9-mavzu. Zamonaviy ta’limda pedagoglarning malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvi
Reja
Xalq ta’limi pedagoglarinining malaka oshirish tartibi.
Malaka oshirish tizimini takomillashtirishning quyidagi zamonaviy va innovatsion usullari
Prezidentimizning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan tizimda kadrlar tayyorlashning zamonaviy tamoyillarini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimida to‘rt yuz ming(400000)dan ortiq pedagog xodim faoliyat olib boradi. Tahlil va kuzatuvlar asosida xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimidagi mavjud muammolar ko‘zga tashlanadi.
Pedagogik xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishi aniq maqsadga qaratilgan reja asosida tashkil etilishi shart. Maktabning bu xildagi ishini ikki turdagi reja asosida, ya’ni bir besh yillikga mo‘ljallangan istiqbol reja hamda bir o‘quv yiliga mo‘ljallab tuzilgan reja asosida tashkil etish yaxshi natija beradi.
Bu reja esa umummaktab xalq xo‘jalik rejasining bitta ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur rejani umummaktab rejasi bilan bir vaqtda tasdiqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash;
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) shakllari bo‘yicha tashkil etiladi.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
asosiy ishdan bo‘shagan holda;
asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usul);
asosiy ishdan bo‘shamagan holda (masofaviy ta’lim).
Asosiy ishdan bo‘shagan holda va asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usulda) malakani oshirish hududiy markaz bazasida o‘tkaziladi.
Asosiy ishdan qisman bo‘shagan holda (uyg‘unlashtirilgan usulda) malaka oshirish kursi umumiy davomiyligining 50 yoki 25 foizi — hududiy markazda auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi. Kursning qolgan qismi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni asosiy ish joyida o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarning har bir o‘zlashtirilgan moduli bo‘yicha test sinovlari, referat topshirish, amaliyot bo‘yicha hisobot va shu kabilar shaklidagi nazorat nazarda tutiladi.
Asosiy ishdan bo‘shamagan holda o‘qitishning masofaviy ta’lim shakli qo‘llaniladi.
Pedagog xodimlarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagog xodimning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadigan talablarga bog‘liq holda aniqlanadi.
Pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari uchun auditoriya mashg‘ulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Quyidagilar qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |