalqning tarixini bilmay turib o‘rganib bo‘lmaydi, shuningdek, etnografiya ham tilshunoslikka qimmatli materiallar beradi. Til amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish ehtiyoji tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo‘nalish sifatida shakllanishida amerikalik tilshunos, etnograf Frans Boasning xizmatlari katta bo‘lgan. U va uning izdoshlari hindular tilini tillar va madaniyatlarning o‘zaro ta’siri, bilingvizm masalalari bilan bog‘liq holda o‘rgandilar. Bu yo‘nalishning ilk davrida ko‘proq etnografiya masalalari bilan shug‘ullanilgan, faqat o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab muammoning lingvistik tomoniga ahamiyat berilgan. Masalan, alla (qo‘shiq) yoki sumalakning tarixi, mazmun-mohiyati, ular bilan bog‘liq urf-odatlarning turlari etnorgafik masalalar bo‘lsa, shu so‘zlarning qo‘llanishi, turli davrlardagi variantlari, ulardagi lingvistik vositalar, shu so‘zlar bilan bog‘liq assotsiativ aloqalar masalalari masalaning lingvistik tomoni hisoblanadi.
6. Psixolingvistika haqida nimalarni bilasiz?
Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va lingvistikannng sinte-zidan paydo boʻlgan. Psixolingvistika inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chi-qib, ularni psixologik eksperimentlar yoʻli bilan tekshiradi. Tadqiqot manbai boʻyicha tilshunoslikka yaqin boʻlgan Psixolingvistika oʻz tekshirish usullari boʻyicha psi-xologiyaga yaqin turadi. Unda oʻzaro bogʻlanishli eksperiment, "semantik differensial" kabi va boshqa eksperimen-tal usullar qoʻllanadi. Psixolongvistika bir qator amaliy masalalar [ona tili, ayniqsa, xorijiy tilni oʻrgatish; maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy tarbiyasi va logopediya masalalari; miyadagi nutkiy markazlar kasalliklari klinikasi; nutqiy taʼsir koʻrsatish muammolari (xususan ommaviy axborot vosi-talari faoliyatida va targʻibot ishlarida); sud psixologiyasi va kriminalistika (mas, kishilarni ularning nutq xususiyatiga qarab tanib olish, aniqlash); mashina tarjimasi hamda nutqiy axborotni EHMga kiri-tish muammolari va boshqa]ni nazariy ji-hatdan tushuntirish zarurati tufayli oʻtgan ayerning 60-yillarida paydo boʻlgan. "Psixolingvistika" termini oʻtgan ayerning 60-yillari oʻrtalarida amerikalik olimlar tomo-nidan amaliyotga kiritilgan. 

7. Neyrolingvistika haqida gapirib bering?


Neyrolingvistikaning fan sifatida vujudga kelishi, bir tomondan, neyropsixologiyaning , ikkinchi tomondan, lingvistika va psixolingvistikaning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Hozirgi zamon neyropsixologiyasida soʻzlashga miyaning sistemali funksiyasi sifatida, afaziyaga esa sistemaning buzilishi sifatida karaydi. Neyropsixologiyaning rivojlanishi psixolog A. R. Luriya (1902—77) va uning shogirdlarining ilmiy ishlari bilan bogʻliqdir.
8. Tilshunoslikning qanday zamonaviy yo’nalishlari mavjud?
Hozirgi zamon tilshunosligida psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi va kommunikativ lingvistika kabi zamonaviy yo`nalishlari mavjud. Zamonaviy yo`nalishlarga qiziqishning kuchayib borayotganligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: a) hozirgi jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosatiga ehtiyoj kundan-kun ortib bormoqda; b) tilshunoslik shu vaqtga qadar faqat tilning ichki tuzilishini o`rganish bilan qiziqib keldi, tilning jamiyat bilan, o`sha til egasi bo`lgan xalq tarixi, urf-odati bilan munosabati muammosi tilshunoslar e`tiboridan chetda qolib keldi.
9. Kompyuter lingvistikasi haqida nimalarni bilasiz?
Kompyuter lingvistikasi” fanining maqsadi tabiiy tillarning matematik modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish va konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, kompyuter lug`atlari, ona tili va chet tillarga o`rgatish hamda bilimlarni baholash bo’yicha kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo’ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik nazariyalari bayon qilinadi. Keyin o`zbek tilining formal va aksiomarik modellari beriladi va lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
10. Nevrolingvistika nima?

Download 71.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling